Kontent qismiga oʻtish

Janubiy Koreya ayollar milliy futbol terma jamoasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Janubiy Koreya ayollar milliy futbol terma jamoasi (koreys tilida: 대한민국 여자 축구 국가대표팀) Xalqaro ayollar futboli musobaqalarida Janubiy Koreya sharafini himoya qiladi. Janubiy Koreya ayollar terma jamoasi 2003, 2015 (shu-yilgi Jahon chempionatida (nimchorak) 1/8 finalga chiqqan) va 2019-yillarda, jami uchta FIFA Jahon chempionatiga yo‘llanma olgan.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

1949-2002: Boshlanishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Koreya Respublikasi hukumati tashkil etilganidan bir-yil o‘tmay, 1949-yil 28 va 29-iyun kunlari Seulda qizlar va ayollar milliy sport o‘yinlari doirasida ayollar o‘rtasidagi birinchi rasmiy futbol o‘yinlari o‘tkazildi. Ushbu oʻyinlar orqali ayollar basketboli va voleyboli sprot turlari jamoatchilik eʼtirofiga sazovor boʻlgan boʻlsa-da, futbol ayollar uchun mos emas va jamoatchilik uchun yoqimsiz sifatida qabul qilindi. Natijada, tadbirdan koʻp oʻtmay ayollar jamoalari tarqatib yuborildi[1].

1990-yilda Pekinda boʻlib oʻtgan Osiyo oʻyinlari turnirida ayollar futboli ham musoqaba sprot turlari safiga rasman qabul qilinganida, Janubiy Koreya sport maʼmuriyati boshqa sport turlari kabi futbolchilarda iborat ayollar jamoasini shakllantirish va jamoani Osiyo oʻyinlariga yuborishga qaror qildi[2]. Lekin Janubiy Koreya ayollar milliy futbol terma jamoasi dastlabki turnirda Yaponiya, Shimoliy Koreya, Xitoy va Xitoy Taypeyi terma jamoalariga qarshi barcha oʻyinlarda magʻlubiyatga uchragan[3]. Shunga qaramay, kollejlar va korporatsiyalar 1990-yillargacha xususiy ayollar futbol jamoalarini ishga tushirishni boshladilar va Koreyada birinchi milliy ayollar futboli turniri, Qirolicha kubogi, 1993-yilda boʻlib oʻtdi. Ushbu oʻzgarishlar tufayli Janubiy Koreya ayollar milliy futbol terma jamoasi 1995-yilda Malayziyada boʻlib oʻtgan ayollar oʻrtasidagi Osiyo chempionatida toʻrtinchi oʻrinni egalladi[4].

1999-yilda Janubiy Koreyaning Sport vazirligi oʻrta maktab qizlari, universitet jamoalari va xususiy jamoalar uchun yangi musobaqa va turnirlar tashkil etishga homiylik qildi. Ayollar futbolini ommalashtirish maqsadida 2001-yilning mart oyida Koreya Futbol Assotsiatsiyasi (KFA) bilan hamkorlikda mustaqil tashkilot sifatida Koreya Ayollar Futbol Federatsiyasi (KWFF) tashkil etilgan[5].

2003-2013: Birinchi jahon chempionati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Janubiy Koreya ayollar milliy futbol terma jamoasi 2003-yilgi ayollar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida uchinchi o‘rinni egalladi va birinchi marta jahon chempionatiga yo‘llanma oldi. Janubiy Koreya ayollar milliy futbol terma jamoasi (laqabi:Taegeuk Ladies) ushbu chempionatda Norvegiya, Fransiya va Braziliya bilan B guruhidan joy oldi. Janubiy Koreya ayollar milliy futbol terma jamoasi Jahon chempionatidagi birinchi oʻyinida 2003-yil 21-sentyabrda Braziliyaga 3:0 hisobida magʻlub boʻlgan. Ular Fransiyaga 1:0, Norvegiyaga 7:1 hisobida mag‘lub bo‘lishdi. Kim Jin-Hee 2003-yilning 27-sentyabrida Norvegiyaga qarshi o‘yinda Janubiy Koreyaning jahon chempionatidagi ilk golini kiritdi.

Janubiy Koreya ayollar milliy futbol terma jamoasi 2005-yilda oʻz maydonida oʻtkazilgan EAFF E-1 futbol chempionatida gʻalaba qozonganiga qaramay, 2007-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi jahon chempionatiga chiqa olmadi. Taegeuk Ladies jamoasi 2010-yilgi Osiyo oʻyinlarida va 2010-yilgi EAFF ayollar futbol chempionatida bronza medalini qoʻlga kiritgan boʻlsa-da, 2011-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatiga yana bir bor qatnasha olmadi.

2015-yilgi jahon chempionati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Janubiy Koreya 2014-yilgi OFK ayollar o‘rtasidagi Osiyo Kubogida to‘rtinchi o‘rinni egalladi va 2015-yilgi FIFA ayollar o‘rtasidagi Jahon chempionatiga yo‘llanma oldi va u yerda birinchi marta guruh bosqichidan chiqdi. Bu safar Janubiy Koreya ayollar milliy futbol terma jamoasi Braziliya, Ispaniya va Kosta-Rika bilan E guruhidan joy oldi. Janubiy Koreya ayollar milliy futbol terma jamoasi dastlab 2015-yil 9-iyun kuni Braziliyaga 2:0 hisobida mag‘lub bo‘lgan, biroq 13-iyun kuni Kosta-Rika bilan 2:2 hisobida durang va 17-iyun kuni Ispaniyaga qarshi 2:1 hisobida g‘alaba qozongan. Janubiy Koreya ayollar milliy futbol terma jamoasi 2015-yil 21-iyun kuni 1/8 finalda Fransiyaga 3:0 hisobida mag‘lub bo‘lishdi.

2019-yilgi jahon chempionati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Avvalgi o‘yinda yaxshilangan o‘yin natijalari hisobiga Janubiy Koreya ayollar o‘rtasidagi 2019-yilgi Jahon chempionatiga yo‘llanma oldi va Fransiya, Norvegiya va Nigeriya bilan „A“ guruhidan joy oldi. Biroq ular 2015-yildagi oldingi muvaffaqiyatlarini takrorlay olmadilar va uchta o‘yinda ham mag‘lub bo‘lishdi va guruh bosqichida turnirni tark etishdi. Butun turnirda davomida atigi bitta gol va hatto avtogol urishdi.

Jamoa tasviri[tahrir | manbasini tahrirlash]

Taxalluslar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Janubiy Koreyaning ayollar futbol terma jamoasining laqabi „Taegeuk Ladies“ (koreyscha: 태극 낭자) hisoblanadi.

Sport formasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ayollar jamoasi odatda Janubiy Koreya milliy futbol terma jamoasi bilan bir xil sport toʻplamdan foydalanadi. Biroq, ayollar terma jamoasi formasida erkaklar jamoasi hech qachon foydalanmagan koʻplab kombinatsiyalarni uchratish mumkin. Quyida Janubiy Koreyaning ayollar futbol terma jamoasining turli yillarda kiygan futbol formalari keltirilgan.

Azaliy raqiblar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yaponiya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Janubiy Koreya ayollar milliy futbol terma jamoasi Yaponiya terma jamosi bilan azaliy raqobatga ega. Janubiy Koreya erkaklar terma jamoasining ancha ustunligidan farqli oʻlaroq, Janubiy Koreya ayollar jamoasi Yaponiyaga qarshi gʻalaba qozonganidan koʻra koʻproq magʻlub boʻlgan. Ikki jamoa birinchi marta 1990-yilda uchrashishgan vaJanubiy Koreya Yaponiyaga 1:13 hisobida magʻlub boʻlgan. 2022-yil holatiga koʻra, Janubiy Koreya oʻza oʻyinlarda 4 gʻalaba, 11 durang va 18 magʻlubiyat bilan ortda qolmoqda. Janubiy Koreyaning Yaponiyaga qarshi o‘yinlarda zaif o‘yin ko‘rsatishining sabablari bor edi: Janubiy Koreya, Yaponiyadan farqli o‘laroq, ayollar futbolini Yaponiyadan ancha kech rivojlantirgan, shuningdek, Yaponiyadan farqli o‘laroq, Janubiy Koreyada professional ayollar ligasi yo‘q.

Chet ellik futbolchilar[tahrir | manbasini tahrirlash]

2014-yildan beri koreyalik eng yaxshi futbolchilar xorijda, ayniqsa Angliyada oʻynashga intila boshladi. Hozirda FAWSL ligasida uchta koreys ayol oʻynamoqda. Ular: „Tottenham“ jamoasida Cho So-hyon, „Brayton va Xov Albion“ jamoasida Li Geum Min Park Ye Eun.

FIFA Jahon reytingi[tahrir | manbasini tahrirlash]

FIFA Jahon reytingi
FIFA Jahon reytingi Reyting Yil Jami oʻyinlar soni Gʻalaba Durang Magʻlubiyat Eng yaxshi Eng yomoni
Reyting Koʻchish Reyting Koʻchish
18 2022 6 4 1 1 18 18
18 2021 8 3 3 2 18 0 19 Decrease 1

Barcha vaqt natijalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Quyidagi jadvalda Janubiy Koreya ayollar terma jamoasining 2021-yil 1-yanvar holatidagi xalqaro oʻyinlardagi natijalari ko‘rsatilgan.
Jami oʻyinlar soni Gʻalaba Durang Magʻlubiyat Urilgan gollar Oʻtakazib yuborilgan

gollar

Jami 213 91 34 85 473 255

Murabbiylar shtabi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hozirgi murabbiylar shtabi[tahrir | manbasini tahrirlash]

18-iyun 2022-yil[6]
Lavozim Ism Boshlanish sanasi
Menejer Angliya Kolin Bell 2019-yil 18 oktyabr
Boshqaruvchi yordamchisi Avstraliya Mett Ross



Janubiy KoreyaKim Eun Jung
Nomaʼlum
Darvozabonlar murabbiyi Janubiy Koreya Chung Yu Suk Nomaʼlum
Fitnes murabbiyi Janubiy Koreya Jung Xyun-gyu Nomaʼlum

Bosh murabbiylar roʻyxati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bosh murabbiy Murabbiylik faoliayti Oʻtkazgan oʻyinlari Gʻalaba Durang Magʻlubiyat Gʻalaba koʻrsatkichi % Yutuqlar
Janubiy Koreya An Jong-goan 2003-2010 0 0 0 0 0%
Janubiy Koreya Lee Sang-yup 2010-2011 0 0 0 0 0%
Janubiy Koreya Choi In-cheol[7] 2010-2011 0 0 0 0 0% 2010-yilgi Osiyo oʻyinlari: 3-oʻrin
Janubiy Koreya Yoon Deok-yeo[7] 2013-2019 0 0 0 0 0%
Janubiy Koreya Choi In-cheol[7] 2019 0 0 0 0 0%
Angliya Colin Bell[8] 2019-hozirga qadar 19 10 4 5 52.63% 1-xorijiy bosh murabbiy

2022-yilgi Osiyo kubogi: 2-oʻrin

Oʻyinchilar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Quyidagi futbolchilarga 2022-yil 3 va 6-sentabrdagi Yamaykaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinlariga chaqirilgan[9].

Statistika 2022-yil 3-sentabr holatiga ko‘ra to‘g‘ri keladi.

0#0 pos. Futbolchi Tugʻilgan sanasi (yosh) Ishtiroki Gollari Klubi
1 1DA Yoon Young-geul (윤영글) 28-oktyabr 1987-yil (1987-10-28) (36 yosh) 26 0 Unattached
18 1DA Kim Jung-mi (김정미) 16-oktyabr 1984-yil (1984-10-16) (39 yosh) 129 0  KOR Incheon Hyundai SRA
21 1DA Ryu Ji-soo (류지수) 3-sentyabr 1997-yil (1997-09-03) (26 yosh) 0 0  KOR Seoul WFC
3 2HM Hong Hye-ji (홍혜지) 25-avgust 1996-yil (1996-08-25) (27 yosh) 35 1  KOR Incheon Hyundai SRA
4 2HM Shim Seo-yeon (심서연) 15-aprel 1989-yil (1989-04-15) (35 yosh) 73 0  KOR Seoul WFC
6 2HM Jeong Yu-jin (정유진) 25-dekabr 2000-yil (2000-12-25) (23 yosh) 8 2  KOR Incheon Hyundai SRA
16 2HM Jang Sel-gi (장슬기) 31-may 1994-yil (1994-05-31) (30 yosh) 82 12  KOR Incheon Hyundai SRA
20 2HM Kim Hye-ri (김혜리) (captain) 25-iyun 1990-yil (1990-06-25) (34 yosh) 104 1  KOR Incheon Hyundai SRA
24 2HM Lee Soo-in (이수인 ) 30-aprel 2002-yil (2002-04-30) (22 yosh) 0 0  KOR Sejong Sportstoto
5 3YH Jang Chang (장창) 21-iyun 1996-yil (1996-06-21) (28 yosh) 21 0  KOR Incheon Hyundai SRA
7 3YH Lee Min-a (이민아) 8-noyabr 1991-yil (1991-11-08) (32 yosh) 74 17  KOR Incheon Hyundai SRA
8 3YH Kim Yun-ji (김윤지) 1-iyun 1989-yil (1989-06-01) (35 yosh) 3 0  KOR Suwon UDC
10 3YH Ji So-yun (지소연) 21-fevral 1991-yil (1991-02-21) (33 yosh) 142 65  KOR Suwon UDC
12 3YH Kim Seong-mi (김성미) 2-aprel 1997-yil (1997-04-02) (27 yosh) 3 0  KOR Sejong Sportstoto
13 3YH Lee Geum-min (이금민) 7-aprel 1994-yil (1994-04-07) (30 yosh) 73 20  ENG Brighton & Hove Albion
14 3YH Jeon Eun-ha (전은하) 28-yanvar 1993-yil (1993-01-28) (31 yosh) 12 0  KOR Suwon UDC
25 3YH Chun Ga-ram (천가람) 19-oktyabr 2002-yil (2002-10-19) (21 yosh) 0 0  KOR Ulsan College
2 4HJ Choo Hyo-joo (추효주) 29-iyul 2000-yil (2000-07-29) (23 yosh) 23 3  KOR Suwon UDC
11 4HJ Choe Yu-ri (최유리) 16-sentyabr 1994-yil (1994-09-16) (29 yosh) 45 9  KOR Incheon Hyundai SRA
15 4HJ Ko Min-jung (고민정) 14-may 2001-yil (2001-05-14) (23 yosh) 1 1  KOR Changnyeong WFC
17 4HJ Park Ye-na (박예나) 14-may 1999-yil (1999-05-14) (25 yosh) 0 0  KOR Boeun Sangmu
19 4HJ Son Hwa-yeon (손화연) 15-mart 1997-yil (1997-03-15) (27 yosh) 41 8  KOR Incheon Hyundai SRA
22 4HJ Jang Yu-bin (장유빈) 10-fevral 2002-yil (2002-02-10) (22 yosh) 4 0  KOR Seoul WFC
23 4HJ Kang Chae-rim (강채림) 23-mart 1998-yil (1998-03-23) (26 yosh) 19 6  KOR Incheon Hyundai SRA
4HJ Park Eun-sun (박은선) 25-dekabr 1986-yil (1986-12-25) (37 yosh) 36 17  KOR Seoul WFC

Janubiy Koreya ayollar milliy futbol terma jamoasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

* Qalin harflar bilan yozilgan oʻyinchilar hozirda ham oʻz faoliyatini olib borishadi.

2020-yil 9-fevral holatiga koʻra.

Eng koʻp maydonga tushgan futbolchilar[tahrir | manbasini tahrirlash]

# Futbolchi Milliy terma jamoadagi faoliyat yillari Maydonga tushgan oʻyinlari soni
1 Cho So-hyun 2007-hozirga qadar 126
2 Ji So-yun 2006-hozirga qadar 125
3 Kim Jung-mi 2003-hozirga qadar 116
4 Kwon Hah-nul 2006-hozirga qadar 103
5 Jeon Ga-eul 2007-hozirga qadar 101
6 Lee Eun-mi 2007-hozirga qadar 89
Kim Hye-ri 2007-hozirga qadar
8 Yoo Young-a 2007-hozirga qadar 87
9 Kim Do-yeon 2010-hozirga qadar 82
10 Lee Myung-hwa 1990-2004 81

Eng yaxshi toʻpurarlar futbolchilar[tahrir | manbasini tahrirlash]

# Futbolchi Milliy terma jamoadagi faoliyat yillari Gollar soni Maydonga tushgan oʻyinlari soni
1 Ji So-yun 2006-hozirga qadar 61 125
2 Jeon Ga-eul 2007-hozirga qadar 38 101
3 Yoo Young-a 2007-hozirga qadar 32 87
4 Cha Sung-mi 1994-2003 30 55
5 Park Hee-young 2005-2013 23 55
6 Jung Seol-bin 2006-hozirga qadar 20 72
Cho So-hyun 2007-hozirga qadar 124
8 Park Eun-sun 2003-hozirga qadar 17 34
9 Kwon Hah-nul 2006-hozirga qadar 15 103
10 Lee Geum-min 2013-hozirga qadar 14 43
Lee Eun-mi 2007-hozirga qadar 89

Janubiy Koreya ayollar milliy futbol terma jamoasining yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mintaqaviy[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ikkinchi oʻrin: 2022
  • EAFF E-1 futbol chempionati
Chempion: 2005-yil
G‘oliblar: 2015, 2019
  • Kipr ayollar kubogi
Chempion: 2017-yil

Janubiy Koreya terma jamoasining xalqaro musobaqalardagi natijalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati[tahrir | manbasini tahrirlash]

FIFA ayollar o'rtasidagi Jahon chempionatida Janubiy Koreya terma jamoasining natijalari
Mezbon davlat / Yil Natija Oʻtkazgan oʻyinlar Gʻalaba Durang Magʻlubiyat Urilgan gollari Oʻtkazib yuborilgan gollar Gollar

farqi

Xitoy 1991-yil Saralashdan oʻta olmadi
Shvetsiya 1995-yil
Qoʻshma Shtatlar 1999-yil
Qoʻshma Shtatlar 2003-yil Guruh bosqichi 3 0 0 3 1 11 −10
Xitoy 2007-yil Saralashdan oʻta olmadi
Germaniya 2011-yil
Kanada 2015-yil 16-tur 4 1 1 2 4 8 −4
Fransiya 2019 Guruh bosqichi 3 0 0 3 1 8 −7
AvstraliyaYangi Zelandiya2023-yil Kvalifikatsiya qilindi
2027 Aniqlanmoqda
Jami 4/9 10 1 1 8 6 27 −21
FIFA ayollar oʻrtasidagi jahon chempionati tarixi
Yil Bosqich Sana Raqib Natija Stadion
Qoʻshma Shtatlar 2003-yil Guruh bosqichi 21-sentabr  Braziliya Magʻlubiyat 0-3 RFK stadioni, Vashington, DC
24-sentabr  Fransiya Magʻlubiyat 0-1
27-sentabr  Norvegiya Magʻlubiyat 1-7 Gillette stadioni, Foksboro
Kanada 2015-yil
Guruh bosqichi 9-iyun  Braziliya Magʻlubiyat 0-2 Olimpiya stadioni, Monreal
13-iyun  Kosta-Rika Durang 2-2
17-iyun  Ispaniya Gʻalaba 2-1 Lansdaun stadioni, Ottava
16-tur 21-iyun  Fransiya Magʻlubiyat 0-3 Olimpiya stadioni, Monreal
Fransiya 2019-yil Guruh bosqichi 7-iyun  Fransiya Magʻlubiyat 0-4 Parc des Princes, Parij
12-iyun  Nigeriya Magʻlubiyat 0-2 Stad des Alpes, Grenobl
17-iyun  Norvegiya Magʻlubiyat 1-2 Stad Auguste-Delaune, Reyms

Olimpiya oʻyinlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yozgi Olimpiya oʻyinlarida Janubiy Koreya terma jamoasining natijalari
Mezbon davlat / Yil Natija Oʻtkazgan oʻyinlar Gʻalaba Durang Magʻlubiyat Urilgan gollari Oʻtkazib yuborilgan gollar Gollar

farqi

Qoʻshma Shtatlar 1996-yil Saralashdan oʻta olmadi
Avstraliya 2000
Gretsiya 2004-yil
Xitoy 2008-yil
Birlashgan Qirollik 2012-yil
Braziliya 2016-yil
Yaponiya 2020
Fransiya 2024-yil Aniqlanmoqda
Jami 0/7 - - - - - - -

OFK ayollar oʻrtasidagi Osiyo kubogi[tahrir | manbasini tahrirlash]

OFK ayollar o'rtasidagi Osiyo kubogida Janubiy Koreya terma jamoasining natijalari
Mezbon davlat / Yil Natija Oʻtkazgan oʻyinlar Gʻalaba Durang Magʻlubiyat Urilgan gollari Oʻtkazib yuborilgan gollar Gollar

farqi

Gonkong 1975 Qatnashmadi
Tayvan 1977
Hindiston 1979
Gonkong 1981
1983
Gonkong 1986
Gonkong 1989
Yaponiya 1991 Guruh bosqichi 3 0 0 3 0 22 −22
Malayziya 1993 3 1 0 2 4 9 −5
Malayziya 1995 4-oʻrin 5 2 1 2 11 5 +6
Xitoy 1997 Guruh bosqichi 2 1 0 1 11 1 +10
Filippin 1999 4 3 0 1 30 5 +25
Xitoy Taypeyi 2001 4-oʻrin 6 4 0 2 16 10 +6
2003 3-oʻrin 6 4 1 1 22 5 +17
Avstraliya 2006 Guruh bosqichi 4 2 0 2 14 6 +8
Vyetnam 2008 3 2 0 1 5 3 +2
Xitoy 2010 3 1 1 1 6 3 +3
Vyetnam 2014 4-oʻrin 5 2 1 2 18 4 +14
Iordaniya 2018 5-oʻrin 4 2 2 0 9 0 +9
Hindiston 2022 2-oʻrin 6 4 1 1 11 4 +7
Jami 13/19 54 28 7 19 157 77 +80

Osiyo oʻyinlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Osiyo oʻyinlarida Janubiy Koreya terma jamoasining natijalari
Mezbon davlat / Yil Natija Oʻtkazgan oʻyinlar Gʻalaba Durang Magʻlubiyat Urilgan gollari Oʻtkazib yuborilgan gollar Gollar

farqi

Xitoy 1990-yil 5-oʻrin 5 1 0 4 2 30 −28
Yaponiya 1994-yil 4-oʻrin 3 0 0 3 0 9 −9
1998-yil Guruh bosqichi 3 1 1 1 8 4 +4
Janubiy Koreya2002-yil 4-oʻrin 5 2 0 3 6 8 −2
Qatar 2006-yil 4-oʻrin 5 2 0 3 7 10 −3
Xitoy 2010-yil 3-oʻrin 5 3 1 1 14 4 +10
Janubiy Koreya 2014-yil 3-oʻrin 6 5 0 1 33 2 +31
Indoneziya 2018 3-oʻrin 6 5 0 1 32 3 +29
Xitoy 2022 Aniqlanmoqda - - - - - - -
Yaponiya 2026 Aniqlanmoqda - - - - - - -
Jami 8/8 38 19 2 16 102 71 +31

EAFF E-1 futbol chempionati[tahrir | manbasini tahrirlash]

EAFF E-1 Futbol chempionatida Janubiy Koreya terma jamoasining natijalari
Mezbon davlat / Yil Natija Oʻtkazgan oʻyinlar Gʻalaba Durang Magʻlubiyat Urilgan gollari Oʻtkazib yuborilgan gollar Gollar

farqi

Janubiy Koreya2005-yil Chempion 3 2 1 0 3 0 +3
Xitoy 2008-yil 4-oʻrin 6 3 0 3 15 9 +6
Yaponiya 2010-yil 3-oʻrin 7 5 0 2 47 4 +43
Janubiy Koreya 2013-yil 3-oʻrin 3 1 0 2 4 5 -1
Xitoy 2015-yil Ikkinchi o‘rin 6 5 0 1 29 3 +26
Yaponiya 2017-yil 4-oʻrin 6 3 0 3 43 7 +36
Janubiy Koreya 2019 Ikkinchi o‘rin 3 1 1 1 3 1 +2
Yaponiya 2022 3-oʻrin 3 1 1 1 6 3 +3
Jami 8/8 37 21 3 13 150 32 +118

Algarve kubogi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Algarve kubogi Portugaliya futbol federatsiyasi (FPF) tomonidan oʻtkaziladigan ayollar futbol assotsiatsiyasi boʻyicha terma jamoalar turniridir. 1994-yildan beri har-yili Portugaliyaning Algarve shahrida o‘tkazib kelinayotgan bu musobaqa ayollar o‘rtasidagi eng nufuzli va eng uzoq davom etgan xalqaro futbol tadbirlaridan biri bo‘lib, „Kichik FIFA Ayollar o‘rtasidagi jahon chempionati“ nomini olgan[10].

Portugaliya Algarve kubogida Janubiy Koreya terma jamoasining natijalari
Yil Natija Oʻtkazgan oʻyinlar Gʻalaba Durang Magʻlubiyat Urilgan gollari Oʻtkazib yuborilgan gollar Gollar

farqi

2018 7-oʻrin 3 1 1 1 4 5 −1
Jami 1/27 3 1 1 1 4 5 −1

Kipr ayollar kubogi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kipr Kipr ayollar kubogida Janubiy Koreya terma jamoasining natijalari
Yil Natija Oʻtkazgan oʻyinlar Gʻalaba Durang Magʻlubiyat Urilgan gollari Oʻtkazib yuborilgan gollar Gollar

farqi

2011 6-oʻrin 4 2 1 1 6 5 +1
2012 5-oʻrin 4 2 2 0 5 3 +2
2013 10-oʻrin 4 2 1 1 5 1 +4
2014 3-oʻrin 4 1 3 0 7 3 +4
2015 11-oʻrin 4 0 1 3 3 6 −3
2017 2-oʻrin 4 2 1 1 4 1 +3
Jami 6/13 24 9 9 6 30 19 +11

Peace Queen kubogi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Janubiy Koreya Peace Queen kubogida Janubiy Koreya terma jamoasining natijalari
Mezbon davlat / Yil Natija Oʻtkazgan oʻyinlar Gʻalaba Durang Magʻlubiyat Urilgan gollari Oʻtkazib yuborilgan gollar Gollar

farqi

Janubiy Koreya 2006 Guruh bosqichi 3 0 0 3 2 6 −4
Janubiy Koreya 2008 4-oʻrin 3 2 0 1 5 4 +1
Janubiy Koreya 2010 Chempion 3 1 2 0 2 1 +1
Jami 3/3 9 3 2 4 9 11 -2

Manbalar:

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Fan Hong. Soccer, Women, Sexual Liberation: Kicking off a New Era. Routledge, 23 November 2004 — 71–81 bet. ISBN 978-1-135-77058-7. 
  2. Fan Hong. Soccer, Women, Sexual Liberation: Kicking off a New Era. Routledge, 23 November 2004 — 71–81 bet. ISBN 978-1-135-77058-7. 
  3. „Asian Games 1990 (Women's Tournament)“. RSSSF. Qaraldi: 2018-yil 10-iyul.
  4. Manzenreiter, Wolfram; Horne, John (14 August 2008). "Playing the Post‐Fordist Game in/to the Far East: The Footballisation of China, Japan and South Korea". Soccer & Society 8 (4): 561–577. doi:10.1080/14660970701440899. ISSN 1466-0970. 
  5. Fan Hong. Soccer, Women, Sexual Liberation: Kicking off a New Era. Routledge, 23 November 2004 — 71–81 bet. ISBN 978-1-135-77058-7. Fan Hong; J.A. Mangan (23 November 2004).
  6. „KFA Korea Football Association National team Coach“ (ko). www.kfa.or.kr. Korea Football Association (KFA) (2022-yil 14-iyun). Qaraldi: 2022-yil 18-iyun.
  7. 7,0 7,1 7,2 „Veteran coach returns for 2nd stint at women's nat'l football helm“ (2019-yil 29-avgust). Qaraldi: 2022-yil 28-yanvar.
  8. „Englishman Colin Bell named head coach of S. Korean nat'l women's football team“ (2019-yil 18-oktyabr). Qaraldi: 2022-yil 28-yanvar.
  9. „자메이카전 소집 명단 발표 --- 천가람, 이수인 첫 발탁“ (ko). www.kfa.or.kr. Korea Football Association (KFA) (2022-yil 3-iyul). Qaraldi: 2022-yil 26-avgust.
  10. „Women's game thriving in the Algarve“. FIFA (2011-yil 9-mart). 2014-yil 13-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 13-mart.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]