Burka sulton
Burka sulton, Buruj oʻgʻlon, Burunj oʻgʻlon, Burish oʻgʻlon (?—1480) — Joʻjyuson avlodidan boʻlgan ulus sultoni. Burka sulton ulusi Sirdaryoning quyi oqimidagi yerlardan iborat boʻlgan. Abulxayrxon Dashti Qipchoqning sharqiy qismini boʻysundirish uchun olib borgan kurashi davri (1431—46)da Burka sulton unga itoat etishdan bosh tortgan. Abulxayrxon 15-asrning oʻrtalarida Joʻjixon avlodidan boʻlgan sultonlarning koʻpchiligini magʻlub etgach, Burka sulton ham unga boʻysunishga majbur boʻlgan, soʻng Burka sulton Katta Oʻrda xoni Ahmadxon (?—1481) yordamida Abulxayrxonning vafoti (1469)dan keyin taxtga oʻtirgan Haydarxonga qarshi urush ochib, uni tormor keltirgan. Abulgʻoziy Baxodirxonshpg yozishicha, Burka sulton 15-asrning 80-yilgacha oʻz ulusini mustaqil idora etib, Abulxayrxonning nabirasi Shayboniyxon tomonidan tunda toʻsatdan qilingan hujum vaqtida halok boʻlgan.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |