Kontent qismiga oʻtish

Anas ibn Molik

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Anas ibn Malikdan yoʻnaltirildi)
Anas ibn Molik
أنس بن مالك
Tavalludi 611 or 612
Vafoti Milodiy 712 yil (93 hijriy)
(100-103 yosh)
Basra, Umaviylar xalifaligi (hozirgi Iroq)
Fuqaroligi Rashidun xalifaligi va Damashq xalifaligi
Otasi Molik ibn Nadr
Onasi Ummu Sulaym binti Milhon

Abu Hamza Anas ibn Molik an-Najjoriy al-Xazrajiy (arabcha: أبو حمزة أنس بن مالك النجاري الخزرجي‎; tax. 612-yil – tax. 712-yil[1]) — Muhammad paygʻambarning sahobalaridan biri.[2]

Iroqning Basra shahridagi Anas ibn Molik qabri

Yasribning Xazraj qabilasining Najjor urug'idan boʻlgan Anas ibn Molik Muhammad payg'ambar hijratdan o'n yil oldin 612-yilda tugʻilgan[3]. Anasning onasi Ummu Sulaym binti Milhon islomni erta qabul qilgan. Shu sababli, Ummu eri bilan janjallashdi va eri Molik ibn Nadr uni imondan qaytarishga urinib koʻrdi. Keyin eri Suriyaga ketdi va oradan biroz vaqt oʻtib vafot etdi. Musulmon bo'lmagan holda erining vafotidan keyin Ummu Sulaym yangi musulmon boʻlgan Abu Talha ibn Sobitga turmushga chiqdi[4]. Anasning bu nikohdan o'gay ukasi Abdulloh ibn Abu Talha edi.

622-yilda Muhammad paygʻambar Madinaga hijrat paytida Anas ibn Molik atigi 10 yoshda edi[1][5]. Ummu Sulaym o‘g‘lini Payg‘ambarning huzurlariga olib kelib, Anasni xizmatkor qilib taklif qildi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam xizmatkorga muhtoj bo‘lmasalar ham, Ummu Sulaymni rad etishlari bilan xafa qilishni istamay, Anasni uyiga qabul qilib, unga o‘z o‘g‘lidek muomala qildilar. Anas Muhammad payg‘ambarga xizmat qilib, uning barcha buyruqlarini puxtalik bilan bajarardi va undan din asoslarini o‘rgandi[4][6].

Anas yoshligidan musulmonlarning dastlabki janglarida bevosita qatnashmagan. Lekin Anas Badr jangida musulmon askarlariga xizmat qilgan[5]. Voyaga yetgach, Xaybar va Hunayn janglarida qatnashadi. Bundan tashqari, Makkani fath qilish va Toifni qamal qilishda ham qatnashgan[4].

632 yilda payg'ambar vafotidan keyin Anas janglarda qatnashdi.[1] U zot Paygʻambar alayhissalomning koʻzga koʻringan sahobalarining oxirgisi boʻlgan.[2]

Biroz vaqt oʻtgach, Anas ibn Molik Basraga koʻchib oʻtdi va u yerda shahar aholisiga islom dini va qonuni asoslarini oʻrgatdi[4]. U forslarga qarshi bosqinchilik urushlarida qatnashgan va Tushtar shahrini egallagan musulmon qoʻshinlari tarkibida boʻlgan[5][7].

Uchinchi xalifa Usmon davrida Anas Basrada muallimlik faoliyatini davom ettirdi. Fuqarolar urushi paytida u hech bir tarafga qoʻshilmagan. Anas ibn Molik jamiyatdagi zulm va adolatsizlikka hech qachon chidamagan va Umaviylarning Iroq hokimi al-Hajjoj[4] zulmiga ochiq qarshilik ko‘rsatishdan qo‘rqmagan.

Anas ibn Molikning shogirdlari orasida Hasan al-Basriy, Sulaymon Tamriy, Qatoda ibn Diam, Muhammad ibn Sirin, Said ibn Jubayr va boshqalar kabi mashhur tobeinlar bor edi[8].

Anas ibn Molik hijriy 93 (milodiy 712)[9]-yil Basrada[10] 103 (qamariy) yoshda vafot etgan[10][4].

Anas ibn Molik ziyoratgohi Iroqning Basra shahrida joylashgan.[11] Anas ibn Molikning qabri oddiy xonaqohdir. Biroq ziyoratgoh portlovchi qurilmalar bilan vayron qilingan. Masjid va ziyoratgoh jiddiy shikastlangan va devorlari vandalizm bilan bo'yalgan bo'lsa-da, majmua haligacha sunniy musulmonlar tashrif buyuradigan mashhur joy bo'lib qolmoqda. 

  1. 1,0 1,1 1,2 Finding the Truth in Judging the Companions, 1. 84-5; EI2, 1. 482 A. J. Wensinck J. Robson
  2. 2,0 2,1 Canan, İbrahım. ENES b. MÂLİK - An article published in the 11th volume of Turkish Encyclopedia of Islam. Istanbul: TDV İslâm Ansiklopedisi, 1995 — 234-235-bet. ISBN 978-97-53-89438-8. Qaraldi: 15-yanvar 2022-yil.  Manba xatosi: Invalid <ref> tag; name "İA" defined multiple times with different content
  3. http://www.ihsan.kz/ru/articles/view/8323
  4. 4,0 4,1 4,2 4,3 4,4 4,5 Али-заде 2007.
  5. 5,0 5,1 5,2 Encyclopaedia of Islam & 1960—2005.
  6. http://www.ihsan.kz/ru/articles/view/8323
  7. http://www.ihsan.kz/ru/articles/view/8323
  8. http://www.ihsan.kz/ru/articles/view/8323
  9. „سير أعلام النبلاء » ومن صغار الصحابة » أنس بن مالك“. Qaraldi: 2013-yil 15-oktyabr.
  10. 10,0 10,1 T. P. Hughes, 1885/1999, Dictionary of Islam, New Delhi: Rupa & Co.
  11. „Iraqi Boys Disrespect Anas Ibn Malik (RA)'s Grave by Standing on It“.