Axill

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Axillesning oʻlimi

Axill yoki Axilles – yunon afsonalarida Troya urushi davrida Troyani qamal qilgan „Illiada“ qahramonlari ichida eng botiri. Dengiz maʼbudasi Fetida oʻgʻli Axillesni oʻlmaydigan qilish uchun tovonidan ushlab, Stiksning muqaddas suviga botirib olgan, shu tariqa Axillesning suv tegmay qolgan tovoni zaif muchasi boʻlib qolgan. Parisning moʻljallab otgan oʻqi Axillesning tovoniga tegib, uni halok qiladi. „Axilles tovoni“, yaʼni zaif joy iborasi shundan paydo boʻlgan. Uning eng yorqin obrazi „Illiada“da berilgan. Axilles shaxsini ulugʻlash Ellada, Sparta, Shim.Qora dengiz boʻylari va boshqa joylarda keng yoyilgan.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil