Al-Xulafa masjidi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Masjid
Al-Xulafa masjidi
arabcha: جامع الخلفاء;
جامع القصر
Mamlakat  Iroq
Shahar Bagʻdod
Yoʻnalishi sunniy
Meʼmoriy uslub Abbosiylar meʼmorchiligi
Binokorlik 902908
Minoralar soni 1
Minoralar balandligi 34 metr (112 ft)
Holati amaldagi

Al-Xulafa masjidi (arabcha: جامع الخلفاء) Iroqning Bagʻdod shahrida joylashgan tarixiy sunniy islom masjididir. U shaharning al-Rusafa tumanidagi Jumhuriya koʻchasida joylashgan. Bu Bagʻdoddagi saqlanib qolgan eng qadimgi masjid hisoblanadi[1]. Masjid minorasi bilan birga 1960-yillarda Avqof vazirligi tomonidan toʻliq qayta taʼmirlanib, bugungi kungi holatiga keltirilgan[2].

Minora qurilishi Abbosiylar xalifaligi davriga borib taqaladi va 1200-yildan buyon faoliyat yuritadigan, Bagʻdodning eng baland nuqtasi boʻlgan. Shu sababli, masjid shaharning eng muhim islomiy va tarixiy yodgorliklaridan biri sifatida eʼtirof etiladi. Biroq, soʻnggi yillarda Iroq hukumatining eʼtiborsizligi tufayli masjid qulash ehtimoli kuchaygan[3].

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Abbosiylar davri va Abbosiylardan keyingi xalifalik yillari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Masjid minorasi 1911-yil. Bu masjidning saqlanib qolgan eng qadimgi qismi boʻlib, masjidning katta qismi 1258-yilda Bagʻdod qamalida vayron qilingan.

Masjid meʼmorchiligi Abbosiylar davriga xos boʻlib, 17- abbosiy xalifa al-Muktafiy (h. 902–908) va uning otasi Xalifa al-Mu’tadid tomonidan qurilgan keng qasr majmuasi uchun juma masjidi sifatida bunyod etilgan. Shu sababli, masjid koʻpincha al-Qasr masjidi deb ham ataladi (arabcha: جامع القصر) arabchada „saroy masjidi“ degan maʼnoni bildiradi. Keyinchalik masjid Xalifa masjidi deb nomlangan, bu esa hozirgi Al-Xulafa nomining paydo boʻlish sababini izohlaydi. Masjid oʻzining qadimiyligi tufayli Bagʻdod shahrining tarixiy diqqatga sazovor joylaridan biri hisoblanadi. Al-Xulafa masjidi Ibn Battuta 1327-yilda Bagʻdodga borgan vaqtida uning sayohatlari kitobiga alohida qayd etilgan. Masjid shunchalar koʻp urushlarni boshidan kechirganki, umumiy koʻrinishdan faqat asl minorasigina saqlanib qolgan qolgan[4][5].

Masjidning eng diqqatga sazovor joyi uning 34-metr (112 ft) lik minorasi boʻlib, u Abbosiylar davriga oid asl shaklini haligacha saqlab qolgan. Minora asl qurilishdan qolgan yagona qism hisoblanadi. U maydonning janubi-sharqiy burchagiga oʻrnatilgan boʻlib, gʻisht va ohakdan qurilgan. Minora va poydevori muqarnaslar bilan bezatilgan, minora hoshiyasi kufiy yozuvlari va islom geometrik naqshlari bilan bezaklangan[2]. James Silk Buckinghamning 1816-yildagi Bagʻdodga tashrifi chogʻida, al-Xulafa masjidiga ham tashrif buyurgan. U oʻz qaydlarida masjidning Souk al-Gʻazilda joylashganligi, masjid va minora qoldiqlarining „naqshlar“ bilan bezaklanganligini yozadi. Masjid aynan Souk al-Gʻazilda joylashganligi sababli Buckingham uni „Souk al-Gʻazil masjidi“ deb atagan. U sayohatlari haqida quyidagilarni taʼkidlagan:

Asl binoning fasadi zoʻravonlik natijasida vayron qilingan koʻrinadi. Hozirda minora va tashqi devorlarning kichik bir qismidan boshqa qoldiqlar saqlanmagan. Ulardan birinchisi qisqa, qalin, zalvordor ustun boʻlib, gʻishtdan qurilgan va Mousuldagi Ulugʻ masjid minorasida boʻlgani kabi rang-barang bezaklar biln turmaklangan[6].

Qayta tiklanishi va keyingi voqealar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Masjidning tashqi koʻrinishi 2014-yil

Minora 1960-yilda rekonstruksiya qilingan va masjidni qayta qurish va yirik loyihani amalga oshirish uchun arxitektor Muhammad Makiyani yollash maqsadida Avqof vazirligi yordam bergan. Loyiha 1964-yilda masjidning hozirgi koʻrinishini shakllantirib berish bilan yakunlandi va Muhammad 1981-yilda masjidni qayta tiklash boʻyicha oʻz takliflarini bayon etdi[2]. Biroq, bugungi kunda sunniy masjid va shia hukumati oʻrtasidagi mazhablararo tafovutdan kelib chiqqan holda, taʼmirlash ishlarining amalga oshirilmay qoʻyilganligi sababli uning qulash ehtimoliyuqori[7]. Minora qiyalab qolganligi tufayli masjid mahalliy aholi tomonidan al-Ahdob nomi bilan mashhur (arabcha: الأحدب) boʻlib, bu soʻz „bukri“ degan maʼnoni anglatadi[8].

Madaniyat vazirligi matbuot kotibi Ahmad al-Olayaviy masjid va uning minorasini taʼmirlash osonish emasligini, sababi bu joy qadimiyligi va Bagʻdoddagi tarixiy diqqatga sazovor manzilgoh hisoblanishi hamda shu uchun masjidni taʼmirlashining kechikayotganligi haqida xabar berdi. Ayni paytda Britaniya ekspertlar qoʻmitasi masjidni qayta tiklash boʻyicha oʻrganish ishlarini amalga oshirishmoqda[3]. Sunniy vaqf idorasi ham masjidni saqlab qolish maqsadida 2017-yilda YuNESKO bilan shartnoma tuzgan[9].

Masjidda imomlik va notiqlik lavozimlarini egallagan olimlar orasida shayx Jaloliddin Hanafiy ham bor, u bir necha oʻn yillar davomida masjid imomi boʻlgan va masjidni saqlash va Islom xattotligi bezaklari bilan boyitilishiga oʻz xissasini qoʻshgan[10]. Al-Hanafiy ham masjidga ovoz kuchaytirgichlar oʻrnatishga toʻsqinlik qilib, oʻrniga minbarda azon aytishni maʼqul koʻrgan. Bunday qarorga sababini, ovoz kuchaytirgichlarni musulmon boʻlmaganlar, bolalar, kasal va qariyalar bezovta qilishi bilan izohlagan. Odamlar namoz vaqtlarini radio va televizordan koʻra oladi deb hisoblagan. Al-Hanafiy yoshi va meʼmorchilika qiziqishi tufayli al-Xulafa masjidini juda yaxshi koʻrishi hammaga maʼlum edi. Bugungi kungacha masjid baʼzan al-Hanafiy nomi bilan ham ataladi, chunki shayx masjidda koʻp vaqt oʻtkazar edi[11].

Arxitekturasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Joriy joylashuvi va tuzilishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Masjidni restavratsiya qilishda meʼmor Muhammad Makiya masjid dizaynini imkon qadar Abbosiylar davridagi islom meʼmorchiligiga toʻgʻri kelishini xohlagan, chunki u bu masjidni ilgari hech qachon buzilmagandek eski holatiga qaytarish niyatida edi. Masjidning sakkiz qirrali shakldagi tepasida kufiy yozuvi bilan bezatilgan 14 metrli gumbazga ega nomozxonaga olib boradigan uchta darvozasi bor. Masjid minora rangiga mos kelishi uchun bir xil sargʻishish ranglarda boʻyalgan va masjid koʻplab islomiy va geometrik shakllar bilan bezatilgan[12].

Minorasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Masjidning eng muhim tarkibiy qismi Abbosiylar davriga oid minora boʻlib, masjidning eng yaxshi saqlanib qolgan qismi shu hisoblanadi. Uning balandligi taxminan 35 metr boʻlib, silindrsimon shaklga ega, minora poydevori mustahkamlikni ushlab turuvchi toʻrtta muqarnasdan iborat[12].

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. The Book of Mosques of Baghdad – written by Dr. Younis Al-Samarrai – Chapter One, Old Rusafa Mosques: The Mosque of the Caliphs – Page 22.
  2. 2,0 2,1 2,2 Khulafa Central Mosque. Archnet. Retrieved January 5, 2018.
  3. 3,0 3,1 الصالحي. „منارة جامع الخلفاء في بغداد مهددة بالانهيار.. والسلطات لا تعير اهتماما رغم مكانته التاريخية“ (ar). www.aljazeera.net. Qaraldi: 2023-yil 15-avgust.
  4. كتاب دليل خارطة بغداد المفصل – تأليف الدكتور مصطفى جواد والدكتور أحمد سوسة – مطبعة المجمع العلمي العراقي. 1958. p.125.
  5. „أمانة مجلس الوزراء تتحرك لانقاذ مئذنة أثرية من السقوط“ (en). شفق نيوز. Qaraldi: 2023-yil 15-avgust.
  6. Buckingham, James Silk. Travels in Mesopotamia (en). H. Colburn, 1827. 
  7. Why is Khulafa Mosqueʼs minaret on verge of collapse? Al Monitor. Retrieved January 5, 2018.
  8. „The Taj Mahal And The Golden Age Of Islam“. Ancient Engineering. Season 1. Episode 10 (English). 2021. Event occurs at 21:49. CuriosityStream.{{cite episode}}: CS1 maint: unrecognized language ()
  9. „مدير عام الدائرة الهندسية يتفقد مأذنة جامع الخلفاء - ديوان الوقف السني“ (2020-yil 10-yanvar). 2020-yil 10-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 16-avgust.
  10. دليل الجوامع والمساجد التراثية والأثرية – ديوان الوقف السني في العراق – صفحة 18، 19.
  11. „الگاردينيا - مجلة ثقافية عامة - جلال الدين الحنفي شيخ بغداد وعاشقها“. www.algardenia.com. Qaraldi: 2023-yil 15-sentyabr.
  12. 12,0 12,1 „جامع الخلفاء في بغداد تحفة معمارية لمحمد مكية - المشاهير“ (2020-yil 10-yanvar). 2020-yil 10-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 16-avgust.