Tasmachisoy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Tasmachisoy (Tasmanchisoy, Oʻrtabuloq; yuqori va oʻrta oqimida Jizmonsoy) — Navoiy viloyati Xatirchi tumanidagi soy. Oqdaryoning irmogʻi. Uz. 38 km, havzasining maydoni 33 km². Oqtov tizmasining janubiy yon bagʻridagi bulokdan boshlanadi. Qoryomgʻir suvlari, qisman buloqlardan toʻyinadi. T. suvi sugʻorishga sarflanadi. Navandak qishlogʻidan quyiroqda soy har yili qurib qoladi. Murdash qishlogʻi yonida oʻrtacha koʻp yillik suv sarfi, 0,099 m³/sek, oqim moduli 3,0l/sek.km². Eng koʻp sutkalik suv sarfi martda, suv toshqini martaprelda kuzatiladi.