Alixontoʻra Sogʻuniy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Alixonto`ra Sog`uniydan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search
Alixontoʻra Sogʻuniy

Alixontoʻra Shokirjon oʻgʻli 1885-yilning mart oyida Qirgʻiziston Respublikasining Toʻqmoq shahrida tavallud topgan.

Chor Russiyasi bilan kurashi[tahrir]

Chor ma'muriyatining yerli aholini mardikorlikka olish siyosatiga qarshi chiqqanligi uchun podsho maxfiy politsiyasi ta'qibida boʻldi. 1916-yili qoʻzgʻoloni shafqatsizlarcha bostirilgach siyosiy muhojir boʻlib Qashqar (Xitoy)ga ketdi, keyin Sharqiy Turkiston (G’ulja shahri)ga bordi. Omma orasida hurriyat gʻoyalarini targʻib qilganligi sababli 1937-yili Xitoy ma'murlari tomonidan hibsga olinib, umrbod qamoq jazosiga hukm etildi. 1941-yili adliyaviy taftish natijasida ozod qilindi. 1944-yil 12-noyabrda Sharqiy Turkiston jumhuriyati e'lon qilinib, Alixontoʻra Muvaqqat inqilobiy hukumat raisligiga saylandi. Milliy qoʻshin tashabbuskori boʻldi va unga qoʻmondon etib tayinlandi. 1946-yil iyunda shoʻro aygʻoqchilari tomonidan maxfiy ravishda tazyiq bilan Gʻuljadan olib chiqib ketilgan Alixontoʻra umrining oxirigacha Toshkentda yashadi.

Ahmad Donishning «Navodir-ul vaqoe», Darvish Ali Changiyning «Musiqa risolasi», shuningdek «Temur tuzuklari» kabi asarlarni tarjima qildi. Alixontoʻraning «Devoni Sogʻuniy» she'riy toʻplami, «Tarixi Muhammadiy», «Shifo ul-ilal» («Xastaliklar davosi») va b. asarlari bor. Alixontoʻra tarixiy me'morlik obidalari va qadimiy qoʻlyozmalarni saqlab qolishda jonkuyarlik qilgan. Toshkentdagi Shayx Zayniddin bobo qabristoniga dafn etilgan.

Uygʻur davlatiga koʻrsatgan hizmatlari[tahrir]

Oʻzbek imomlari
*Alixontoʻra Sogʻuniy *Shayh Ziyovuddin Boboxon *Abduvaliy Qori *Shayh Muhammad sodiq Muhammad Yusuf *Shayh Eshon Boboxon *Obidxon Qori Nazarov * Fozil Qori *Abdulaziz Qori * Xakimjon Qori * Rahmatullo Allomma *

Havolalar[tahrir]

  1. Oʻzbek imomlari
  2. Ziyo sayti
  3. [1]
  4. [2]