Abdurahmon Benamadi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Abdurahmon Benamadi
Shaxsiy maʼlumotlari
Jinsi Erkak
Tavallud paytidagi ismi arabcha: عبد الرحمان بن حمادي
Fuqaroligi Jazoir bayrogʻi Jazoir
Tavallud sanasi 3-iyul 1985-yil (1985-07-03) (38 yosh)
Jazoir
Sport
Qaysi sport Dzudo
Sport mukofotlari
Jahon chepmionati
Kumush Qohira 2005 81kg gacha
Afrika oʻyinlari
Kumush Jazoir 2007 81kg gacha
Oltin Maputu 2011 81kg gacha
Oltin Brazzavil 2015 90kg gacha
Afrika chempionati
Bronza Port-Elizabet 2005 81kg gacha
Bronza Mavrikiy 2006 81kg gacha
Bronza Agadir 2008 81kg gacha
Oltin Dakar 2011 81kg gacha
Kumush Agadir 2012 90kg gacha
Kumush Port-Lui 2014 90kg gacha
Oltin Librevil 2015 90kg gacha
Oltin Tunis 2016 90kg gacha
Bronza Antananarivu 2017 90kg gacha
Oltin Tunis 2018 90kg gacha
Kumush Keyptaun 2019 90kg gacha
O'rta er dengizi o'yinlari
Bronza Almeriya 2005 81kg gacha
Bronza Mersin 2013 90kg gacha

Abdurahmon Benamadi (arb arabcha: عبد الرحمان بن حمادي 1985-yil 3-iyulda tugʻilgan, Jazoir) — jazoirlik dzyudochi, oʻrta va yarim oʻrta vazn toifasi vakili. 2005-yildan buyon Jazoir dzyudo terma jamoasida ishtirok etib keladi, Afrika chempioni, Butunafrika oʻyinlarining ikki karra chempioni, koʻplab milliy va xalqaro ahamiyatga molik turnirlar gʻolibi va sovrindori, Rio-de-Janeyrodagi yozgi Olimpiya oʻyinlari ishtirokchisi.

Tarjimai hol[tahrir | manbasini tahrirlash]

Abdurahmon Benamadi 1985-yil 3-iyulda Jazoirda tugʻilgan.

Abdurahmon Jazoir milliy terma jamoasining asosiy tarkibiga kirganida va Qohirada boʻlib oʻtgan Jahon chempionatiga tashrif buyurganda va 2005-yilgi mavsumda kattalar oʻrtasidagi xalqaro miqyosdagi birinchi jiddiy muvaffaqiyatiga, u yerdan yarim oʻrta vazn toifasida qoʻlga kiritilgan kumush mukofotni olib qaytganida erishdi.  Benamadi hal qiluvchi final uchrashuvida gollandiyalik Guillaume Elmontga imkoniyatni boy berib qoʻyadi. Bundan tashqari, bu mavsumda u Port-Elizabetdagi Afrika chempionati va Almeriadagi Oʻrta yer dengizi oʻyinlarida bronza medallarini qoʻlga kiritadi.

2006-yilda u Tunisdagi xalqaro turnirda gʻalabaga erishadi, Mavrikiydagi Afrika chempionatida bronza medaliga sazovor boʻladi.

2007-yilda Jazoirdagi Butunafrika uy oʻyinlarida yarim oʻrta vazn toifasida kumush medalni olishga erishadi.

2008-yilda Agadirda boʻlib oʻtgan Afrika chempionatida bronza medali sohibi boʻladi.

U 2009-yilda Rotterdamdagi jahon chempionatida ishtirok etdi va 1/16 final bosqichida jangni tark etadi.

2011-yilda Abdurahmon Dakardagi Afrika chempionati va Maputudagi Butun Afrika oʻyinlarida gʻalaba qozonadi, Dohadagi Panarab oʻyinlarida va Rio-de-Janeyrodagi Jahon harbiy oʻyinlarida bronza medalini qoʻlga kiritadi, Parijdagi jahon chempionatida 1/32da finalda u ukrainalik Vitaliy Dudchikka imkoniyatni boy beradi.

2012-yilda u Agadirdagi Afrika chempionatida qoʻlga kiritgan kumushni  medallar roʻyxatiga qoʻshib qoʻydi.

2013-yildan boshlab Mersindagi Oʻrta yer dengizi oʻyinlarida u oʻrta vazn toifasida ishtirok etgan, joriy mavsum bronza medalini qoʻlga kiritib Rio-de-Janeyrodagi jahon chempionatida ham boʻlgan.

Benamadi 2014-yilda Port-Luisdagi Afrika chempionatida kumush medal sovrindori va Chelyabinskdagi jahon chempionatida koʻrsatgan natijalari bilan e’tiborga tushdi.

2015-yilda Librevildagi Afrika chempionati va Brazzavildagi Afrika oʻyinlarida eng yaxshi dzyudochi boʻlgan, Port-Luis va Vullongongdagi jahon kubogi bosqichlarida gʻoliblar qatoridan joy oladi, Ostonada oʻtkazilgan jahon chempionatida esa 1/32 finalda magʻlubiyatga uchraydi.

Qator muvaffaqiyatli ishtiroklari tufayli u 2016-yilda Rio-de-Janeyrodagi yozgi Olimpiya oʻyinlarida mamlakat sharafini himoya qilish huquqini qoʻlga kiritadi. 90 kilogrammgacha boʻlgan vazn toifasidagi dastlabki bahsdayoq u oʻzbekistonlik Sherali Joʻrayevga imkoniyatni boy beradi va medallar uchun kurashishni darhol tark etadi.

Olimpiadadan keyin Benamadi Jazoirning dzyudo terma jamoasi tarkibida qoladi va yirik xalqaro turnirlarda ishtirok etishda davom etadi. Shunga koʻra, 2017-yilda u Antananarivoda boʻlib oʻtgan Afrika chempionatida bronza medal, Bokudagi Islom birdamlik oʻyinlarining kumush medali sovrindori boʻladi. Bundan tashqari, Abdurahmon Budapeshtdagi jahon chempionatida ishtirok etib va 1/16 finalda gruziyalik Ushangi Margiani tomonidan magʻlub etiladi.

U 2018-yilda u Tunisdagi Afrika chempionatida gʻolib chiqadi va Dakar va Yaundedagi jahon Kubogi bosqichlarida eng yaxshi dyuzdochisi boʻldi.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]