Farhod Arziyev
Farhod Nuriddinovich Arziyev | |
---|---|
![]() O‘zbekistonning Hindistondagi elchisi janob Farhod Arziyev 2017-yilning 31-oktabr kuni Nyu-Dehli shahrida Turizm, elektronika va axborot texnologiyalari bo‘yicha Davlat vaziri Shri Alfons Kannantanam bilan. | |
Oʻzbеkistоnning Hindistondagi elchisi | |
Mansab davri 2017-yildan — 2021-yilgacha | |
Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
Oʻtmishdoshi | Solih Inogʻomov |
Vorisi | Dilshod Ahatov |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
5-oktabr 1975-yil Samarqand |
Farhod Nuriddinovich Arziyev — oʻzbek iqtisodchisi va diplomati. 2021-yildan Oʻzbekistonning Xitoy va Moʻgʻulistondagi elchisi[1]. 2017—2020-yillarda Oʻzbekistonning Hindistondagi elchisi boʻlgan[2].
Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]
1975-yil 5-oktabrda Samarqand viloyati Nurota tumanida (hozirgi Navoiy viloyati) tug‘ilgan.
Maʼlumoti[tahrir | manbasini tahrirlash]
1997-yilda Toshkent universitetini tamomlagan.
2000-yilda Buyuk Britaniyaning London universitetini tamomlagan.
2011-yilda AQSh Kentukki Patterson universitetining diplomatiya va xalqaro savdo maktabini tamomlagan.
Rus, ingliz va nemis tillarini biladi.
Mehnat faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]
1997-2000 — „O‘zA“ Milliy axborot agentligi Xalqaro yangiliklar bo‘limi muharriri o‘rinbosari.
2002-2004 — O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi „Jahon“ axborot agentligi yetakchi eksperti.
2004-2008 — O‘zbekiston Respublikasining Nyu-Yorkdagi BMT huzuridagi Doimiy vakolatxonasining 1-kotibi.
2008-2009 — O‘zbekiston Respublikasining Jeneva shahridagi BMT bo‘limi va boshqa xalqaro tashkilotlar huzuridagi Doimiy vakolatxonasining 1-kotibi.
2012-2014 — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining BMT va xalqaro tashkilotlar bilan ishlash boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i.
2014-2017 — O‘zbekiston Respublikasining Olmoniyadagi elchixonasi maslahatchisi.
2017-2020 — O‘zbekiston Respublikasining Hindiston Respublikasi va Bangladesh Xalq Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor elchisi.
2020—2021 — O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari.
2021-yildan — O‘zbekiston Respublikasining Xitoy, Moʻgʻuliston va Filippindagi favqulodda va muxtor elchisi lavozimida ishlab kelmoqda.
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- 5-oktabrda tugʻilganlar
- 1975-yilda tugʻilganlar
- Kishilar
- Samarqandda tugʻilganlar
- Oʻzbekistonning Xitoydagi elchilari
- Oʻzbekistonning Bangladeshdagi elchilari
- Oʻzbekistonning Hindistondagi elchilari
- Oʻzbekistonning Moʻgʻulistondagi elchilari
- Oʻzbekistonning Filippindagi elchilari
- Alifbo boʻyicha shaxsiyatlar
- Yashayotgan insonlar