Dalvarzin choʻli
Dalvarzin choʻli — Toshkent viloyatidagi choʻl, Sirdaryoning oʻrta oqimi sohili bilan Moʻgʻultogʻ va Oltintepa togʻlari etaklari oraligʻida joylashgan. Relyefi gil va qumlardan tarkib topgan past-baland tekislikdan iborat. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi —1°, iyulniki 30°. Sovuq bulmaydigan kunlar 210 kun. Dalvarzin choʻlining nam oʻtloq tuprogʻida chirindi koʻp. Markaziy qismi och tusli kashtan tuproqdan iborat. Qum, shoʻrxok va shagʻalli yerlar ham uchraydi. Shimoliy va sharqiy qismidagi togʻ oldi Kakayalar S Nasos stansiyalari "—g Gidrouzellar qiya tekisliklarining tuprogʻi serunum boʻz tuproq. Dalvarzin choʻli bahorda boshokli har xil oʻsimliklar, jumladan rangoʻt, qoʻngʻirbosh bilan qoplanadi. Ushbu hududda Sirdaryoning oʻig qirgʻogʻidan boshlab sharq tomon 4 ta akkumulyativ terrasa mavjud boʻlib, balandligi 350 m dan 275 m gacha oʻzgaradi. 4-terrasa eng qadimgi boʻlib, janubida Yuqori Dalvarzin kanalining bosh qismida ayrim joylardagina qoldiq holda uchraydi, 3-terrasasi katta hududni egʻallaydi, uning eni janubida 16 km, sharqiy chegarasi Dalvarzin kapali oʻzani boʻylab yoʻnalgan. U shimoliy tomon davom etib, Chanoq qishlogʻi yaqinida Ohangaron daryosining 3-terrasasi bilan tutashadi. 3-terrasa quyida joylashgan 2-terrasadan balandligi 10-15 m boʻlgan qiyalik bilan aniq ajralib turadi. 3-terrasaning yuzasi tekis boʻlib, daryo tomon bir oz qiyaroq. Shimolida tekislik qum tepalari, qum marzalari hamda botiqlar bilan murakkablashgan. 2-terrasa choʻlning shimoliy gʻarbida yaxshi ifodalangan, eni 14 km. Yuzasi tekisroq, shuningdek, daryoning taqasimon qoldiq oʻzanlari uchraydi. Ularning baʼzilari hozir koʻl. 1-terrasa kambar (1,5-2 km), daryo oʻzani boʻylab joylashgan, yuzasi toʻlqinsimon tekislikdan iborat.
Terrasalar qalin lyoss, qumoq, qumloq, shagʻal tosh va qumning oʻzaro aralashmasidan tuzilgan. Dagʻal jinslarning qalinligi 50-60 m. Terrasalarda yotqiziklarning litologik tarkibi vodiy boʻylab janubidan shimoliy tomon oʻzgarib, qumloq, qumoq va gilning salmogʻi ortib boradi. Shu sababli grunt suvlarining sathi ham janubida 10 m dan shimolida 1-2 m gacha (Dalvarzin koʻli va botqoqliklarda). Quyi terrasalarda Funt suvlari sathi asosan 1—2 mda joylashgan. Suvning minerallashuv darajasi ham janubidan shimoliy tomon ortib boradi (har litrda 1—3 g dan 10—12 g gacha va undan ortiq).
Dalvarzin choʻlining asosiy qismi oʻzlashtirilib, dehqonchilikda foydalanilmoqda. Oʻrtoʻqli va Qumli tashlama kollektorlari zovur suvlarini yigʻib Sirdaryoga tashlaydi. Yuqori terrasalarda sugʻoriladigan boʻz, boʻz-oʻtloq va oʻtloqboʻz, quyi terrasalarda esa sugʻoriladigan oʻtloq, ayrim joylarda botqoq (Sirdaryo boʻylarida) tuproqlar mavjud. Tuproklarning grunt suvlarini yer yuziga yaqin boʻlgan joylarida shoʻrlanish yuqori.
Asom Rafiqov.
Adabiyot
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |