Doʻst Alam madrasasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Madrasa
Doʻst Alam madrasasi
Mamlakat  Oʻzbekiston
Hudud Xorazm viloyati
Shahar Xiva
Manzil Ichan qalʼa MFY, Zargarlar koʻchasi, 26-uy
Mulkdor Davlat mulki. „Ichan qalʼa“ davlat muzey-qoʻriqxonasi operativ boshqaruv huquqi asosida
Madrasa turi Kichik
Meʼmoriy uslub Oʻrta Osiyo meʼmorchiligi
Meʼmor Qalandar Koʻchim
Binokorlik tashabbuschisi Doʻst Alam
Homiylar Doʻst Alam
Asosiy sana:
Maqomi Davlat himoyasida

Doʻst Alam madrasasi — Oʻzbekiston Respublikasining Xorazm viloyati Xiva shahridagi meʼmoriy yodgorlik. Ichan qalʼa meʼmoriy yodgorligi ichida joylashgan ushbu tarixiy obyekt 1882-yilda bunyod etilgan. Bugungi kunda „Ichan qalʼa“ MFY, Zargarlar koʻchasi, 26-uyda joylashgan.

Doʻst Alam madrasasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan 2019-yil 4-oktyabrda Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilgan va davlat muhofazasiga olingan[1]. Hozirda „Ichan qalʼa“ davlat muzey-qoʻriqxonasi operativ boshqaruv huquqi asosida davlat mulki hisoblanadi[2].

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Madrasa Xiva xoni Muhammad Rahimxon II saroyida xizmat qilgan Doʻst Alamning shaxsiy mablagʻi hisobiga qurib bitkazilgan. Odatda madrasada qozilar tahsil olishgan. Madrasa shahar oʻrtasidagi Arab Muhammadxon madrasasi yonida joylashgan boʻlib, XX asr oxirlarida bunyod etilgan. Bosh peshtogʻi gʻarbga tomon qaratilgan bu madrasaning burchaklarida minoralari boʻlgan toʻrtburchak shaklni olgan[3].

Ushbu bir qavatli, kichkina binoga tepadan qaralganda toʻgʻri toʻrtburchak shaklda koʻrinadi. Qurilishni Xudoybergan hoji nazorat qilib borgan bu madrasaga Qalandar Koʻchim ustalik qilgan. Hozirda madrasada yogʻoch oʻymakorligi doʻkoni faoliyat koʻrsatmoqda[4]. Yusuf Bayoniy bu madrasa haqida „Doʻst Aʼlam bir madrasa bino qildi“, deb eslab oʻtgan[5].

Ijaraga berilishi borasidagi xabarlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

2018-yili Xorazm viloyati madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish Davlat inspeksiyasi balansida boʻlgan 11 ta obyekt ijaraga berilishi mumkinligi aytilgan edi. Bular qatorida Doʻst Alam madrasasi ham boʻlib, ularga kamida 170 million soʻm miqdoridagi sarmoya kiritilishi talab etilishi taxmin qilingan. Ayni paytda madrasaning taʼmirtalab ahvolda ekanligi ham xabar qilingan[6].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]