Dalvarzin kanali

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Dalvarzin kanali - Sirdaryoning oʻng sohilidagi sugʻorish kanali. Asosiy shoxobchalari bilan (Sul, Oʻng, Xasyoz) birgalikdagi uz. 67,5 km, shundan magistral kanal uz. 11,5 km. Suv oʻtkazish imkoniyati 45 m3/s. 1930 yilda qurilgan. Sugʻorish mayd. 53,2 ming ga, shundan 33,2 ming ga Oʻzbekistonda (Toshkent viloyati), 20 ming ga Tojikistonda. Kanalga suv Farhod GESning yuqori bʼyefidan oʻzi oqib chiqadi. D.k. asosan pastham joylar buylab qazilgan. D.k.ning oʻng shoxobchasi Oʻzbekiston va Tojikiston chegarasi boʻylab, janubidan shim.ga qarab oqadi. 1929—30 yillarda qurilgan. Oʻz. 35 km. Suv oʻtkazish imkoniyati 18 m3/s. Sul shoxobchaning uz. 21 km. Boshlanish qismida (2 km) suv oʻtkazish imkoniyati 26 m3/s, undan quyida 16 m3/s.

Adabiyot[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil