Sileziya
Sileziya (polyakcha Slask, chexcha Slezsko, nem. Schlesien) — Odra daryosining yuqori va oʻrta oqimi boʻyidagi tarixiy viloyat. 10-asrda Polsha davlati tarkibida, 14-asrda — Chexiya taxtiga tegishli hudud. 1526 yildan S. Gabsburglar hukmronligi ostida (Sevej, Osvensim, Zatorsk knyazliklaridan tashkari), 1742 yildan — Prussiya tarkibida (Opava, Teshin knyazliklari hududi Gabsburglar qoʻlida qolgan, 1920 y. esa, Chexoslovakiya tarkibiga kirgan). Prussiyaning S. viloyati 1919 y. 2 viloyat: Yuqori S. [markazi — Oppeln (Opole)] va Quyi S. [markazi — Breslavl (Vrotslav)]ga boʻlingan. 1922 y. Yuqori S.ning taxminan 1/3 qismi Millatlar Ligasi Kengashi tomonidan Polshaga berilgan. 1945 y.gi Potsdam konferensiyasi S. hududining katta kismini Polshaga kaytargan.[1]
Manbalar[tahrir]
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() |