Bayonqulixon Surgatu oʻgʻli

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

BAYONQULIXON (Buyonqulixon) Surgatu oʻgʻli (? — 1358) — Chigʻatoy ulusi xoni (1348 — 58). Chigʻatoylardan. Davlat ishlarini aslida uning nomidan amir Qazagʻon boshqargan. 1358 y. qishda Qazagʻon fitnachilar tomonidan oʻldirilgach, uning oʻgʻli amir Abdulla B.ga qarshi Hisor hokimi Bayon sulduz va Kesh (Shahrisabz) hokimi Hoji Barlos bilan birgalikda bosh koʻtargan. Samarqandga yaqin yerda boʻlgan jangda B. qoʻlga olinib, qatl qilingan.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil