Kontent qismiga oʻtish

AVO bank

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
AVO bank
Asosiy maʼlumotlar
Turi ATB
Litsenziyasi №83[1][2] (02.07.2017)
Faoliyati Bank xizmatlari, kredit karta
Asos solingan 2017-yil
Avvalgi nomi Oʻzagroeksportbank
Ustav kapitali 200 mlrd. soʻm
Rahbariyat Popov Artyom Anatolyevich (Boshqaruv Raisi)
Sayti avo.uz

AVO bank AJ – Oʻzbekistonda faoliyat yurituvchi zamonaviy raqamli bank. Innovatsion raqamli “AVO bank” ning asosiy mahsuloti, foizsiz davrga ega AVO platinum kredit kartasi har bir o’zbekistonlik uchun butunlay yangi imkoniyatlarni taqdim etadi va moliyaviy operatsiyalarni soddalashtirishga yordam beradi.

AVO nomi — “havo” so‘zining qisqartmasi hisoblanadi. “Havo vaznsiz, hamma joyda va toza bo‘lganidek, bizning moliyaviy xizmatlarimiz ham ochiq, tushunarli va ulardan foydalanish oson”, — deyiladi kompaniya bayonotida.

Kompaniya “O‘zbekistonda yetakchi chakana bank”ni yaratmoqda.

(2023-yilgacha „Oʻzagroeksportbank“ nomi ostida faoliyat yuritgan)[3][4].

2023 yil “O‘zagroeksportbank” aksiyadorlari bank nomini AVO Bank (“havo” so‘zining qisqartmasi) etib o‘zgartirish uchun ovoz berdi. Endilikda bank AVO kompaniyalar guruhi tarkibiga kiradi.

“O‘zagroeksportbank” aksiyadorlari bank nomini o‘zgartirish va rebrending o‘tkazilishini ma’qulladi. 10-avgust kuni bo‘lib o‘tgan aksiyadorlar yig‘ilishi yakunlari bo‘yicha bank qarorida bu haqda so‘z boradi.

Kartomat va bankomatlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

AVO bank O'zbekistonning barcha viloyatlarida bankomat va kartomatlarlariga ega[5]. AVO bank kundalik bank operatsiyalaridan qulay tarzda foydalanishga yordam beradigan intuitiv interfeys hamda zamonaviy dizaynga ega qurilmalardan foydalanadi, bu esa mijozlarga o'z mablag'larini tez va oson boshqarish imkoniyatini taqdim etadi. Har bir o’zbekistonlik bank xizmatlaridan maksimal darajada komfort bilan foydalanishi mumkin.

AVO platinum Mastercard kredit kartasi

AVO platinum kredit kartasi mijozga kundalik xarajatlar uchun foizsiz davrga ega kredit limitini garovsiz, sug‘urta va kafillarsiz olish imkonini taqdim etadi. Ushbu kredit limiti sizga imtiyozli davrda kartadan foydalangan holda xaridlarni yillik 0% stavka bilan amalga oshirish imkonini beradi, kredit kartadan istalgan savdo nuqtalarida – bozordan tortib supermarket va internet-do‘konlargacha, O‘zbekistonda va butun dunyo bo’ylab foydalanishingiz mumkin. Qarzga olingan mablag'larni qaytarish shartlari ham barcha mijozlar uchun foydalidir.

Shuningdek, AVO platinum kredit kartasidan nafaqat kredit karta sifatida, balki undan o'z pulingizni saqlash va sarflash uchun ham foydalanishingiz mumkin. Bundan tashqari, kredit limiti yangilanadi, u qarzdorlik so’ndirilishi bilanoq qayta tiklanadi, ya'ni keyingi llimitni olish uchun takroriy so'rovlar yuborishingiz ham shart emas.

AVO platinum kredit kartasi Mastercard xalqaro toʻlov tizimiga tegishli, bu esa mijoz Mastercard Priceless orqali avtomatik ravishda butun dunyo boʻylab barcha imtiyozlarga ega boʻladi, deganidir. Mastercard Priceless bu butun dunyo va O‘zbekiston bo‘ylab mukofot ballari va maxsus takliflarning moslashuvchan tizimidir. Karta sizga sayohatlarda ham qo’l keladi, chunki uning yordamida siz butun dunyo bo'ylab xaridlarni qilishingiz, avtomobillarni ijaraga olishingiz, mehmonxonalar uchun to'lov va boshqa kerakli xarajatlarni amalga oshirishingiz mumkin. Asosiysi, butun dunyo bo'ylab qilingan xaridlarni endi qo'shimcha valyuta konvertatsiyalarisiz so’mda amalga oshirish mumkin.

AVO platinum kredit kartasi joriy qonunchilik va nazorat qiluvchi organlar tomonidan taqdim etilgan standart xavfsizlik kafolatlarining barcha nyuanslarini hisobga oladi, masalan, bu hisobga qo'yilgan mablag'larni sug'urtalash, shaxsiy ma'lumotlar xavfsizligi va bank sirlari. Bundan tashqari, Mastercard xalqaro to‘lov tizimidan foydalanish tufayli mahsulot yuqori texnologiyali toʻlov va pul oʻtkazmalari xavfsizligi standartlari joriy etilgan.

AVO platinum kredit kartasi qator afzalliklarga ega:

  • imtiyozli davrda karta orqali amalga oshirilgan xaridlar uchun foizlar olinmaydi;
  • individual kredit limiti 50 000 000 so‘mgacha hisoblanadi;
  • virtual karta esa bepul chiqariladi.

AVO platinum Mastercard xalqaro premium kartasi:

  • Xalqaro karta
    • Oʻzbekistonda so’mda, butun dunyo boʻylab esa ortiqcha valyuta operatsiyalarisiz konvertatsiya qilish orqali foydalaning
  • Mablag’larning xavfsizligi
    • AVO platinum Mastercard kartasi 3D Secure xavfsizlik texnologiyasi bilan himoyalangan
  • Bir zumda
    • Plastik kartani istalgan AVO qurilmasidan 30 soniyadan kamroq vaqt ichida oling
  • Dunyo bo’ylab sevimli xizmatlaringiz uchun to’lovlar
    • Netflix, Spotify, Ebay, chiptalar va ko’plab boshqa narsalar
  • Bepul rasmiylashtiring
    • Kartani onlayn oching va foydalanishni boshlang
  • Mastercard Priceless
    • Chet elda imtiyozlardan foydalanish, shu bilan birga, istalgan mamlakatda avtomobilni ijaraga olish imkoniyati

Rasmiy ilovasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bankning rasmiy ilovasi - AVO, Android[6] va IOS[7] operatsion tizimlari uchun ishlab chiqarilgan[8]. AVO platinum kredit kartasini olish uchun:

— AVO ilovasini yuklab oling va o’rnating

— onlayn-ro’yxatdan o’ting — pasport ma'lumotlarini kiritishingiz va rasmga tushishingiz kifoya

— virtual kartani ilovada bepul 2 daqiqada rasmiylashtiring

— kartadan chiqarilgan zahotiyoq foydalanishingiz mumkin

AVO — smartfoningizdagi onlayn-bank

— bank xizmatlaridan uydan chiqmasdan foydalaning

— istalgan Humo va Uzcard kartalariga pul o’tkazing

— kommunal, mobil aloqa va boshqa xizmatlar uchun to’lovni 24/7 onlayn amalga oshiring

— barcha kartalarni bitta ilovada xavfsiz saqlang

Bank muassislari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

«AVO.uz» Mas'uliyati cheklangan jamiyati Qo'shma korxonasi

  1. „“AVO BANK” aksiyadorlik jamiyati“. cbu.uz. Qaraldi: 25-iyul.
  2. Manba xatosi: Invalid <ref> tag; no text was provided for refs named lit
  3. „Rivojlanish tarixi“. uaeb.uz. 2023-yil 9-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 25-iyul.
  4. „Uzagroexportbank to be opened in Uzbekistan“. UzDaily.com (2017-yil 30-yanvar). Qaraldi: 25-iyul.
  5. „Bankomatlar va kartani chiqarish punktlari“.
  6. „AVO — onlayn bank“.
  7. „AVO — onlayn bank“.
  8. „AVO platinum kredit kartasi, AVO bank“.