„1941-1945-yillardagi Ulugʻ Vatan urushidagi gʻalabaning 50 yilligi“ yubiley medali

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
„1941-1945 yillardagi Ulug' Vatan urushidagi g'alabaning 50 yilligi" yubiley medali
Mamlakat  Rossiya
 Ukraina
 Armaniston
 Belarus
 Qozogʻiston Oʻzbekiston[1]
 Ozarbayjon[2]
Turi esdalik medal
Kimga topshiriladi Ikkinchi jaxon urushi xizmati qatnashchilari
Holati qoʻllanilmaydi
Statistika
Koʻrsatkichlari

diametri-32mm

lenta kengligi-24mm
Taʼsis sanasi 1993-yil 7-iyul
Mukofotlash soni taxminan 19 500 000
Navbat
Toʻngʻich mukofot Ota-ona shon-sharafi ordeni
Kenja mukofot „1941-1945-yillardagi Ulugʻ Vatan urushidagi Gʻalabaning 60 yilligi“ yubiley medali

"1941-1945 yillardagi Ulugʻ Vatan urushidagi gʻalabaning 50 yilligi" yubiley medali — Roosiya Federatsiyasining 1993-yil 7-iyuldagi 5336-1-sonli qonuni bilan 1941-1945-yillardagi Ulugʻ Vatan urushidagi gʻalabaning 50 yilligiga bagʻishlab taʼsis etilgan[3]. Rossiya, Ukraina, Qozogʻiston va Belarus davlat mukofoti. Rossiya Federatsiyasi Prezidentining 2010-yil 7-sentyabrdagi 1099-sonli „Rossiya Federatsiyasining davlat mukofotlari tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida“gi Farmonidan keyin amaldagi davlat mukofotlari roʻyxatidan olib tashlangan[4].

Medal toʻgʻrisidagi nizom[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • SSSR Qurolli Kuchlari saflarida Ulugʻ Vatan urushi harbiy harakatlarida qatnashgan harbiy xizmatchilar va fuqarolar,SSSRning vaqtincha bosib olingan hududlarida Ulugʻ Vatan urushi yillarida faoliyat yuritgan partizanlar va yashirin tashkilotlarning aʼzolari,Ulugʻ Vatan urushi davrida SSSR Qurolli Kuchlarida xizmat qilgan harbiy xizmatchilar va fuqarolar, [["1941-1945-yillardagi Ulugʻ Vatan urushida Germaniya ustidan qozonilgan gʻalaba uchun" medallar bilan taqdirlangan shaxslar shuningdek „Yaponiya ustidan qozonilgan gʻalaba uchun“, „1941-1945 yillardagi Ulugʻ Vatan urushida Germaniya ustidan qozonilgan gʻalaba uchun“ medali uchun sertifikatga ega boʻlgan shaxslar.

Medalning tavsifi[tahrir | manbasini tahrirlash]

„1941-1945 yillardagi Ulugʻ Vatan urushidagi gʻalabaning 50 yilligi“ yubiley medali dumaloq, diametri 32 mm, tombakdan qilingan . Medalning old tomonida Kreml devori,Spasskaya minorasi,Avliyo Bazil sobri va bayramona otashinlar tasviri, medalning quyi qismida „Vatan urishi“ ordeni bilan dafna novdalari tasvirlangan.Medal tasvirining orqa tomonida  „1941-1945-yillardagi Ulug‘ Vatan urushidagi G‘alabaga 50 yil“, chap tomonida „1945“ oʻng tomonda „1995“ yozuvlari yozilgan.Quyi qismida „1941-1945 yillardagi Ulug‘ Vatan urushidagi G‘alabaga 50 yil“ yozuvni dafna novdalari medal aylansi boʻylab quyidan yarimigacha oʻrab turadi.Medaldagi barcha yozuvlar va tasvirlar qavariq qilib tasvirlangan.

Medal beshburchak blok bilan bogʻlangan boʻlib, eni 24 mm boʻlgan qizil ipak tasmasi bilan qoplangan.Lentaning chap chetida beshta chiziq bor: uchta qora va ikkita toʻq sariq.Chiziq #kengligi 2 mm, qora chiziqlar kengligi 1 mm boʻlgan toʻq sariq rangli chiziqlar bilan chegaralangan.

Sohiblari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Rossiya Federatsiyasi

  1. Ikkinchi Jahon urushi uchuvchisi Sovet Ittifoqi Qahramoni katta leytenant Anna Yegorova
  2. Armiya generali Anatoliy Kornukov
  3. Ikkinchi Jahon urushi artilleriya ofitseri polkovnik Ivan Fedorovich Ladyga
  4. Ikkinchi jahon urushi piyoda askarlari ofitseri va yozuvchi Vasil Bykay
  5. Stalingrad faxriysi, aktyor va rejissyor Yuriy Petrovich Lyubimov
  6. Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, pianinochi va bastakor Tixon Nikolaevich Xrennikov
  7. Sovet Ittifoqi marshali Vasiliy Ivanovich Petrov
  8. Xalq qoʻshiqchisi Lyudmila Georgievna Zykina
  9. Siyosatchi Vladimir Ivanovich Dolgix

Chet el fuqarolari

  1. Polsha generali va prezidenti Voytsex Yaruzelski
  2. Britaniya qirollik dengiz floti boshligʻi kichik ofitser Uilyam Frederik „Bill“ Stoun
  3. Amerika qoʻmondoni Robert Trimble, Poltava aviabazasi 1945 yil

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Zakon Rossiyskoy Federatsii ot 7 iyulya 1993 g. № 5336-I "Ob uchrejdenii yubileynoy medali „50 let Pobedi v Velikoy Otechestvennoy voyne 1941—1945 gg.“" // Rossiyskaya gazeta. — 10 avgusta 1993.
  • Yubileynaya medal „50 let Pobedi v Velikoy Otechestvennoy voyne 1941—1945 gg.“ (nedostupnaya ssilka). Gosudarstvennie nagradi Respubliki Belarus. Data obrasheniya: 12 dekabrya 2009. Arxivirovano 3 yanvarya 2011 goda.
  • Ukaz prezidenta Ukraini № 339/95. Pro nagorodjennya yuvіleynoyu medallyu „50 let Pobedi v Velikoy Otechestvennoy voyne 1941—1945 gg.“ (ukr.)
  • Ukaz prezidenta Ukraini № 266/95. Pro poryadok vruchennya yuvіleynoi medalі „50 let Pobedi v Velikoy Otechestvennoy voyne 1941—1945 gg.“ (ukr.)
  • Reshenie o Polojenii o yubileynoy medali „50 let Pobedi v Velikoy Otechestvennoy voyne 1941-1945 gg.“, eyo opisanii i poryadke finansirovaniya rasxodov na eyo izgotovlenie (prinyato na zasedanii Soveta glav gosudarstv SNG 24 dekabrya 1993 goda v Ashxabade).

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Izotova M. A., Tsaryova T. B. Ordena i medali Rossii i SSSR. — Rostov-na-Donu: OOO ID „Valdis“, 2010. — S. 631—634. — 736 s. — ISBN 978-5-9567-0960-3.