Burgansoy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

BurgansoyNavoiy viloyati Xatirchi tumanilagi soy, Tasmachisoyning chap irmogʻi. Oqtogʻning janubiy yon bagʻridan 1600 m balandlikdai Qoragʻachsoy nomi bilan boshlanadi, quyi oqimida Olmasavan deb ataladi. Uz. 23 km, havzasining maydoni 34,7 km². Soyga 50 dan ortiq irmoq qoʻshiladi. Burgansoyning yuqori oqimida vodiysi tor, daryo koʻp joylarida chuqur daralar orqali oʻtadi. Quyi oqimida vodiy 500–800 m gacha kengayadi. Burgansoy erigan qor, yomgʻir va bulok suvlaridan toʻyinadi. Mavlon qishlogʻi yaqinida oʻrtacha yillik suv capfi 275 l/sek. Bahor (martmay) oylarida oʻrtacha suv sarfi 1 m’/sek gacha yetadi, yillik oqimning 60—75% shu davrda oqib oʻtadi. Boshqa fasllarda 50—100 l/sek gacha kamayadi. Baʼzan sel oqimlari kuzatilib, suv sarfi sekundiga 16,2 m³ gacha koʻpayadi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. "Burgansoy" OʻzME. B-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil