Kontent qismiga oʻtish

Dětmarovice

Koordinatalari: 49°53′38″N 18°27′41″E / 49.89389°N 18.46139°E / 49.89389; 18.46139
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Dětmarovice
Munitsipalitet
Skyline of Dětmarovice
Dětmarovice
Bayroq
Dětmarovice
Gerb
49°53′38″N 18°27′41″E / 49.89389°N 18.46139°E / 49.89389; 18.46139
Mamlakat Chexiya
Viloyat Moravian-Silesian
Tuman Karviná
Asos solingan 1305
Maydon 13.76 km2 (5.31 kv mi)
Markazi balandligi 214 m
Aholisi
 (2023-01-01)
4 395
Zichligi auto kishi/km2
Pochta indeks(lar)i 735 71
Dětmarovice xaritada
Dětmarovice
Dětmarovice

Detmarovice (polyakcha: Dziećmorowice, nemischa: Dittmarsdorf, Dittmannsdorf) – Chexiyaning Moraviya-Sileziya viloyatining Karvina tumanida joylashgan munisipalitet. Unda (01.01.2023) holatiga koʻra 4400 ga yaqin aholi istiqomat qiladi.

Maʼmuriy boʻlimlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Koukolna qishlogʻi Dětmarovitsaning maʼmuriy qismidir.

Etimologiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Munitsipalitet nomi Dietmardan nomli insonning shaxsiy ismidan olingan boʻlib, u birinchi maroaba lotin tilida Dithmari villasi (1305), keyinchalik Dytmarsdorff (1392), Dietmarsdorf (1430), Dieczmarowicz[e] (1438, 1447), Dieczmiorowice (1652), Dittmersdorf P. Dieczmorowitz (17dorf) , pohlnisch Dietmarowicze (1804), Dittmannsdorf, Dětmarovitse, Dziećmarowice (1900) nomlari bilan nomlangan[1].

Joylashuvi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Dětmarovice – Karvinadan taxminan 6 kilometr (4 mi) shimoli-gʻarbda, Ostravadan esa 11 km (7 mi) shimoli-sharqda, Polsha bilan chegarada joylashgan. Munitsipalitet Ostrava havzasining pasttekisligida, Cieszyn Silesianing tarixiy hududidan joy olgan boʻlib Olza daryosining chap sohilida joylashgan.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Avliyo Maryam Magdalene cherkovi

Baʼzi bir maʼlumotlarga koʻra, Detmarovitsa nomi 1302-yildagi manbalarning birida tilga olingan deyiladi, lekin ushbu maʼlumotlar tasdiqlanmagan hisoblanadi. Rasmiy ravishda qishloq birinchi marotaba 1305-yilda Vrotslav yeparxiyasining Liber fundationis episcopatus Vratislaviensis deb nomlangan lotin tilidagi manbalarda qayd etilgan. Munitsipalitet dastlab hozirgi qishloqning shimoliy qismida tashkil etilgan boʻlib, ammo katta yongʻindan soʻng u hozirgi joyida qayta tiklangan[2].

1447-yilda Peter’s Pence (toʻgʻridan-toʻgʻri katolik cherkovlarga qilingan xayr-ehsonlar yoki toʻlovlar) roʻyxatida Teschen davlatidagi 50 ta cherkovlar orasida munitsipalitet Dětmarovice nomi bilan qayd etilgan[3].

Siyosiy jihatdan munitsipalitet dastlab Teschen davlatiga tegishli boʻlgan lekin, Polshaning feodal parchalanish natijasida 1290-yilda tashkil etilgan Piast davlatining mahalliy boʻlimi tomonidan boshqarilardi[4]. Munitsipalitet 1327-yilda Bohemiya qirolligining bir qismi boʻladi, 1526-yildan keyin Habsburg monarxiyasiga tarkibiga kiradi. 1573-yilda u oʻnlab qishloqlardan biri va Freistadt shahri sifatida sotilgan va Teschen davlatidan ajralib oʻzi alohida davlatni tashkil etgan[5].

Munitsipalitet 1792-yilda Jan Larisch tomonidan sotib olinadi va Karvina davlati bilan birlashtiriladi. U 1927-yilgacha Larishlar oilasi mulki boʻlgan[6].

Avstriya imperiyasida 1848-yilgi inqiloblardan soʻng qayta tiklanish natijasida Avstriya Sileziyasida zamonaviy munitsipal boʻlinma joriy etiladi. Qishloq munitsipalitet sifatida 1869-yilda yangi tashkil etilgan Freyshtadt siyosiy okrugi va Oderberg huquqiy okrugi tarkibida boʻlgan, ammo 1890-yilgacha munitsipalitet Freyshtadt huquqiy okrugiga oʻtkazilgan.

Koukolná haqida dastlabki maʼlumotlar 1447-yilga tegishli. 1872–1875 yillarga qadar u alohida munitsipalitet boʻlgan, lekin keyinchalik Dětmarovitse munitsipaliteti bilan birlashtirilgan.

1880 – 1910-yillarda oʻtkazilgan aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra, munitsipalitet aholisi 1880-yilda 1769 kishidan 1910-yilda 3453 kishiga koʻpaygan. Uchta tilda soʻzlashuvhi aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra koʻpchilik aholi chex tilida soʻzlashuvchilar (1880-yilda 84,9%, 1890-yilda 64%, 1910-yilda 77,1%, 1900-yilda 12,5% tashkil etgan), 1900-yilda koʻpchilik aholi polyak tilida soʻzlashuvchilar (86,7%, qayta roʻyxatga olishda umumiy aholining:19% tashkil etgan). 1880-yilda, 1890-yilda 34,6%, 1910-yilda 21,8%). Umumiy nemis tilida soʻzlashuvchi lar soni (0,8% dan 1,4% gacha) oshganligini koʻrishimiz mumkin. Din jihatidan 1910-yilda koʻpchilik Rim-katoliklari (98,2%), undan keyin yahudiylar (0,9%) va protestantlar (0,6%) tashkil etgan[7].

Birinchi jahon urushi, Avstriya-Vengriyaning qulashi, Polsha-Chexoslovakiya urushi va 1920-yilda Syezin-Sileziyaning boʻlinishidan keyin munitsipalitet Chexoslovakiya tarkibiga kirgan. Myunxen kelishuvidan soʻng, 1938-yil oktyabr oyida Trans-Olza mintaqasi bilan birgalikda Polsha davlati tomonidan qoʻshib olinadi va maʼmuriy jihatdan Sileziya shahrining Frishtat okrugi tashkil etiladi. Keyin munitsipalitet Ikkinchi jahon urush boshida fashistlar Germaniyasi tomonidan bosib olinadi. Urushdan soʻng munitsipalitet Chexoslovakiyaga tarkibiga qaytariladi.

Demografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Munitsipalitet aholisi 2021-yil holatiga ko'ra 4115 kishini tashkil etgan

Aholining oʻsishi
YilAholi±%
18691 380—    
18801 769+28.2%
18902 151+21.6%
19002 784+29.4%
19103 453+24.0%
19213 437−0.5%
19304 118+19.8%
19503 692−10.3%
19614 001+8.4%
19704 079+1.9%
19803 817−6.4%
19913 526−7.6%
20013 783+7.3%
20113 953+4.5%
20214 115+4.1%

Iqtisodiyoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Dětmarovice elektr stantsiyasi

Bu shaharda ČEZ Groupga tegishli katta issiqlik elektr stansiyasi mavjud boʻlib u 1971 – 1976-yillarda qurilgan. Bu mamlakatning yagona toshkoʻmir yoqadigan yirik issiqlik elektr stansiyasi hisoblanadi. 1998-yilda elektr stansiyasiga havo iflosligini kamaytiruvchi filtr oʻrnatildi.

Transporti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Dětmarovice Pragada / Vena, Varshavaga boradigan asosiy temir yoʻl liniyasida joylashgan. Chesky Těšín – Žilina – Košicening yana bir muhim temir yoʻl liniyasi bu yerdan Varshavaga boʻlinadi. Yoʻlovchi tashish Ostrava – Detmarovitse – Karvina – Mosty u Jablunkova yoʻnalishlarida amalga oshiriladi. Dětmarovice elektr stantsiyasi temir yo'l liniyasiga ulangan.

Sporti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Munitsipalitet 2012 va 2013-yillarda Gracia-Orlova birinchi bosqichining boshlanishiga mezbonlik qiladi.

Diqqatga sazovor joylari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tarixiy diqqatga sazovor joylariga 1860-yildagi Nebroj ibodatxonasi va 1869 – 1870-yillarda neo-Romanesk uslubida qurilgan Avliyo Maryam Magdalene katolik cherkovi kiradi[8].

Taniqli odamlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Inge Bauer (1940-yil tugʻilgan), nemis pentatelli

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Mrózek, Robert. Nazwy miejscowe dawnego Śląska Cieszyńskiego (pl). Katowice: University of Silesia in Katowice, 1984 — 63 bet. 
  2. „University of Silesia in Katowice“. en.wikipedia.org. Qaraldi: 3-iyun 2024-yil.
  3. "Registrum denarii sancti Petri in archidiaconatu Opoliensi sub anno domini MCCCCXLVII per dominum Nicolaum Wolff decretorum doctorem, archidiaconum Opoliensem, ex commissione reverendi in Christo patris ac domini Conradi episcopi Wratislaviensis, sedis apostolice collectoris, collecti" (de). Zeitschrift des Vereins für Geschichte und Alterthum Schlesiens (Breslau: H. Markgraf) 27: 361–372. 1893. Archived from the original on 21 September 2013. https://web.archive.org/web/20130921204915/http://www.sbc.org.pl/dlibra/docmetadata?id=15085&from=publication. Qaraldi: 21 July 2014. Dětmarovice]]
  4. Panic, Idzi. Śląsk Cieszyński w początkach czasów nowożytnych (1528-1653) (pl). Cieszyn: Starostwo Powiatowe w Cieszynie, 2011 — 226–227 bet. ISBN 978-83-926929-5-9. 
  5. Panic, Idzi. Śląsk Cieszyński w początkach czasów nowożytnych (1528-1653) (pl). Cieszyn: Starostwo Powiatowe w Cieszynie, 2011 — 226–227 bet. ISBN 978-83-926929-5-9. 
  6. „Historie obce“ (cs). Obec Dětmarovice. Qaraldi: 2024-yil 18-fevral.
  7. Piątkowski, Kazimierz. Stosunki narodowościowe w Księstwie Cieszyńskiem (pl). Cieszyn: Macierz Szkolna Księstwa Cieszyńskiego, 1918 — 273, 290 bet. 
  8. „Geografické údaje“ (cs). Obec Dětmarovice. Qaraldi: 2024-yil 18-fevral.