Eron va Turkmaniston chegarasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Eron-Sovet Ittifoqi chegarasi xaritasi; hozirda bu chegaraning butun sharqiy qismi Eron-Turkmaniston chegarasini tashkil etadi

Eron va Turkmaniston chegarasi Eron va Turkmaniston davlatlarini ajratib turuvchi milliy chegaradir . Uzunligi 1,148 kilometr (713 mi) va Kaspiy dengizidan Afgʻoniston bilan uch tomonlama chegara nuqtasiga qadar davom etadi[1]. Turkmaniston poytaxti Ashxobod bu chegaradan atigi 15 mi (24 km) shimolda va Eronning ikkinchi yirik shahri Mashhad esa 47 mi (76 km) janubda joylashgan.

Tavsifi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Chegara Turkmanistonning Esenguli shahridan janubda Kaspiy dengizi sohilidan boshlanadi. Keyin u quruqlikda sharqqiy yoʻnalishda toʻgʻri chiziqlar boʻylab 50 km (31 mi) masofada bepoyon tuzliklardan oʻtib, Atrek daryosiga yetadi, bu nuqtadan chegara 124 km (77 mi) masofada turkmanlarning Chat qishlogʻi janubidagi chegara nuqtasigacha boradi[2]. Keyin esa Sumbar daryosiga yetib borgunga qadar 151 km (94 mi) quruqlikda sharq/shimoli-sharq yoʻnalishida Kopetdogʻ tizmasi boʻylab oʻtadi, daryo boʻylab 41 km (25 mi) ga choʻziladi[2]. Shundan soʻng u togʻ tizmalari boʻylab 455 km (283 mi) davomida keng janubi-sharqiy yoy boʻylab quruqlikda Eronning Chahchahe qishlogʻi yaqiniga qadar davom etadi[2]. Bu nuqtadan 77 km (48 mi) lik qism taxminan toʻgʻri chiziq koʻrinishida Harirud daryosigacha (turkmancha Tajan) davom etadi, daryodan uning yoʻnalishi janub tomonga burilib, Afgʻoniston bilan uch tomonlama chegara nuqtasiga qadar 120 km (75 mi) davom etadi[2].

Turkmaniston tomonidagi Ashxobod atrofidagi markaziy qismdan tashqari bevosita chegaraoldi hududida asosan aholi yashamaydi; chegaraning bu hududi, shuningdek, gʻarbiy qismi avtomobil yoʻllari bilan taxminan parallel ketadi. Trans-Kaspiy temir yoʻlining Turkmanistondan oʻtuvchi qismi ham markaziy qismdagi chegaraga taxminan parallel boʻlib, chegaradan yarim milya shimolda Eronning Lutfobod shahri yaqinigacha keladi. Eron tomonida, chegaradan taxminan 50 mil janubda Goʻrgan, Bojnord va Mashhad shaharlarini, shimoldagi kichikroq shaharlarni bogʻlaydigan yoʻllar bilan bogʻlaydigan yirik avtomagistrallar oʻtadi.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Chegara eski Persiya-SSSR chegarasidan meros boʻlib, asosan 19-asrda Rossiya tomonidan Oʻrta Osiyoni bosib olgandan va 1865–1868-yillarda Qoʻqon xonligi va Buxoro amirligini qoʻshib olinganidan keyin hozirgi koʻrinishini olgan. 1869-yilda Persiya va Rossiya Atrek daryosi chegara boʻlishiga kelishib oldilar[2]. Bu chegara tasdiqlandi va keyin 1881-yilda ruslarning turkman yerlariga bostirib kirishi ortidan sharqqa qarab Ashxobod yaqinlarigacha, 1893-yilda esa Afgʻoniston bilan chegaragacha choʻzildi. Keyingi yillarda bu chegarada turli xil delimitatsiyalar sodir boʻldi[2][3]. Keyinchalik kichik oʻzgarishlar 1954–1957-yillarda Eron va SSSR oʻzlarining umumiy chegaralarini (hozirgi koʻrinishdagisini), shu jumladan Kaspiy dengizining qisqarishi tufayli oʻzgargan Atrek deltasi mintaqasini aniqroq belgilashga kelishib oldilar[2].

Chegara oʻtish nuqtalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Bajgiran (IRN) – Bajgiran (TKM) (avtomobil yoʻli)[4]
  • Saraxs (IRN) – Saraxs (TKM) (avtomobil yoʻli)[4]
  • Lutfobod (IRN) – Artik (TKM) (avtomobil yoʻli)[4]

Chegara yaqinidagi aholi punktlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Eron[tahrir | manbasini tahrirlash]

Turkmaniston[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. CIA World Factbook - Iran, qaraldi: 15 September 2018
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 2,4 2,5 2,6 International Boundary Study No. 25 - Iran-USSR Boundary (PDF), 28 February 1978, qaraldi: 15 September 2018
  3. Encyclopædia Iranica – Border with Russia, qaraldi: 15 September 2018
  4. 4,0 4,1 4,2 Caravanistan – Iran-Turkmenistan border crossings, qaraldi: 15 September 2018