Kontent qismiga oʻtish

Agadir

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Agadir — Marokashdagi shahar, Atlantika okeani sohilidagi port. Agadir provinsiyasining maʼmuriy markazi. Aholisi 700 ming kishidan ortiq. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Baliq konserva va sement ishlab chiqarish va boshqa korxonalari bor. Dengiz boʻyi turizmi va istirohat markazi. Shaharga XVI asrda asos solingan. Agadir 1911-yilgi xalqaro nizo — Marokashda Germaniya bilan Fransiyaning raqobati tufayli kelib chiqqan voqealar bilan mashhur. 1960-yil zilzilada shahar qattiq shikastlangan.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil