Birinchi fitna

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Birinchi fitna
Islomiy fuqarolar urushlarining birinchisi
First Fitna Map, Ali-Muawiya Phase.png
  Ali boshqaruvidagi hudud
  Muoviya boshqaruvidagi hudud
Sanalar 656–661
Urush yeri Arabiston yarim oroli
Natija Isyon muvaffaqiyati, tinchlik kelishuvining imzolanashi;
Muoviya I tomonidan Umaviylar sulasining boshlanishi
Raqiblar
Roshidun xalifaligi Oysha kuchlari
Muoviya I kuchlari
Qoʻmondonlar
Ali
Ammar ibn Yasir
Malik al-Ashtar
Zubayr ibn Avvom
Muoviya I
Amr ibn al-As
Oysha
Talha ibn Ubaydulloh

Birinchi fitna (arabcha: فتنة مقتل عثمان‎ (fitnat maqtal Usman)) yoki Birinchi islomiy fuqarolar urushiRoshidun xalifaligida bir necha musulmon guruh oʻrtasida sodir boʻlgan janglar.[1] Urush Roshidun xalifalarning hokimiyatdan chetlatilishi hamda Muoviya Ining xalifa deb eʼlon qilinishi hamda Umaviylar sulolasining tuzilishi bilan yakunlangan. Birinchi fitna janglari davomida musulmonlar sunniylar, shialar va xorijiylarga boʻlina boshlagan.

Urush xalifa Usmon ibn Affon 656-yilda isyonchilar tomonidan oʻldirib ketilishi ortidan boshlangan. Uning oʻlimi ortidan Ali xalifa etib tayinlangan. Janglar Alining toʻrt yillik hukmronligi davomida toʻxtamagan. Nihoyat, 661-yilda Alining vorisi Hasan ibn Ali ilk umaviy xalifa Muoviya I hukmronligini tan oluvchi bitimni imzolaganidan keyin toʻqnashuvlar oʻz yakuniga yetgan.

656-yil 17-iyunda misrlik isyonchilar xalifa Usmon ibn Affonni Madinada oʻz uyida oʻldirgan. Uning oʻlimidan keyin Ali xalifa deb eʼlon qilingan. Ammo bu qarordan norozi taraflar Aliga qarshi kurashishda davom etgan. Xususan, Talha va az-Zubayr kabi ayrim sahobalar hamda Muhammad paygʻambar bevasi Oysha tarafdorlari unga qarshi kurashgan. Usmonning qarindoshi, Suriya hokimi Muoviya I ham Aliga qarshi urush eʼlon qilgan. 657-yil Furot daryosi yaqinida sodir boʻlgan Siffin jangida Ali qoʻshinlari Muoviya qoʻshinlarini magʻlub qilgan, ammo u raqiblari bilan kelishishga rozi boʻlgan. Alining oʻng mingdan oshiq askari bu qarordan norozi boʻlib, jangni tark etgan va xorijiylar diniy-siyosiy oqimni tuzgan. 661-yil 19-yanvarda Ibn Muljam Alini yaralagan, xalifa ikki kun oʻtib vafot etgan.

Ali vafotidan keyin uning oʻgʻli Hasan ibn Ali tarafdorlari uni Iroqda xalifa deb eʼlon qilgan va Muoviya I hokimiyatiga qarshi kurashni yangitdan boshlashga daʼvat etgan. Ammo Hasan Muoviya I bilan muzokara olib borib, u bilan kelishgan, oʻziga inʼom etilgan katta mablagʻ hisobiga hokimiyatga daʼvo qilishdan voz kechgan. Shu bilan Birinchi fitna janglari oʻz yakuniga yetgan.

Shuningdek qarang[tahrir]

Manbalar[tahrir]

  1. P. J. Bearman, ed (2000). "Umayyads" (inglizcha). The Encyclopedia of Islam. X. LeidenNew York: E. J. Brill. 840-847 b.