Abdulla Abdurahmonovich Qurbonov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Abdulla Abdurahmonovich Qurbonov (1925.23.2 — Yangiyoʻl tumani — 2004.28.7) — Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi. 1943-yil sentlan frontda. 282-gvar-diyachi oʻqchi polki (Dasht fronti 37-armiyaning 97-gvardiyachi oʻqchi diviziyasi) mergani. 1943-yil 30 sentabrdan 17 oktabrgacha Kirovograd viloyatining Onufriyevka tumanidagi Deriyevka qishlogʻi uchun boʻlgan jangda koʻrsatgan jasorati uchun Qahramon unvoni berilgan (1944.22.2[1]). 1944-yilda armiya safidan boʻshatilgan. Urushdan soʻng Niyozboshida yashagan va turli rahbarlik lavozimlarida ishlagan. Vafotidan soʻng oʻzi ishlagan maktabga nomi berilgan.




  1. Указ Президиума Верховного Совета СССР «О присвоении звания Героя Советского Союза офицерскому, сержантскому и рядовому составу Красной Армии» от 22 февраля 1944 года // Ведомости Верховного Совета Союза Советских Социалистических Республик : газета. — 1944. — 5 марта (№ 13 (273)). — С. 1