Beklarsoy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Ustuqsoy Ustuq qishlogʻida

BeklarsoyNavoiy viloyati Nurota tumanidagi soy, Qalamjarsoyning oʻng irmogʻi. Yuqori oqimida Ustuqsoy, oʻrta oqimida B., Oqchopsoy, quyi oqimida Oʻrgʻanchi deb ataladi. Mirishkor togʻlari (Nurota tizmasi)ning jan. yon bagʻridan boshlanib, shim.dan jan.ga tomon oqadi. Irmogʻi koʻp. Uz. 41 km, suv toʻplash maydoni 180 km², oʻrtacha koʻp yillik suv sarfi 0,53 m³/sek. Suvining asosiy qismi bahorda oqadi. Kuz va qishda suvi kamayib, koʻpincha qurib qoladi. B.da baʼzan jaladan soʻng kuchli sel oqimi kuzatiladi. Soydan qadimdan Beklar, Oqchob, Yangi Oqchob kabi qishloqlar suv ichadi. B. vodiysida 16-asrda qurilgan Abdullaxon bandi (tugʻoni) qoldiqlari saqlangan.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil