Qoʻngʻiroq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Qoʻngʻiroq — 1) qad. musiqa cholgʻusi, urma idiofon. Darak berish, shuningdek, yovuz ruhlar, balo-ofatlarni haydash maqsadida koʻpgina xalqlarda (jumladan, Oʻrta Osiyoda ham) qoʻllangan. Temirdan, ichi boʻsh, tagi kesilgan nok shaklida yasaladi. Uzoqdan eshitiladigan tovushi ichida osilgan tilchasining asosiy tanasiga urish natijasida hosil boʻladi. Yev-ropada 4—6-asrlardan katta Q.larni ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyilgan. Eng yiriklari Rossiyada (mas, Moskvadagi 200 tli "Shoh-Q.") chiqarilgan. Q.lar xristi-anlik, buddizm va boshqa diniy marosimlar jarayonida qoʻllanadi; 2) qoʻngʻiroqlar — simfonik orkestr tarkibidagi urma musiqa cholgʻusi. 2 m balandlikdagi romga osilgan, turli uzunlikdagi 12—18 temir (jez, ggoʻlat va boshqalar) trubkadan iborat. Ularni maxsus bolgʻachalar bilan urib, oddiy Q.dan farqli oʻlaroq muayyan balandlikka ega, xromatik tarzda sozlangan tovushlar (diapazoni 1 — 1,5 oktava) chiqariladi; 3) qoʻngʻiroqchalar — sim-fonik musiqa, opera va baletlarda qoʻllanilgan musiqa cholgʻusi. Quti ichida joylashgan 25—32 turli uzunlikdagi metall plastinkadan iborat. Diapazoni 2—2,5 oktava, xromatik tovushqatorga ega.