Chirikrabot

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Chirikrabotsak kabilalaridan boʻlgan opasiaklar shahrining xarobasi (mil. av. 1ming yillik oʻrtalari). Jangadaryo boʻyi (Qizilqum)da joylashgan. Xorazm arxeologiyaetnografiya ekspeditsiyasi (1948—49), Yu.A.Rapoport rahbarligidagi arxeologiya otryadi (1957—58) tekshirgan. Ch. qalʼasi tuxumsimon tepalik (bal. 15 m) ustiga qurilgan, maydoni 850×600 m. Atrofi kvadrat shaklidagi gʻishtdan (30×30×9 sm dan 50×50×S sm) koʻtarilgan. Ichki va tashki devor bilan uralgan. Devor tashkarisidan kalʼani aylantirib xandaq (kengligi 40 m, chuq. 4,5 m) qazilgan. Ch.ning eng kad. yodgorliklari mozorqoʻrgʻonlardir, ulardan 6 tasi maʼlum. Mozorqoʻrgʻonda 10 ga yakin kabr ochilgan. Qabrlarga jasadlar chalqancha, boshlari shim.gʻarbga qaratib yotkizilgan. Mozorqoʻrgondan miloddan avvalgi 1ming yillik oʻrtalariga oid bir necha sopol boʻlaklari, yassi dastali temir kilich, 3 qirrali jez oʻq uchlari va mayda oltin buyumlar topilgan. Shaharning jan.sharkiy tomonida joylashgan qad. yodgorliklardan yana biri xom gʻishtdan qurilgan, doyra shaklidagi maqbara (diametri 38,5 m, balandligi 8,4 m) xarobasi boʻlib, kvadrat shaklidagi 4 xona (har biri 5,9X5,9 m)dan iborat. Maqbaradan temir xanjarlar, pichoklar, oltin va kumushdan yasalgan qoʻngʻiroqchalar, turli taqinchoqlar chiqqan. Sopol buyumlarning aksariyati miloddan avvalgi 31-asr ga oid.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. "Chirikrabot" OʻzME. Ch-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil