Yilnoma
Yilnoma, solnoma — tarixiy asar. Yilnoma, odatda, tarixiy voqealarning bevosita ishtirokchisi yoki guvohi boʻlgan qalam axli tomonidan yoziladi.
Yilnoma muallifi muarrix (tarixchi) deb nomlangan. Yilnoma yozish Sharq mamlakatlarida qadimdan mavjud boʻlib, 8-asr dan boshlab hijriy yil hisobi tarixning boshlanishi sifatida qabul qilingan. Hijriy yil 2 xil usulda hisoblanadi. Oy kunlari asosida hisoblansa — "hijriy qamariy", quyosh kunlari asosida hisoblansa — "hijriy shamsiy" nomi bilan yuritiladi. Qamariy yil 354 kun, shamsiy yil 365 kundir (yana qarang Kalendar). Bayon qilinayotgan voqea qaysi yilda sodir boʻlgani, yaʼni qamariy yil yoki shamsiy yil ekani Yilnomada taʼkidlanadi.
Arab va Eron Yilnoma (solnoma)chilari arab yozuvi qabul qilingan vaqtdanoq voqealarning yilma-yil bayonini yoza boshlaganlar. 17—19-asrlarda yaratilgan Yilnomalarning mualliflari hukmron doiralarning faoliyatini, maqsad va manfaatlarini nazarda tutib ish koʻrganlar. Tarixiy hujjatlarning moxiyati, sabablari, odatda, ilohiy kuchlarga bogʻlab izoxlangan. Yilnomalar uslub jihatdan har xil — baʼzilari tantanavor, baʼzilari soddaroq boʻladi. Mas, Boburning "Boburnoma", Mirxondning "Ravzat us-safo" ("Soflik bogʻi"), Abul-gʻoziy Bahodirxonning "Shajarayi turk", "Shajarayi tarokima", Munis Xorazmiy va Ogahiynnng "Firdavs ul-iqbol" asarlari Yilnomaning eng yaxshi namunalaridir.[1]tarix zor
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |