Avliyo Chalabiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Avliyo Chalabiy
Avliyo Chala-biy Muhammad Zalli ibn Darvish
Tavallud sanasi: 25-mart, 1611-yil(1611-03-25)
Tavallud joyi: Istanbul, Usmonlilar imperiyasi
Fuqaroligi: Turkiya bayrogʻi Turkiya
Vafot sanasi: 1682-yili

Avliyo chalabiy (Usmonlı Turk tili: اوليا چلبي; (1611-1642) — turkiyalik mashhur sayyoh va olim. Istanbulda zargar oilasida dunyoga kelgan. U arab, fors va yunon tillarini, tarix, geografiya va she’riyat ilmi (po-etika)ni chuqur egallagan. Avliyo Chalabiy birmuncha vaqt Istanbuldagi Ayo So‘fiya masjidida hofizlik (qorilik) qilgan. So‘ngra sulton saroyiga xizmatga olinadi, lekin ko‘p o‘tmay harbiy xizmatga jo‘natiladi. U bir necha bor Turk armiyasining Azovga (1641) va Vengriyaga (1656) qilgan yurish-larida qatnashgan. Avliyo Chalabiy Kichik Osiyo, Kurdiston, Suriya, Falastin, Mesopotamiya, Misr va Habashistonning ko‘p joylarini kezib chiqqan (1640); u Janubiy Rossiya (1665), Qrim va Kavkaz, hususan, Ozarbayjon (1644—48), Ukraina (1656—58), Bolqon ya.o. (1656, 1680) bo‘ylab sayohat qilgan. Bu mamlakatlarning tarixi, iqtisodiy, siyosiy ahvoli va xalqining urf-odati haqidagi qimmatli ma’lumotlar olimning "Sayyohning tarixi" yoki "Sayohatnoma" asarida keltirilgan. Asarning qo‘lyozmalari Turkiya, Fransiya, Angliya va boshqa mamlakatlarning qo‘lyozma asarlar fondlarida saqlanmoqda. "Sayohatnoma" 1897—1938 yilllar orasida 10 jildda turk tilida nashr etilgan. Uning ayrim qismlari G‘arbiy va Sharqiy Yevropa tillariga, Moldova va Ukrainaga oid qismlari rus tiliga tarjima qilinib, 1961, 1979, 1983 yillarda nashr etildi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil