Marko Polo
Marko Polo | |
---|---|
italyancha: Marco Polo | |
![]() | |
Tavalludi |
15-sentyabr, 1254-yil |
Vafoti |
8-yanvar, 1324-yil Venetsiya, Venetsiya Respublikasi |
Fuqaroligi | Venetsiya Respublikasi |
Otasi | Nikkolo Polo |
Marko Polo (italyancha: Marco Polo; 1254-yil 15-sentyabr, Venetsiya — 1324-yil 8-yanvar, Venetsiya) — italiyalik sayyoh va yozuvchi. Marko Polo 1271—75 yillarda venetsiyalik savdogarlar bilan birga kemada Kichik Osiyo yarim orolning jan.-sha-rqiy sohillariga, u yerdan Bagʻdod, Basra, Tabriz va Kermonga kelgan, soʻngra Balx, Qashqar, Xotan, Kampichu (Gan-chjou) shaharlari va Gobi choʻlini kesib oʻtib Qoraqurumga yetib borgan. Marko Polo Xitoyda 17 yil yashagan, Xubilayxon saroyida 1292-yilgacha uning xizmatida boʻlgan. U mamlakatning turli viloyatlarini borib koʻrgan. Marko Polo Xonbaliq (Pekin) shahridan myanmaliklarning ilk davlati Paganning 11 —13-asrlardan poytaxti boʻlgan Pagan shahriga (mamlakat markazida) sayohat qilib, yana orqaga qaytgan. Soʻngra Janubiy Xitoy dengizi, Bengaliya qoʻltigʻi, Arabiston dengizi, Eron orqali 1295-yil vataniga qaytib borgan.


Rustichano bilan birga "Marko Polo kitobi"ni (1298) yozib qoldirgan. Bu asar Kavkaz xalqlari, Eron, Xitoy, Mongoliya, Hindiston, Indoneziya va boshqa mamlakatlar geografiyasi, etnografiyasi va tarixi haqida muhim maʼlumotlar beradi; shuningdek, unda xalq udumlari, rivoyatlar, ertaklar ham bor. Boshqa Yevropa tillariga tarjima qilingan bu kitob 14—16-asrlarda yashagan dengizchilar, yozuvchilar va haritashunoslar (jumladan X. Kolumb va L. Ariosto)ga taʼsiri katta boʻlgan.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |