Osiyo boʻrisi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Osiyo boʻrisi
Muhofaza maqomi
Biologik klassifikatsiya
Domen: Eukariotlar
Olam: Hayvonlar
Tip: Xordalilar
Sinf: Sut emizuvchilar
Oila: Itsimonlar
Urugʻ: Boʻri
Binar nomi
Panthera tigris jacksoni
Canis lupus pallipesning tarqalishi
Canis lupus pallipesning tarqalishi


Osiyo boʻrisi[1] - Boʻrilarning Canis lupus kenja tur populyatsiyaslaridan biri bo'lib Janubi-gʻarbiy Osiyodan tortib Hindiston submintaqasigacha boʻlgan hududlarda yashaydi. Osiyo boʻrilari odatda kichik guruhlarda harakatlanib, qolgan turdosh kulrang boʻrilarga nisbatan kamroq ovoz chiqaradi va ayyorligi bilan ajralib turadi.[2][3] Osiyo boʻrisi dunyodagi kulrang boʻrilar orasida eng katta yoʻqolib ketish xavfi ostidagisi hisoblanadi va ularning soni 2000-3000 orasida deb taxmin qilinadi.[4]

Tashqi koʻrinishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Osiyo boʻrisi tashqi koʻrinishidan yevroosiyo boʻrisiga oʻxshasa-da, jussasi kichikroq, ustidagi yungi kaltaroq va tagida esa deyarli yungi yoʻq.[5] Yelkasigacha boʻlgan balandligi odatda 57-72 sm, vazni esa erkaklarida 19dan 25 kggacha, urgʻochilarida 27dan 22 kggacha boʻladi.[6] Katta yoshli osiyo boʻrisining burnidan dumigacha boʻlgan uzunligi 103-147 sm oraligʻida farqlanadi. Yungi odatda kulrang-qizgʻish bilan qizgʻish-oq ranglarda boʻladi.

Yashash tarzi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hindistonning Gujarat shtati Blackbuck National Parkidagi boʻrilar toʻdasi

Ularning yashash odat qolgan kulrang boʻri kenja turlariga oʻxshab ketsa-da, ular nisbatan kichik 6-8 boʻridan iborat toʻdalarda yashashadi.[7] Ular odatda oktabrning oʻrtalaridan dekabrning oxirlarigacha bolalaydi. Ularning yashash hududlarida boshqa yirtqichlar ham uchraydi, jumladan Bengal yoʻlbarsi, Bengal tulkisi, qoʻngʻir ayiq, tillarang chiyaboʻri, Osiyo sheri, qoplon.

Osiyo boʻrilari odatda antilopa, kemiruvchilar va yovvoyi quyonlarni ov qiladi. Ushbu boʻrilar tungi payt uygʻoq boʻladi va quyosh botgandan to quyosh chiqishiga qadar ov qilishadi. Osiyo boʻrilari tezligi va chidamliligi bilan qolgan turdoshlaridan ajralib turadi.[8] Ular turli xil oʻljalar turli xil usullar orqali ov qiladi.[2]

Islamobod Hayvonot Bogʻdagi osiyo boʻrisi

Tarqalishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Osiyo boʻrisi

Avvalari hindlar boʻrilar odamlarga yoki chorva mollariga tashlansa ham ularga hosilga laʻnat tegadi deb tegishmagan. Ammo Brinatiyaning Hindistonda hukmronlik qilgan paytida odamlar va chorvachilik mollariga tashlangani uchun ularni ov qilish boshlandi. Britaniya hukmronligining 1871 va 1916-yillar oraligʻida 100 000dan ortiq hind boʻrilari oʻldirilgan.

Hozirgi kunda osiyo boʻrilari Hindistonning turli shtatlarida uchraydi, jumaladan Gujarot, Rajastan, Haryana, Uttar Pradesh, Madya Pradesh, Jharkhand, Maharashtra, Karnataka, Kerala va Andhra Pradesh. Ular asosan muhofaza qilinadigan hududlardan tashqarida yashagani sababli ularning soni 2000-3000 orasida ekanligi taxmin qilinadi.[4] Butan ham mavjudligi aytilsada, ularning odamlar koʻrgani haqida hech qanday ma'lumot mavjus emas.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. IndiaInternational Wolf Centerhttps://wolf.org › Asia
  2. 2,0 2,1 "Indian Wolf". Wolf Worlds. Qaraldi: 2020-yil 1-yanvar.
  3. Hegde, S. (Director) (2016). Walking with Wolves (Motion picture) Arxivlandi Qaraldi: 2020-yil 1-yanvar.
  4. 4,0 4,1 "Wildlife Protection Act 1972" legislative.gov.in
  5. Blanford, W. T. (1888)."Canis pallipes. The Indian Wolf" Fauna of British India: Mammalia. London: Taylor and Francis. 137–140 bet.
  6. Locke, A. (1956). The tigers of Terengganu. London: Museum Press Ltd.. 
  7. „Indian wolf“. Qaraldi: 2023-yil 20-sentabr.
  8. Dogs, Jackals, Wolves and Foxes: A Monograph of the Canidæ. London: R.H. Porter : Dulau, 1890 — 9-10 bet.