Axal shartnomasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Rus qoʻshinlari tomonidan bosib olingandan keyin Dengil-tepa tepaligi
Rus qoʻshinlari tomonidan bosib olingandan keyin Dengil-tepa tepaligi

Axal shartnomasi1881-yil 21-sentabrda Rossiya imperiyasi bilan Forsiya oʻrtasida imzolangan shartnoma boʻlib, unga koʻra Turkmaniston Rossiya imperiyasi tasarrufiga oʻtgan[1].

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

XIX-asr oxiriga kelib Rossiya imperiyasi oʻz oldiga Oʻrta Osiyoga ingliz ekspansiyasining oldini olish vazifasini qoʻydi. Buning uchun Turkistonni bosib olish kerak edi. Bu holda Kaspiy dengizining deyarli butun havzasi Rossiya nazorati ostida boʻlar edi[2]. Axaltekin ekspeditsiyasi va general Skobelev Gok-Tepani egallab olgandan soʻng, Fors hukmdori Nosiriddinshoh oʻzining tashqi ishlar vaziri Mirza Saidxon Ansoriyni Ivan Zinovyev bilan uchrashib Markaziy Osiyoda Rossiya va Fors oʻrtasidagi munosabatlarni tartibga solish uchun yubordi.

Bu shartnomaga koʻra, Forsiya Oʻrta Osiyoga taʼsirini yoʻqotib, Turkiston va Movarounnahrga daʼvo qilishdan toʻxtadi. Bu shartnomaga koʻra, 1884-yildan Marv, Saraxs, Ashxobod va uning atrofidagi tumanlar Rossiya nazoratiga oʻtdi. Shuningdek, ushbu shartnoma Atrek daryosini Rossiya va Fors oʻrtasidagi yangi chegara sifatida belgiladi. Rossiya imperiyasiga qoʻshilgandan keyin Turkmaniston hududlari Zakaspiy mintaqasi deb ataldi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Chahryar Adle. History of Civilizations of Central Asia: Towards the contemporary period : from the mid-nineteenth to the end of the twentieth century. UNESCO, 2005-01-01. ISBN 978-92-3-103985-0. 
  2.  Boevaya letopis russkogo flota., Voennoe izdatelstvo ministerstva voorujennix sil SSSR, 1948, S. 260, 492

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Axal-tekinskie ekspeditsii // Voennaya ensiklopediya : [v 18 t.] / pod red. V. F. Novitskogo … [i dr.]. — SPb. ; [M.] : Tip. t-va I. D. Sitina, 1911—1915.

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]