Kontent qismiga oʻtish

Belgiya ayollar milliy futbol terma jamoasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Belgiya ayollar milliy futbol terma jamoasi
forma
Birinchi forma
forma
Ikkinchi forma

Belgiya ayollar milliy futbol terma jamoasi (Belgiya Red Flames laqabli) xalqaro ayollar futbolida Belgiya sharafini himoya qiladi. Belgiya ayollar milliy futbol terma jamoasining faoliyati Belgiyaning futbol boʻyicha boshqaruv organi — Belgiya Qirollik Futbol Uyushmasi tomonidan nazorat qilinadi.

Belgiya ayollar milliy futbol terma jamoasining uy stadioni Den Dreef stadioni hisoblanadi. Belgiya ayollar milliy futbol terma jamoasining hozirgi bosh murabbiyi Ives Serneelsdir. Oʻz faoliyat tarixining koʻp qismida Belgiya ayollar milliy futbol terma jamoasi yomon natijalarga erishdi, ammo Evro-2013 va JCh-2015 saralash bosqichlarda yaxshi natijalarni koʻrsatdi. 2016-yilda Belgiya ayollar milliy futbol terma jamoasi oʻzlarining birinchi yirik turniri 2017-yilgi UEFA ayollar chempionatiga yoʻllanma oldilar.

2022-yilda Belgiya ayollar milliy futbol terma jamoasi San-Pedro del Pinatar shahrida (Ispaniya) Pinatar kubogini qoʻlga kiritdilar.

Ilk davr (1976—1984)

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Belgiya ayollar milliy futbol terma jamoasi birinchi oʻyinini Fransiya ayollar terma jamoasiga qarshi 1976-yil 30-mayda Fransiyaning Reyms shahridagi Stade Auguste Delaune stadionida oʻtkazdi. Oʻyin 2:1 hisobidagi Belgiya ayollar milliy futbol terma jamoasining gʻalabasi bilan yakunlandi. Ushbu debyutdan bir yil oʻtib, Belgiya ayollar milliy futbol terma jamoasi Shveysariya va Fransiya terma jamoalariga qarshi oʻynadi va ikkala oʻyinda mos ravishda 2:2 va 1:1 hisobida durang oʻynadi. Keyingi yili Belgiya ayollar milliy futbol terma jamoasi yana oʻsha terma jamoalar bilan oʻynadi, bu safar ikkala jamoani ham mos ravishda 1:0 va 2:0 hisobida magʻlub etdi. Belgiya ayollar milliy futbol terma jamoasining keyingi bir gʻalabasi Serbiya ayollar terma jamoasi ustidan 1:0 hisobida qayd etildi. Belgiya ayollar milliy futbol terma jamoasining ilk magʻlubiyati Angliya terma jamoasi bilan oʻyinda qayd etildi (3:0). Shu magʻlubiyatdan keyin Belgiya ayollar milliy futbol terma jamoasi Fransiyaga qarshi oʻyinda 2:0 hisobida magʻlub boʻldi. Undan keyin Belgiya ayollar milliy futbol terma jamoasi Gollandiya ayollar terma jamosi bilan 2:2 hisobidagi durang oʻynadi.

Ilk xalqaro musobaqa (1984—1989)

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Belgiya ayollar milliy futbol terma jamoasi birinchi marta 1984-yilda ayollar futboli boʻyicha Yevropa chempionatining saralash bosqichida ishtirok etdi. Oʻshanda Belgiya ayollar milliy futbol terma jamoasi Gollandiya, Daniya va Germaniya ayollar terma jamoasi bilan 4-guruhdan joy olgan edi. Belgiya ayollar milliy futbol terma jamoasi saralash oʻyinlarini Gollandiya terma jamoasi ustidan 3:2 hisobidagi gʻalaba bilan boshladi, ammo Daniya terma jamoasiga qarshi 1:0 hisobida magʻlub boʻldi va Germaniya ayollar terma jamoasiga qarshi oʻyinda 1:1 hisobida durang qayd etdi. Lekin Belgiya ayollar milliy futbol terma jamoasi ikkinchi davra oʻyinlarida Gollandiya terma jamoasiga qarshi 5:0 hisobidagi magʻlubiyatdan soʻng guruhda oxirgi oʻrinni egalladi (qolgan ikki raqibiga qarshi oʻyinlarda durang oʻynagan: Daniyaga qarshi 2:2 va Germaniyaga qarshi 1:1).

Turgʻunlik davri (1990—2011)

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Belgiya ayollar milliy futbol terma jamoasi 1990-yildan 2011-yilgacha bir qator yomon natijalarni qayt etdi. Belgiya ayollar milliy futbol terma jamoasi bu davr mobaynida hech bir saralash oʻyinlarida oʻtkazgan oʻyinlarining yarmida ham gʻalaba qozona olishmadi. Faqat bir marta bu natijani qayd eta olishdi. Bu eʼtiborga molik istisno 2003-yilgi ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati saralash bosqichi boʻlib, oʻshanda Belgiya ayollar milliy futbol terma jamoasi oʻtkazgan 6 ta oʻyinning beshta oʻyinida gʻalaba qozongan va faqat bir marta magʻlubiyatga uchragan. Biroq Shotlandiya terma jamoasi ham xuddi shunday natijaga erishdi va toʻplar nisbati yaxshiroq boʻlgani uchun, Belgiya ayollar milliy futbol terma jamoasi oʻz guruhida ikkinchi boʻldi. Shunga qaramay, bu Belgiya ayollar milliy futbol terma jamoasining 2019-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati saralash bosqichi pley-off oʻyinlariga qadar eng yaxshi koʻrsatkichi boʻldi. Undan keyin Belgiya ayollar milliy futbol terma jamoasi ning eng yomon natijasi kuzatildi: ular keyingi saralash oʻyinlarida (2007) barcha sakkizta oʻyinda magʻlub boʻldi.

Oʻsish davri (2011—2018)

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jamoa uchun gʻalabalar davri 2011-yilda Ives Serneels Ann Noe oʻrniga Belgiya ayollar milliy futbol terma jamoasining bosh murabbiyi sifatida kelganidan soʻng boshlandi. Serneels Belgiya ayollar milliy futbol terma jamoasini 2013-yilgi UEFA ayollar chempionati va 2015-yilgi FIFA ayollar Jahon chempionatlari uchun saralash oʻyinlaridagi ishtirokini yaxshiladi, har ikki saralash oʻyinlarida ham Belgiya ayollar milliy futbol terma jamoasi guruhda uchinchi oʻrinni egalladi (saralashdan oʻtish uchun ozgina qolgan). Ikkala saralash oʻyinlari davrida Belgiya ayollar milliy futbol terma jamoasi „Belgiya qizil olovlari“ laqabini oldi[1][2].

Belgiya ayollar milliy futbol terma jamoasi 2017-yilgi UEFA ayollar chempionati saralash guruhida (Angliya terma jamoasidan keyin) ikkinchi oʻrinni egalladi. Bu esa Belgiya ayollar milliy futbol terma jamoasiga yirik xalqaro turnir uchun birinchi saralash huquqini qoʻlga kiritish uchun yetarli boʻldi. 2017-yilgi Yevropa chempionatining guruh bosqichida Belgiya ayollar milliy futbol terma jamoasi Norvegiya terma jamoasi ustidan 2:0 hisobida gʻalaba qozondi. Biroq, Daniyaga 1:0 va Gollandiyaga 2:1 hisobida magʻlub boʻlgach, Belgiya ayollar milliy futbol terma jamoasi oʻz guruhida uchinchi oʻrinni egalladi va Yevropa chempionatining pley-off bosqichiga chiqa olmadi.

Birinchi muvaffaqiyat (2019-yildan hozirgi kungacha)

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Belgiya ayollar milliy futbol terma jamoasi 2019-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati saralash bosqichida yaxshi oʻynadi va 6-guruhda Italiya terma jamoasidan keyin ikkinchi oʻrinni egalladi. Natijada 2019-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati UEFA pley-off bosqichiga yoʻllanma oldi, chunki ular ikkinchi oʻrinni egallagan eng yaxshi 4 jamoadan biri edi. Shveysariya, Niderlandiya va Daniya pley-offning boshqa 3 jamoasi edi. Belgiya ayollar milliy futbol terma jamoasi pley-of yarim finalida Shveysariya bilan toʻqnash keldi, ikki oʻyindan soʻng umumiy hisob 3:3 hisobi qayd etildi, biroq Shveysariya safardagi gollari evaziga finalga yoʻl oldi. Gollandiya terma jamoasi esa pley-off finalida Shveysariya terma jamoasini magʻlub etib, 2019-yilgi Jahon chempionatiga UEFA 8-saralash yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi[3]. Shuningdek, 2019-yilda Belgiya ayollar milliy futbol terma jamoasi Avstriya terma jamoasini penaltilar seriyasida magʻlub etib, 2019-yilgi Kipr kubogida 3-oʻrinni egalladi[4].

Jamoa tasviri

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jamoaning laqabi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kanadada boʻlib oʻtgan 2015-yilgi Jahon chempionatiga saralash bosqichi boshlanishi oldidan Belgiya ayollar milliy futbol terma jamoasi oʻzining hozirgi laqabini olgan: "Belgian Red Flames" ("Belgiya qizil olovlari")[1] Bungacha Belgiya ayollar milliy futbol terma jamoasi „Rode Duivelinnen“ (Qizil iblis xonimlar) nomi bilan tanilgan[5].

Sport toʻplamlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2022-yil 19-sentyabrda Belgiya ayollar milliy futbol terma jamoasi yangi uy toʻplamlarini taqdim etdi[6]. Belgiyada ayollar futbolini qoʻllab-quvvatlash maqsadida ilgari chiqarilgan bir martalik qora uy oʻyinlari libosi qizil rangdagi kiyimlar bilan almashtirildi. Toʻplamda qizil rang va Belgiya bayrogʻini ifodalovchi qora va sariq detallar mavjud. Maykaning ikkala yengida ham alanganing dinamik grafik nashri mavjud boʻlib, bu Belgiya ayollar milliy futbol terma jamoasining „Qizil alangalar“ laqabiga ishora qiladi.

Toʻplam yetkazib beruvchi homiylar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Adidas Homiylik davri Man.
Red Flames kit 2022
2022 — hozirgi kungacha [6]
Red Flames kit 2021
2021—2022-yillar [6]

Jamoaning uy stadioni

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Belgiya ayollar milliy futbol terma jamoasi oʻz uy uchrashuvlarini asosan Den Dreef stadionida oʻtkazadi, lekin vaqti-vaqti bilan Belgiyadagi boshqa stadionlarda ham oʻynaydi.

Murabbiylar shtabi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hozirgi murabbiylar shtabi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
2022-yil 28-sentabr holatiga ko`ra[7]
Lavozimi Ismi
Bosh murabbiy BelgiyaIves Serneels
Bosh murabbiy yordamchisi Belgiya Kris Van Der Haegen
Darvozabonlar murabbiyi Belgiya Yan Van Steenberghe[8]
Texnik yordamchi Belgiya Niels Leroy
Belgiya Hanne Nielandt
Belgiya Arne Jaspers
Dietolog Belgiya Gino Devriendt
Ruhiy murabbiy Belgiya Steffi Van Ranst
Jamoa shifokori Belgiya Karolien Lemmens
Belgiya Kris Vanderlinden
Fizioterapevt Belgiya Fabien van de Steene
Belgiya Yan Van der Jeugt

Bosh murabbiylar tarixi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hozirgi tarkib

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2022-yil 6-oktyabr sanasida 2023-yilgi Jahon chempionati saralash turniri pley-off bosqichida Portugaliya ayollar milliy futbol terma jamoasiga qarshi oʻyin uchun quyidagi futbolchilar Belgiya ayollar milliy futbol terma jamoasi safiga chaqirilgan[9].

2022-yil 6-oktabr holatiga ko`ra  

Belgiya ayollar milliy futbol terma jamoasining ichki rekordlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
0#0 pos. Futbolchi Tugʻilgan sanasi (yosh) Ishtiroki Gollari Klubi
1 1DA Evrard, NickyNicky Evrard 26-may 1995-yil (1995-05-26) (29 yosh) 58 0  BEL OH Leuven
12 1DA Lemey, DiedeDiede Lemey 7-oktyabr 1996-yil (1996-10-07) (28 yosh) 7 0  NED Fortuna Sittard
21 1DA Lichtfus, LisaLisa Lichtfus 29-dekabr 1999-yil (1999-12-29) (24 yosh) 0 0  FRA Dijon
22 2HM Deloose, LauraLaura Deloose 19-iyun 1993-yil (1993-06-19) (31 yosh) 74 4  BEL Anderlecht
18 2HM De Neve, LauraLaura De Neve 9-oktyabr 1994-yil (1994-10-09) (30 yosh) 59 2  BEL Anderlecht
19 2HM Kees, SariSari Kees 17-fevral 2001-yil (2001-02-17) (23 yosh) 14 1  BEL OH Leuven
2 2HM Philtjens, DavinaDavina Philtjens 26-fevral 1989-yil (1989-02-26) (35 yosh) 115 10  ITA Sassuolo
4 2HM Tysiak, AmberAmber Tysiak 26-yanvar 2000-yil (2000-01-26) (24 yosh) 19 5  BEL OH Leuven
15 2HM Vangheluwe, JodyJody Vangheluwe 15-iyul 1997-yil (1997-07-15) (27 yosh) 13 0  BEL Club YLA
15 3YH Vande Velde, ChloeChloe Vande Velde 6-iyun 1997-yil (1997-06-06) (27 yosh) 26 2  NED ADO Den Haag
20 3YH Biesmans, JulieJulie Biesmans 4-may 1994-yil (1994-05-04) (30 yosh) 99 3  NED PSV
8 3YH Delacauw, FéliFéli Delacauw 4-aprel 2002-yil (2002-04-04) (22 yosh) 12 0  NED Fortuna Sittard
16 3YH Minnaert, MarieMarie Minnaert 5-may 1999-yil (1999-05-05) (25 yosh) 31 3  BEL Anderlecht
23 3YH Missipo, KassandraKassandra Missipo 3-fevral 1998-yil (1998-02-03) (26 yosh) 44 0   SWI FC Basel
10 3YH Vanhaevermaet, JustineJustine Vanhaevermaet 29-aprel 1992-yil (1992-04-29) (32 yosh) 41 6  ENG Reading
11 4HJ Cayman, JaniceJanice Cayman 12-oktyabr 1988-yil (1988-10-12) (36 yosh) 131 48  FRA Lyon
6 4HJ De Caigny, TineTine De Caigny 9-iyun 1997-yil (1997-06-09) (27 yosh) 80 38  GER TSG 1899 Hoffenheim
13 4HJ Dhont, ElenaElena Dhont 27-mart 1998-yil (1998-03-27) (26 yosh) 29 3  NED FC Twente
7 4HJ Eurlings, HannahHannah Eurlings 1-yanvar 2003-yil (2003-01-01) (21 yosh) 23 5  BEL OH Leuven
18 4HJ Janssens, JillJill Janssens 3-oktyabr 2003-yil (2003-10-03) (21 yosh) 10 0  BEL OH Leuven
3 4HJ Van Kerkhoven, EllaElla Van Kerkhoven 20-noyabr 1993-yil (1993-11-20) (30 yosh) 22 12  BEL OH Leuven
14 4HJ Vanmechelen, DaviniaDavinia Vanmechelen 30-avgust 1999-yil (1999-08-30) (25 yosh) 50 10  BEL Club YLA
5 4HJ Wijnants, SarahSarah Wijnants 13-oktyabr 1999-yil (1999-10-13) (25 yosh) 26 2  BEL Anderlecht
9 4HJ Wullaert, TessaTessa Wullaert 19-mart 1993-yil (1993-03-19) (31 yosh) 116 69  NED Fortuna Sittard
Eng koʻp maydonga tushgan oʻyinchilar roʻyxati
Reyting Futbolchi Gollar Oʻtkazgan oʻyinlar Faoliyat yillari
1 Jenis Kayman 131 48 2007 — hozirgi kun
2 Tessa Vullaert 116 69 2011 — hozirgi kun
3 Davina Filjens 115 10 2008 — hozirgi kungacha
4 Aline Zeler 111 29 2005-2019
5 Julie Biesmans 99 3 2011 — hozirgi kun
6 Helen Jaques 97 3 2007-2020
7 Maud Coutereels 90 9 2004-yildan hozirgi kungacha
8 Femke Maes 85 25 1996-2009
9 Tine de Caigny 80 38 2014 — hozirgi kungacha
10 Laura Deloose 74 4 2015 — hozirgi kungacha
Reyting Futbolchi Gollar Oʻtkazgan oʻyinlar Samaradorlik koʻrsatkichi Faoliyat yillari
1 Tessa Wullaert 69 116 0.59 2011-hozirga qadar
2 Janice Cayman 48 131 0.37 2007-hozirga qadar
3 Tine De Caigny 38 80 0.48 2014-hozirga qadar
4 Aline Zeler 29 111 0.26 2009-2019
5 Femke Maes 25 85 0.29 1996-2009
6 Kristel Verelst 18 46 0.39 1998-2009
7 Myriam Vanslembrouck 16 21 0.76 1992-1996
8 Christine Saelens 13 41 0.32 1993-2003
9 Cecile Carnol 12 37 0.32 1996-2003
Ella Van Kerkhoven 22 0.55 2013-hozirga qadar
10 Marina Verdonck 10 53 0.19 1976-1990
Davina Philtjens 115 0.09 2008-hozirga qadar
Davinia Vanmechelen 50 0.2 2016-hozirga qadar

Xalqaro musobaqalarda Belgiya ayollar milliy futbol terma jamoasining natijasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati

[tahrir | manbasini tahrirlash]
FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatida Belgiya ayollar terma jamoasining natijasi Saralash oʻyinlarida Belgiya ayollar terma jamoasining natijasi
Yil Bosqich Natija Oʻtkazgan oʻyinlar Gʻalaba Durang Magʻlubiyat Urilgan gollar Oʻtkazib yuborilgan gollar Oʻtkazgan oʻyinlar Gʻalaba Durang Magʻlubiyat Urilgan gollar Oʻtkazib yuborilgan gollar
Xitoy 1991-yil Saralashdan oʻta olmadi 6 1 0 5 1 12
Shvetsiya 1995-yil 6 2 1 3 15 13
Qoʻshma Shtatlar 1999-yil 8 0 1 7 6 23
Qoʻshma Shtatlar 2003-yil 6 5 0 1 13 9
Xitoy 2007-yil 8 0 0 8 8 25
Germaniya 2011-yil 8 3 1 4 18 13
Kanada 2015-yil 10 6 1 3 34 11
Fransiya 2019-yil 8 4 2 1 11 8
AvstraliyaYangi Zelandiya2023-yil Saralanmoqda
Jami - - - - - - - - 60 21 6 32 106 114

UEFA ayollar chempionati

[tahrir | manbasini tahrirlash]
UEFA ayollar chempionatida Belgiya ayollar terma jamoasining natijasi Saralash oʻyinlarida Belgiya ayollar terma jamoasining natijasi
Yil Bosqich Natija Oʻtkazgan oʻyinlar Gʻalaba Durang Magʻlubiyat Urgan gollar Oʻtkazib yuborilgan gollar Oʻtkazgan oʻyinlar Gʻalaba Durang Magʻlubiyat Urgan gollar Oʻtkazib yuborilgan gollar
Daniya Angliya Italiya Shvetsiya 1984 Saralashdan oʻta olmadi 6 1 3 2 7 12
Norvegiya 1987 6 1 0 5 6 17
Gʻarbiy Germaniya 1989 8 2 4 2 7 4
Daniya 1991 6 1 0 5 1 12
Italiya 1993 4 1 2 1 1 8
Angliya Germaniya Norvegiya Shvetsiya 1995 6 2 1 3 15 13
Norvegiya Shvetsiya 1997 Kiritilmadi
Germaniya 2001
Angliya 2005 8 1 0 7 5 39
Finlandiya 2009 8 3 1 4 7 15
Shvetsiya 2013 10 6 2 2 18 8
Niderlandiya 2017 Guruh bosqichi 10 3 1 0 2 3 3 8 5 2 1 27 5
Angliya 2022 Chorak final 8 4 1 1 2 3 4 8 7 0 1 37 5
Jami Chorak final 2/13 7 2 1 4 6 7 78 30 15 33 131 138

Algarve kubogi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Belgiya ayollar milliy futbol terma jamoasi 2016-yilda Portugaliyada boʻlib oʻtgan Algarve kubogida ishtirok etishga taklif qilindi va sakkiz jamoa ichida beshinchi oʻrinni egalladi. Turnirda jamoalar ikki guruhga boʻlingan, guruh bosqichidan soʻng har ikki guruhdan teng oʻrin egallagan jamoalar oʻrtasida oʻrinlarni aniqlash bahslari oʻtkazildi. Belgiya A guruhida uchinchi oʻrinni egalladi va Rossiya ayollar terma jamoasiga qarshi oʻyinda (B guruhida uchinchi oʻrinni egallagn jamoa) 5:0 hisobida gʻalaba qozondi[10].

Belgiya ayollar milliy futbol terma jamoasi jami boʻlib toʻrt marta Kipr kubogiga taklif qilingan. Belgiya ayollar milliy futbol terma jamoasining ushbu turnirdagi birinchi ishtiroki 2015-yilda boʻlgan. Belgiya ayollar milliy futbol terma jamoasi oʻsha yili Meksika, Chexiya va Janubiy Afrika Respublikasi ayollar terma jamoasi bilan C guruhidan joy olgan va guruhda oxirgi oʻrinni egallagan. Belgiya ayollar milliy futbol terma jamoasi Janubiy Koreya terma jamoasiga qarshi oʻyinda ham (penaltidan soʻng) magʻlub boʻlishdi va natijada barcha 12 jamoa ichida oxirgi oʻrinni egallashdi. 2017-yilda Belgiya ayollar milliy futbol terma jamoasi Kipr kubogida Shveysariya, Shimoliy Koreya va Italiya ayollar terma jamoalari bilan A guruhidan joy oldi va guruhda uchinchi oʻrinni egalladi va Avstriyaga qarshi oʻyinda gʻalaba qozonib, oldingi 12 oʻrinidan yettinchi oʻrinni egalladi[11].

Pinatar kubogi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Belgiya ayollar milliy futbol terma jamoasi 2022-yilda Pinatar kubogi gʻolibi boʻldi. Belgiya finalda Rossiya ayollar terma jamaosini penaltilar seriyasiga koʻra magʻlub etdi[12].

Belgiya ayollar milliy futbol terma jamoasining FIFAning jahon reytingidagi oʻrni

[tahrir | manbasini tahrirlash]
2022-yil 5-avgust holatiga ko`ra[13][14]
Belgiya ayollar milliy futbol terma jamoasining FIFA rengtingidagi oʻrni
Reyting Yil Oʻtkazgan oʻyinlar Gʻalaba Magʻlubiyat Durang Oʻsish Tushish
Reyting Koʻchish Reyting Koʻchish
28 2015-yil 10 4 3 3 27 0 28 Decrease 1
25 2016-yil 13 8 4 1 25 2 28 0
22 2017-yil 17 8 6 3 22 2 23 Decrease 1
21 2018 11 5 2 4 21 2 23 Decrease 1
17 2019 14 10 1 3 17 1 20 1
17 2020 7 4 2 1 17 0 17 0
20 2021-yil 12 6 5 1 18 0 20 Decrease 1
19 2022 15 9 5 1 19 1 20 1

Belgiya ayollar milliy futbol terma jamoasining yutuqlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Kipr kubogi
3-oʻrin: 2019-yil
  • Pinatar kubogi
Chempion: 2022
  1. 1,0 1,1 Van Lindt. „Belgian Red Flames: eerst de naam, dan de hype?“ (niderlandcha). Vrouwenvoetbalkrant (20-sentabr 2013-yil). Qaraldi: 5-mart 2016-yil.
  2. „Belgians invest in women's game from grassroots up, targeting EURO2017“. insideworldfootball.com (12-yanvar 2015-yil). 27-may 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 26-oktabr 2022-yil.
  3. „Women's World Cup play-off draw on Friday“. Qaraldi: 6-sentabr 2018-yil.
  4. „Cyprus Women's Cup 2019“ (inglizcha). Cyprus Women's Cup. Qaraldi: 17-fevral 2019-yil.
  5. „Rode Duivelinnen heten voortaan Belgian Red Flames“ (nl-BE). Het Nieuwsblad. Qaraldi: 28-sentabr 2022-yil.
  6. 6,0 6,1 6,2 „RBFA new kits“. www.rbfa.be. Qaraldi: 28-sentabr 2022-yil.
  7. „RBFA coaching staff“. www.rbfa.be. Qaraldi: 28-sentabr 2022-yil.
  8. „RBFA new goalkeeper Red Flames“. www.rbfa.be. Qaraldi: 28-sentabr 2022-yil.
  9. „Belgium squad PO1“. www.rbfa.be. Qaraldi: 28-sentabr 2022-yil.
  10. „Fixtures and Results – Algarve Cup“. FPF. 2016-yil 7-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 9-mart 2016-yil.
  11. „Red Flames zevende in Cypriotisch oefentoernooi na zege tegen Oostenrijk“ (niderlandcha). De Standaard (8-mart 2017-yil). Qaraldi: 8-mart 2017-yil.
  12. Nowakowski. „Pinatar Cup 2022: Belgium crowned champions, Poland in harsh regress“ (inglizcha). Her Football Hub (25-fevral 2022-yil). Qaraldi: 25-fevral 2022-yil.
  13. „FIFA Women's Ranking“ (inglizcha). fifa.com. Qaraldi: 21-sentabr 2022-yil.
  14. „RBFA All Red Flames games“. www.rbfa.be. Qaraldi: 21-sentabr 2022-yil.