Saragosa

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Saragosa — Ispaniyaning shim.sharkiy qismidagi shahar, Ebro daryosi boʻyida. Aragon muxtor viloyati va Saragosa provinsiyasining maʼmuriy markazi. Aholisi 841,4 ming kishi (1998). Mashinasozlik (jumladan, temir yoʻl va qishloq xoʻjaligi mashinasozligi, stanoksozlik, avtomobilsozlik, elektr jihozlari i.ch.), oziq-ovqat, kimyo, toʻqimachilik, yogʻochsozlik, sement, koʻnteri sanoati korxonalari mavjud. universitet (1533), nafis sanʼat muzeyi bor. Shaharga mil.av. 27 yilda rimliklar asos solgan. 714 yilda arablar hukmronligi ostida boʻlgan. 1118-yildan Ispaniya tarkibida. Meʼmoriy yodgorliklardan 11—17-asrlarda qurilgan sobor, minora, cherkov, saroylar saqlangan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil