Kontent qismiga oʻtish

Bayburt (shahar)

Koordinatalari: 40°15′35″N 40°13′40″E / 40.25972°N 40.22778°E / 40.25972; 40.22778
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Bayburt
Bayburt City
Bayburt City
Bayburt (shahar) is located in Turkiya
Bayburt (shahar)
Turkiyadagi joylashuvi
Koordinatalari: 40°15′35″N 40°13′40″E / 40.25972°N 40.22778°E / 40.25972; 40.22778
Davlat Turkiya
Viloyat Bayburt
Tuman Bayburt
Balandligi
1 550 m (5 100 ft)
Aholisi
 (2021)[1]
48 036
Vaqt mintaqasi TRT (UTC+3)
Pochta indeksi
69000
Hudud kodi 0458
Veb-sayt bayburt.bel.tr

Bayburt (armancha Բայբերդ romanized: Bayberd)[2] – Turkiya shimoli-sharqidagi Çoruh daryosi yaqinida joylashgan shahar. Bu shahar Bayburt viloyati va Bayburt tumani markazi hisoblanadi[3]. Shahar aholisi 2021-yilda 48 036 kishini tashkil etgan[1].

Bayburt qadimgi Ipak yoʻlining muhim markazlaridan biri boʻlgan. Bu shaharga Marco Polo va Evliya Çelebi tashrif buyurgan. Oʻrta asrdagi qal’aning qoldiqlari hali ham mavjud. Shaharda bir nechta tarixiy masjidlar, turk hammomlari va qabrlar mavjud. Shuningdek, viloyatning boshqa qismlarida Çatalçeşme yer osti majmuasi va Sirakayalar sharsharasi kabi tabiiy moʻjizalarga ega tarixiy joylar mavjud.

Nomi va etimologiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shaharning nomi ilgari Usmonli turk tilida Bayburd[4] va ingliz tilida Baiburt deb yozilgan[5][6]. Bizans davrida bu shahar turli nomlar bilan mashhur boʻlgan.Prokopius shaharga Baiberdon, Kedrenos esa uni Paiperte deb atagan[7]. Bu nom oʻrta asrdagi arman tilidagi Baydbert (Բայտբերդ) soʻzidan kelib chiqqan[2]. Xorenning Movsesning „History of Armenia“ asarida shaharga Paypert deb nom berilgan. Movses shaharning qadimgi nomini Bagratuni dinastiyasi asoschisi Smbat I ga ishora qilib, Smpadapert deb nomlanganini taʼkidlaydi. Dede Korkut oʻz kitobida shaharni bir necha marta Bayburd deb atagan. Baydbert ikkita soʻzdan Bayd va Bertdan iborat deb hisoblanadi . Birinchisi haqida koʻp bahs-munozaralar bor, ammo hali aniq javobi topilmagan. Biroq, ikkinchi soʻz armanchada bert yaʼni „qal`a“ degan maʼnoni bildiradi.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bayburt qalʼasi
Shahar markazi

Bayburt Hayasa-Azzi hududiga kiradi. Keyinchalik miloddan avvalgi VIII asrda Cimmeriyaliklar, milodiy VII asrda Medlar, keyin Achaemenid imperiyasi, Yervandid Ermaniya, Pontus, Buyuk Ermaniya , Rim, Bizant, Bagratid Ermaniya shohligi, Seljuk turklari, Aq Qoyunlu, Safavidlar va Usmonli turklari tomonidan bosib olingan[8].

Shahar I asrda Arman qal’asida joylashgan va Baiberdon imperator Justinian tomonidan mustahkamlangan boʻlishi mumkin[5]. Shahar oʻrta asr oxirida Genovese qoʻrgʻoni boʻlgan[5]. Trebizond va Fors oʻrtasidagi savdo tufayli XII asr oxiri va XIV asr boshlarida gullab yashnagan. Shahar Seljuklar va Ilxanidlar davrin oʻz ichiga oladi[9].1243-yildan 1266- yilgacha Bayburt Gujoriston shohlaridan biri boʻlgan Samtskhe qoʻl ostida boʻlgan. Bayburt qalʼasidagi xristian cherkovi XIII asrda Trapezuntin yoki Gujoriston taʼsiri ostida qurilgan[10].

Bayburt va atrofdagi hududlar Anatoliyadagi eng qadimgi turk aholi punktlaridan biri hisoblanadi[11]. Usmonli turklar boshqaruvi ostida shahar Bayburt Erzurum Eyaletdagi Sanjakning markazi edi. Erzurum XVI asrning boshlarida vayron qilinganida, Bayburt maʼlum vaqt davomida viloyat markazi sifatida xizmat qilgan. Bu hudud 1553-yilda Safavidlar tomonidan zabt etilgan. Bayburt General Paskevich boshchiligidagi rus armiyasi tomonidan bosib olindi[12] va uning istehkomlarilari 1829-yilda butunlay vayron etildi[5]. Bu ruslar gʻarbga eng uzoq yetib borgan joy edi[12]. Britaniyalik sayohatchi va geolog Uilyam Hamilton 1840-yillarda bu vayronliklarga sharh bergan[13], 1870-yillarda aholi soni 6000 gacha oshgan[5]. Biroq bozor kambagʻal boʻlib qoldi va shahar uzoq vaqt sanoatda orqada qoldi[12]. Birinchi jahon urushidan oldin aholisi 10 ming kishini tashkil etgan, asosan turk, kam qismini armanlar tashkil etar edi[12].

Shemseddin Sami qalamiga mansub Qamus al-Aʼlam (Qāmūsu’l-alām/قاموس الأعلام, „Dictionary of the World“ga) koʻra, Bayburt Sanjaki, Şiran, Kelkit va Bayburt deb nomlangan toʻrt tumandan iborat boʻlib, 505 qishloq va 40 shaharchaga ega edi. Sanjak aholisi 124.019 kishi boʻlib aholining 108.373 nafari turk va musulmon boʻlgan, qolgan qismi esa xristian, asosan armanlar boʻlgan[14].

Bayburt sanjaki ichida 292 ta masjid, 176 ta madrasa, 87 ta cherkov va monastir, 2 ta oʻrta maktab (rushdiye), 108 ta boshlangʻich maktab (Sıbyan mektebi) mavjud boʻlgan deb aytiladi[15].

Geografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bayburt Trabzon va Erzurum oʻrtasidagi yoʻnalishda ochiq va unumdor Çoruh platosini kesib oʻtgan[12].

Iqlimi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bayburtning iqlimi kontinental boʻlib, yoz fasli iliq va qishi sovuq. Yilning koʻp qismida yomgʻir yogʻadi va bahorda yogʻingarchilik eng choʻqqisiga chiqadi. Shaharda tez-tez, lekin zarur boʻlmagan darajada qor yogʻadi. 1976-yil mart oyida qor qalinligi eng yuqori 110 sm (43,3 dyuym) ni tashkil etgan. 

Iqlim koʻrsatkichlari Bayburt (1991–2020, extremes 1959–2020)
Oy Yanvar Fevral Mart Aprel May Iyun Iyul Avgust Sentyabr Oktyabr Noyabr Dekabr Year
Yuqori harorat °C (°F) 10.3
(50.5)
13.9
(57.0)
21.2
(70.2)
25.3
(77.5)
29.6
(85.3)
32.9
(91.2)
37.0
(98.6)
38.4
(101.1)
34.0
(93.2)
28.8
(83.8)
20.0
(68.0)
18.2
(64.8)
38.4
(101.1)
Average high °C (°F) −0.2
(31.6)
1.3
(34.3)
6.9
(44.4)
13.5
(56.3)
18.8
(65.8)
23.7
(74.7)
27.8
(82.0)
28.6
(83.5)
24.2
(75.6)
17.6
(63.7)
9.0
(48.2)
2.1
(35.8)
14.4
(57.9)
Kunlik oʻrtacha °C (°F) −5.4
(22.3)
−4.2
(24.4)
1.3
(34.3)
7.2
(45.0)
11.9
(53.4)
15.9
(60.6)
19.3
(66.7)
19.5
(67.1)
15.2
(59.4)
9.9
(49.8)
2.7
(36.9)
−3.0
(26.6)
7.5
(45.5)
Oʻrtacha past harorat °C (°F) −9.7
(14.5)
−8.8
(16.2)
−3.5
(25.7)
1.7
(35.1)
5.8
(42.4)
8.6
(47.5)
11.4
(52.5)
11.6
(52.9)
7.7
(45.9)
4.0
(39.2)
−2.0
(28.4)
−6.9
(19.6)
1.7
(35.1)
Minimum past harorat °C (°F) −31.3
(−24.3)
−27.6
(−17.7)
−28.3
(−18.9)
−12.7
(9.1)
−4.4
(24.1)
−1.6
(29.1)
0.2
(32.4)
2.4
(36.3)
−2.1
(28.2)
−10.6
(12.9)
−23.6
(−10.5)
−29.0
(−20.2)
−31.3
(−24.3)
Average precipitation mm (inches) 29.3
(1.15)
32.1
(1.26)
47.3
(1.86)
67.5
(2.66)
78.5
(3.09)
47.0
(1.85)
25.9
(1.02)
16.8
(0.66)
23.0
(0.91)
47.1
(1.85)
31.0
(1.22)
30.1
(1.19)
475.6
(18.72)
Average precipitation days 8.33 8.17 10.23 13.87 16.03 10.30 5.30 4.77 5.57 9.07 7.57 8.30 107.5
Source: Turkish State Meteorological Service[16]

Koʻrinishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Daryo yaqinidagi shahar koʻrinishi.

Tabiati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bayburtda "Aslan dağı Ormanı" (Arslon togʻi oʻrmonlari) „Gençlik Parkı“ (Yoshlar bogʻi), „Şehit Nusret Bahçesi“ (Martyr Nusret bogʻlari) va „Yenişehir Parkı“ yaʼni „Yangi shahar istirohat bogʻi“ kabi bir nechta istirohat bogʻlari mavjud. Shaharda 535.780 m2 (5,767.09 kv ft) kattalikdagi maydonda Bayburt oʻrmoni uchun oʻstiriladigan oʻsimliklar bogʻi mavjud. Shuningdek, tashrif buyuruvchilar toshlarning qiziqarli tabiiy shaklini koʻrishlari mumkin boʻlgan ikkita gʻor mavjud. Bu gʻorlar „Çimağıl gʻori“ va „Helva qishlogʻi muz gʻori“.

Qal`a[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bayburt qal’asi.

Bayburt qalʼasi Bayburtning shimolida joylashgan baland qoyalar ustida turadi. Bu IX, X va XI asrlarda Bagratuni dinastiyasi tomonidan saqlangan. Qal`a devorlarida yozilgan yozuvda tasdiqlanganidek, 1200-1230 yillar orasida Saltukid hukmdorlari Mugis-al-Din Tugrul Sah tomonidan toʻliq qayta tiklangan. Qal`a devorlarining katta oʻlchami va toshning sifati uni Anatoliyadagi barcha qal’alarning ichida eng yaxshilaridan biri qatoriga qoʻshadi, ammo ruslar[17] tomonidan XIX asr boshlarida vayron qilingan[18]. Qal`ani qayta qurilish ishlari Usmonli turklar davrida amalga oshirildi. Qal`a 1829-yil vayron boʻlishidan oldin mavjud edi[12].

Aydıntepe yer osti shahri[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bayburtdan 45 km (28 mi) uzoqlikda joylashgan ushbu joyda toshdan yasalgan galereyalar, gumbazli xonalar va tuff yuzasidan 2–2.5 metr (6 ft 7 in–8 ft 2 in) balandlikda boʻlgan qurilish materiallaridan foydalanmasdan tabiiy toshdan qazilgan kengroq joylardan iborat. Kengligi deyarli bir metr va balandligi 2-2,5 metr boʻlgan gumbazli galereyalar ikkala tomondan kengayib borgan[19].

Dede Korkut ravoqi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Dede Korkut ravoqii Bayburtdan taxminan 30 kilometr (19 mi) uzoqlikdagi Masat qishlogʻida joylashgan[20]. Ravoq qishloq qabristonining oʻrtasida joylashgan, Dede Korkut madaniyat va sanʼat festivali tufayli 1995-yildan buyon Turkiy mamlakatlardan kelgan odamlarni qabul qilib kelmoqda va har iyul oyida bu festival oʻtkazilib kelinadi. Bundan tashqari 1994-yilda qayta tiklanib, jamoatchilikka taqdim etilgan Ali Baba va Korkut Ata degan nom bilan ataladigan ravoq ham mashur. Ravoq 2018-yil noyabr oyida UNESCO Insoniyatning nomoddiy madaniy merosi Reprezentativ roʻyxatiga kiritilganidan soʻng ahamiyat kasb etdi[21].

Baksı muzeyi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Baksı muzeyi.

Baksı muzeyi Qora dengiz yaqinida, Bayburtdan 45 km (28 mi) km uzoqlikdagi Çoruh vodiysiga qaragan tepalikda joylashgan. Ilgari Baksı deb nomlangan va hozir Bayraktar qishlogʻida joylashgan bu noodatiy muzey zamonaviy sanʼat va anʼanaviy hunarmandchilikni bir tom ostida birlashtirgan[22].

Sporti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shaharda professional Futbol stadioni va koʻplab xususiy astroturflangan joylari mavjud. Bayburtdagi mahalliy futbol klubi Bayburt Özel İdarespor hozirda TFF Ikkinchi ligasi qatnashmoqda. Şalcilarspor 1986-1988-yillar oraligʻida Uchinchi ligada oʻynagan.

Bayburtda koʻplab yopiq choʻmilish havzalari mavjud, ularning orasida yarim olimpiya havzasi eng diqqatga sazovorlaridan biri. U shahar markazida, Yenişehir bogʻining qarshisida joylashgan. Suv havzalari yozda va qishda bir xil haroratda saqlanadi, shu tufayli foydalanuvchilar eng yuqori darajada hovuzdan zavqlanishlari mumkin.

Shahar qishki sport musobaqalariga ham mezbonlik qiladi, masalan, changʻi sporti oʻtkaziladi. Changʻi kurorti shahar markazidan uzoqda joylashgan.

Taʼlimi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bayburt universiteti shahar markazidan taxminan bir kilometr uzoqlikda joylashgan. Universitetda muhandislik, sanʼat va fan, maʼmuriy fanlar kabi bir nechta fakultetlar mavjud. Universitet mehmonxonani (turkcha: konukevi) ham oʻz ichiga oladi. Bu yerda bir nechta kasb-hunar maktablari mavjud.

Transporti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shaharning janubiy qismida joylashgan Bayburt avtobus terminallari Bayburtning asosiy transport markazi hisoblanadi.

Mashhur insonlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Bayburtlu Kara Ibrahim Pasha – Usmoniylar imperiyasining buyuk vaziri, 1683-1685 yillar.
  • Hovhannes XI (Çamaşırciyan), 1800-1801-yillar orasida Konstantinopolning Ermənistan patriarxi
  • Irşadi Baba (1879-1958), xalq shoiri[23].
  • Krikor Amirian (1888-1964), Erməniston inqilobchisi
  • Namık Kemal Zeybek (1944-yilda tugʻilgan), turk siyosatchisi
  • Vasip Şahin (1964-yilda tugʻilgan), Turkiyaning davlat xizmatchisi, Anqara viloyatining gubernatori.
  • Naci Ağbal (1968-yilda tugʻilgan), turk siyosatchisi
  • Suat Türker (1976-2023), turk-germaniyalik futbolchi
  • Serdar Orçin (1976-yilda tugʻilgan), turk aktyori
  • Hakan Çalhanoğlu (1994-yilda tugʻilgan), turk futbolchisi

Qardosh shaharlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bayburt quyidagilar bilan qardosh hisoblanadi:

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 „Address-based population registration system (ADNKS) results dated 31 December 2021“ (tr) (XLS). TÜİK. Qaraldi: 2023-yil 30-yanvar.
  2. 2,0 2,1 http://www.vehi.net/istoriya/armenia/khorenaci/02.html; The „History of Armenia“ by Movses Khorenatsi, Yerevan, 1990 (in Russian).
  3. İl Belediyesi, Turkey Civil Administration Departments Inventory. Retrieved 30 January 2023.
  4. Miroğlu. „BAYBURT“. TDV İslâm Ansiklopedisi. 2020-yil 7-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 1-iyul.
  5. 5,0 5,1 5,2 5,3 5,4 EB (1878).
  6. „Bayburt“ (en). nisanyanmap.com. Qaraldi: 2023-yil 1-fevral.
  7. „Bayburt“ (en). nisanyanmap.com. Qaraldi: 2023-yil 1-fevral.
  8. „BAYBURT“ (tr). TDV İslâm Ansiklopedisi. Qaraldi: 2023-yil 14-dekabr.
  9. Sinclair, T. A.. Eastern Turkey: An Architectural & Archaeological Survey, Volume I. Pindar Press, 1989 — 284–289 bet. ISBN 9780907132325. 
  10. Peacock, Andrew „Between Georgia and the Islamic world: the atabegs of Samc‘xe and the Turks“,. At the Crossroads of Empires: 14th-15th century Eastern Anatolia, Varia Anatolica. Paris and Istanbul: Institut français d'études anatoliennes, 2012 — 49–70 bet. ISBN 978-2-36245-002-0. 
  11. „BAYBURT“ (tr). TDV İslâm Ansiklopedisi. Qaraldi: 2023-yil 30-sentyabr.
  12. 12,0 12,1 12,2 12,3 12,4 12,5 EB (1911).
  13. Hamilton, William J.. Researches in Asia Minor, Pontus, and Armenia. Murray, 1842 — 231–233 bet. .
  14. Frashëri, Sami „بايبورد (Bayburd)“,. Ḳāmusu'l-ˁAlām. Istanbul: Mihran, 1898 — 430 bet. 
  15. Frashëri, (Shemseddin) Sami. Kamus-ül alâm: tarih ve coğrafya lûgati ve tabir-i esahhiyle kâffe-yi esma-yi hassa-yi camidir (قاموس الأعلام). Istanbul: Mihran Matbaası, 1896. 
  16. „Resmi İstatistikler: İllerimize Ait Mevism Normalleri (1991–2020)“ (tr). Turkish State Meteorological Service. Qaraldi: 2021-yil 27-iyun.
  17. Sinclair, T. A.. Eastern Turkey: An Architectural & Archaeological Survey, Volume I. Pindar Press, 1989 — 284–289 bet. ISBN 9780907132325. 
  18. David Winfield, „A Note on the South-Eastern Borders of the Empire of Trebizond in the Thirteenth Century“, Anatolian Studies, 12 (1962), p. 166
  19. „Aydıntepe Yeraltı Şehri“. www.aydintepeyeraltisehri.com. Qaraldi: 2016-yil 6-dekabr.
  20. „DEDEKORKUT“. www.bayburt.gov.tr. Qaraldi: 2020-yil 1-iyul.
  21. „Intangible Heritage: Nine elements inscribed on Representative List“ (en). UNESCO (2018-yil 28-noyabr). Qaraldi: 2020-yil 1-iyul.
  22. „Baksı Müzesi“. en.baksi.org. Qaraldi: 2016-yil 6-dekabr.
  23. Sözlüğü. „AĞLAR BABA/BAKİ/BAKİ BABA/AĞLAR/AĞLAR GÜLMEZ/İRŞÂDÎ, İrşâdî“. teis.yesevi.edu.tr. Qaraldi: 2020-yil 1-iyul.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]