Anna Malikova

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Anna Malikova
Umumiy maʼlumot
Tavalludi Anna Malikova
1965-yil 14-iyul
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Kasbi pianinochi
Janr klassik
Faoliyat yillari 1993–yildan hozirgacha
Veb-sayt malikova.com

Anna Malikova (1965-yil 14-iyulda tugʻilgan[1]) – rus pianinochisi.

Hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Anna Malikova 1965-yil 14-iyulda Toshkent shahrida tugʻilgan[1]. Annaning ota-onasi ham pianinochi boʻlgan. Malikova musiqiy taʼlimni Uspenskiy nomidagi musiqa maktabida olgan.

14 yoshida Moskvaga yuborilib, Markaziy musiqa maktabiga oʻqishga kirgan. Musiqiy maktabda Rossiyaning eng taniqli pianino oʻqituvchilaridan biri hisoblangan Lev Naumovning shogirdi boʻlgan. 1979-yildan 1984-yilgacha u bilan birga tahsil oladi. Keyinchalik esa Chaykovskiy konservatoriyasida Naumov bilan oʻqishni davom ettirgan. Talabalik davrida 1990-yilda Varshavadagi Shopen tanlovida beshinchi oʻrinni qoʻlga kiritgan[2].

Malikova bir yil davomida Markaziy musiqa bilim yurtida dars bergan (1991-1992). 1992–1996-yillarda Chaykovskiy nomidagi konservatoriyada Naumovning assistenti sifatida dars bergan. Uning faoliyati keyin Sovet Ittifoqi davrida boshlangan[3].

1993-yilda Myunxendagi ARD tanlovida birinchi oʻrinni egallab, xalqaro sahnalarda ham mashhurlikga erisha boshlaydi. Jumladan, Avstraliya kamera orkestri, Sidney simfoniyasi, Varshava milliy filarmoniyasi va Bavariya radiosi korporativ orkestri kabi orkestrlar bilan birga chiqishni boshlagan.

Hozirda Anna Avstriyaning Vena shahrida yashaydi.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Moskva, Leningrad, Omsk, Boku shaharlarida, Yekaterinburg, Minsk, Nijniy Novgorod, Qozon va Toshkentda orkestrlar bilan konsertlar ijro etgan. Armaniston, Xitoy, Yevropa, Yaponiya, Koreya va Janubiy Amerikadagi mahorat darslarida qatnashib, tanlovlarda hakam sifatida qatnashgan. 2002-yildan 2005-yilgacha Germaniyaning Essen shahridagi Folkvang universitetida oʻrinbosar professor, 2011-yildan 2013-yilgacha Polshaning Katowice shahridagi Shimanovski akademiyasida professor boʻlib ishlagan. Anna 2018-yilning oktyabr oyida Vena musiqa va ijro sanʼati universitetining taniqli professori etib tayinlanadi[4].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 1,2 „Anna Malikowa“. Fryderyk Chopin – Information Centre. Qaraldi: 2014-yil 25-fevral.
  2. Chopin – Information Centre – Anna Malikova – Biography Anna Malikova – Biography[sayt ishlamaydi]
  3. Malikova | Biography & History „Anna Malikova | Biography & History | AllMusic“[sayt ishlamaydi]
  4. „Faculty“ (en-US). European Music Institute Vienna. Qaraldi: 2022-yil 29-iyul.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]