Arslonmurat Amanov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

 

Arslonmurat Amanov
Amanov with Turkmenistan in 2015
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Arslanmyrat Amanmyradowiç Amanow
Tavallud sanasi 28-mart 1990-yil (1990-03-28) (34 yosh)
Tavallud joyi Baýramaly, Turkmaniston SSR, Soviet Union[1]
Boʻyi 1.75 m (5 ft 9 in)
Ampluasi Yarim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Ahal
Raqami 77
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2007–2009 Ashgabat 0 (0)
2010–2012 Ýedigen 11 (1)
2012 Okzhetpes 11 (1)
2013 Ýedigen 1 (0)
2014 Irtysh 24 (1)
2015–2016 Olmaliq 54 (8)
2017 Altyn Asyr 10 (1)
2018 Buxoro 29 (5)
2019 Lokomotiv Toshkent 23 (4)
2020 AGMK 23 (2)
Milliy terma jamoa
2009– Turkmaniston 53 (13)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(26-iyul uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (2021-yil 9-iyun uchun)

Arslanmyrat Amanmyradowich Amanow (1990-yil 28-martda tugʻilgan) — turkmanistonlik professional futbolchi, "Ahal" safida qanot himoyachisi[2] va Turkmaniston milliy futbol jamoasi sardori.[3] U 2019-yilgi Osiyo Kubogida mamlakat sharafini himoya qilgan.

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

  Arslonmirat Amanov Mari viloyatining Bayramali shahrida tugʻilgan. U Ashxoboddagi sport maktabi akademiyasida futbol bilan shugʻullana boshlagan.

Karyerasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

U oʻzining professional faoliyatini 2007-yilda „Ashxobod“ klubida boshlagan va u yerda dastlabki ikki mavsumini oʻtkazgan. 2010-yildan 2012-yilgacha u FC HTTUda oʻynagan. Shuningdek, 2012-yil davomida u Qozogʻistonning „Oqjetpes“ klubida 11 ta oʻyin oʻtkazib, bitta gol urgan.[4]

2013-yil davomida u FK HTTU jamoasiga qaytdi.

2014-yil mart oyida Amanov Qozogʻiston Premyer-ligasi vakili "Irtish Pavlodar" bilan shartnoma imzoladi.[5] „Irtish“ bilan bir mavsumdan soʻng Amanov 2014-yilning dekabrida klubni tark etdi.[6] U ushbu klub tarkibida 24 ta oʻyin oʻtkazib, 1 ta gol urgan.

2015—2016-yillarda Oʻzbekiston Oliy ligasining "Olmaliq" klubida toʻp surgan, 54 ta oʻyin oʻtkazib, 8 ta gol urishga muvaffaq boʻlgan.

2017-yilda „Oltin Asir“ klubida oʻynagan. 2018-yilda u Oʻzbekistonning boshqa bir klubi Buxoro FK bilan shartnoma imzoladi.

2019-yil 31-yanvar kuni u Oʻzbekiston chempioni, ayni davrdagi liganing eng kuchli jamoasi Toshkentning „Lokomotiv“ klubi bilan shartnoma imzolagani maʼlum boʻldi.[7]

2020-yilning qishida Amanov AGMK FK bilan bir yillik shartnoma imzoladi,[2] u 2015 va 2016-yillarda oʻynagan edi.

2021-yilning yanvar oyida u "Soʻgʻdiyona Jizzax" klubi bilan shartnoma imzoladi.[8] Iyul oyida uning „Soʻgʻdiyona“ bilan shartnomasi oʻzaro kelishuvga koʻra bekor qilingandi.[9][10] U vatani Turkmanistonga qaytib, „Ahal“ klubiga oʻtdi.[11][10]

Arslonmirat Amanov 2019-yilgi Osiyo Kubogida yaponiyalik Mayya Yoshida bilan

Xalqaro martaba[tahrir | manbasini tahrirlash]

2009-yildan buyon Turkmaniston terma jamoasida oʻynab kelmoqda. U 2010-yil OFK Chaqiruv kubogi yarim finalida Tojikistonga qarshi oʻyinda gol urgan.

Hozirgacha u oʻz jamoasida 53 ta oʻyin oʻtkazib, 10 ta gol urgan, yaʼni turkmanistonlik futbolchilar orasida eng koʻp xalqaro maydonga tushish boʻyicha rekordchi hisoblanadi. Jamoa vitse-sardorlaridan biri.[3][12]

2018-yilning dekabr oyida u Osiyo Kubogi-2019 uchun arizaga kiritildi. 9-yanvar kuni guruh bosqichining birinchi oʻyinida Yaponiyaga qarshi oʻyinning 27-daqiqasidayoq hisobni ochdi. Turkmaniston terma jamoasi oʻyinda 2:3 hisobida magʻlub boʻldi.

Faoliyat statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xalqaro[tahrir | manbasini tahrirlash]

Turkmaniston terma jamoasi
Yil Oʻyin Gol
2009 2 0
2010 4 1
2011 5 1
2012 6 2
2013 2 1
2014 1 0
2015 6 2
2016 3 1
2017 6 0
2018 3 1
2019 7 4
2021 2 0
2022 6 0
Jami 53 13

2019-yil 14-noyabrda oʻtkazilgan oʻyindagi aniq statistika.[13]

Terma jamoa statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Gollar va natijalar birinchi boʻlib Turkmanistonning gollar sonini sanab oʻtadi.[13]
Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa
1. 2010-yil 24-fevral Sugathadasa stadioni, Kolombo  Tojikiston
1–0
2–0
2010-yil OFK Chaqiruv kubogi
2. 2011-yil 21 mart MBPJ stadioni, Petaling Jaya  Pokiston
2–0
3–0
2012-yilgi OFK Chaqiruv kubogi saralashi
3. 2012-yil 8-mart Halchowk stadioni, Katmandu  Maldiv orollari
3–1
3–1
2012-yilgi OFK Chaqiruv kubogi
4. 2012-yil 16-mart Dasarath Rangasala stadioni, Katmandu  Filippin
1–1
2–1
5. 2013-yil 22-mart Rizal Memorial stadioni, Manila  Kambodja
1–0
7–0
2014-yilgi OFK Chaqiruv kubogi saralashi
6. 2015-yil 3-sentyabr Al-Seeb stadioni, Seeb  Ummon
1–3
1–3
2018 FIFA Jahon chempionati saralashi
7. 2015-yil 8-oktyabr Köpetdag stadioni, Ashxobod  Hindiston
2–1
2–1
8. 2016-yil 29-mart Javoharlal Neru stadioni, Kochi
1–1
2–1
9. 2018-yil 28-dekabr Miracle Resort mehmonxonasi, Antaliya  Afgʻoniston
2–2
2–2
Doʻstona
10. 2019-yil 9-yanvar Al Nahayan stadioni, Abu Dabi  Yaponiya
1–0
2–3
2019-yilgi Osiyo kubogi
11. 2019-yil 5-sentyabr Kolombo poygasi, Kolombo  Shri Lanka 2 — 0 2-0 2022 FIFA Jahon chempionati saralashi
12. 2019-yil 15-oktyabr Jabir al-Ahmad xalqaro stadioni, Quvayt shahri  Kuvayt 1 — 0 1-1 Doʻstona
13. 2019-yil 14-noyabr Köpetdag stadioni, Ashxobod  Shimoliy Koreya 2 — 0 3-1 2022 FIFA Jahon chempionati saralashi
14. 2022-yil 11-iyun Bukit Jalil milliy stadioni, Kuala-Lumpur  Bangladesh 2 — 1 2-1 2023-yilgi Osiyo kubogi saralashi

Yutuqlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ashxobod

HTTU

Lokomotiv Toshkent

Turkmaniston

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Arslanmyrat Amanow - Soccer player profile & career statistics - Global Sports Archive“. globalsportsarchive.com.
  2. 2,0 2,1 „Арсланмурад Аманов вернулся в узбекский АГМК | Спорт“. Туркменистан, интернет портал о культурной, деловой и развлекательной жизни в Туркменистане.
  3. 3,0 3,1 „Turkmenistan skipper Amanow hails fans' role in success“. www.fifa.com. [sayt ishlamaydi]
  4. „"Окжетпес" переиграл "Жетысу" в битве аутсайдеров“. Vesti.kz.
  5. „Коробов, Аманов и Байжанов — новички Иртыша“ (ruscha). sports.kz. sports.kz (8-mart 2014-yil). Qaraldi: 16-dekabr 2014-yil.
  6. „Арсланмурада Аманова не будет в Иртыше“ (ruscha). fcirtysh.kz. FC Irtysh Pavlodar (7-dekabr 2014-yil). 20-dekabr 2014-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16-dekabr 2014-yil.
  7. „Арслонмурод Амонов – "Локомотив" футболчиси“. lokomotiv.uz.
  8. „"Согдиана" подписала контракт с Арсланмурадом Амановым | Спорт“. Туркменистан, интернет портал о культурной, деловой и развлекательной жизни в Туркменистане.
  9. „"Согдиана" и полузащитник Аманов расторгли контракт по обоюдному согласию | Спорт“. Туркменистан, интернет портал о культурной, деловой и развлекательной жизни в Туркменистане.
  10. 10,0 10,1 „Эшитдик-да! Арсланмират Аманов "Сўғдиёна"ни тарк этди“. CHAMPIONAT.asia.
  11. „Улуғбек Бақоев: "Аманов оилавий сабаб туфайли жамоамизни тарк этди"“. CHAMPIONAT.asia.
  12. „Арсланмурад Аманов: «Первое место в группе отборочного турнира ЧМ-2022 для сборной Туркменистана многое значит» | Спорт“. Туркменистан, интернет портал о культурной, деловой и развлекательной жизни в Туркменистане.
  13. 13,0 13,1 „Arslanmyrat Amanow“. National-Football-Teams.com. Qaraldi: 25-avgust 2016-yil.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]