Organik modda
Qiyofa
Organik modda - 1) kimyoda -organik birikma, yaʼni uglerodning boshqa elementlar bilan birikishidan hosil boʻlgan birikma; 2) geologiyada — tabiiy organik birikmalarning murakkab aralashmasi; tuproq, dengiz va koʻl choʻkindilari, choʻkindi togʻ jinslari, shuningdek, yer usti va yer osti suvlari tarkibida bir oz miqdorda boʻladi. Organik moddaning bosh manbai, asosan, oʻsimliklardir. Organik moddaning gumus, sapropel va liptobolit xillari bor. Choʻkindi jinslarda oʻrta hisobda 15–20 kg/m3 chamasida boʻladi. Kumir va yonuvchi slanetslarning asosiy massasini tashkil etadi; neft va yonuvchi gazlarning manbai deb hisoblanadi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |