Fidoiylar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Fidoiylar (arab. — biron maqsad yoʻlida oʻzini kurbon qilishga tayyor shaxs) — 1) oʻrta ayerlarda Eron, Suriya, Livandagi hashshoshiylar yashirin mayda tashkilotining aʼzolari; 2) Eron inqilobi davri (1907—11)da diniy zodagonlar, dehqonlar, ishchilar va kambagʻallardan tuzilgan koʻngilli qurolli otryad aʼzolari; 3) Eron Ozarbayjonida koʻtarilgan milliy demokratik harakat davri (1945—46)da tuzilgan mudofaa otryadlari aʼzolari. Keyinchalik ular xalq lashkarlariga aylantirilgan; 4) Jazoirdagi milliy ozodlik urushi (1954—62)da qatnashgan yashirin shaharlik aholi otryadlari; 5) Falastin qarshilik koʻrsatish xarakati qurolli partizan otryadlari aʼzolari.