Aygʻoqchi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Ayg‘oqchi, ayg‘oq (oyg‘oq), ayqoq (turkiycha — guvoh, isbotlovchi, maxfiy xabar yetkazuvchi) — 1) biror shaxs yoki ijtimoiy guruhga qarshi yolg‘on-yashiq ran yoyuvchi, ig‘vo, tuhmat qilib kun kechiruv-chi past, razil shaxs; 2) turkiy xalqlarda kishilar o‘rtasida sodir bo‘lib turadigan janjallarni hal qilishda qatnashuvchi; bir yoki ikki guvohni ham A. deyishgan; 3) o‘rta asrlarda (14—17- a.lar) harbiy safar chog‘ida qo‘shin oldida boradigan razved-kachi kichik bir harbiy bo‘linma (yana q. Ayyor, Razvedka).Amir Temur zamonida A. (ayqoq, ayg‘oq) taftishchi ma’nosida ham qo‘llanilgani Nizomiddin Shomiyning "Zafarnoma"sida qayd etib o‘tilgan. Qo‘shin oldida boruvchi razvedkachi bo‘linma xabargiri deb ham atalgan.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil