Dyakovo madaniyati

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Dyakovo madaniyati - yuqori Volga va Oka daryosi havzalarida yashagan qad. (mil.av. 1-ming yillikning 2-yarmi — milodning boshlari) finoʻgʻur qabilalaridan qolgan arxeologik yodgorliklar. Birinchi marta Dyakovskoye qishlogʻi (Moskva viloyati) da topilgani uchun shu nom bilan yuritiladi. Dastlab 19-asr oxirlarida oʻrganilgan. D. m. devor va xandaklar bilan oʻralgan kichik-kichik turar joylardan iborat. Ular patriarxal urugʻchilik jamoa qishloqlari boʻlib, asosan, daryolarning tik qirgʻoqlarida qurilgan. Aholisi ovchilik va baliqchilikdan dehqonchilik va chorvachilik bilan shugʻullanishga oʻtgan. Jez va temirchilikdan tashqari toʻqimachilik va oʻymakorlik (suyak va shoxlarga naqsh solish) ham rivojlangan. Sopol idishlar qoʻlda yasalib, katak naqshlar bilan bezatilgan.

Adabiyot[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil