Abdulla Aʼzamov

Ushbu maqola xushsifat maqolalar sarasiga kiradi.
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Abdulla Aʼzamovich Aʼzamov
Tavalludi 1947-yil 21-aprel
Andijon viloyati, Baliqchi tumani, Oʻzbekiston SSR
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSROʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Kasbi fizika va matematika oʻqituvchisi
Ish joylari Namangan davlat universitetiga rektor (1993)
Oʻzbekiston Milliy universiteti va Moskva davlat universitetining Toshkent filiali
Tafakkur jurnali bosh muharririning oʻrinbosari (19992000)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezident devonida masʼul xodim (20002011)
Institutlar Oʻzbekiston Milliy universiteti
Taʼlimi Toshkent davlat universiteti
Moskva davlat universiteti
Ilmiy darajasi Dotsent, professor
Mukofotlari

Oʻzbekiston fan arbobi

Mehnat shuhrati ordeni

Abdulla Aʼzamovich Aʼzamov (1947-yil 21-aprel, Baliqchi tumani, Andijon viloyati, Oʻzbekiston SSR) — sovet va oʻzbek fizika-matematika fanlari doktori (1987)[1], professor, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi aʼzosi (2013)[2], Oʻzbekiston matematiklari jamiyati prezidenti (2013), TWMS (Turkiy xalqlar matematiklar jamiyati) vitse-prezidenti (2017)[3]. „Xalq taʼlimi aʼlochisi“ koʻkrak nishoni, Xalqaro Bobur mukofoti (2015), „Mehnat shuhrati“ ordeni (2016) va „Oʻzbekiston Respublikasi fan arbobi“ faxriy unvoni sohibi[4].

1973-yildan respublika matematika olimpiadasi hakamlar hay’ati aʼzosi, 1989–1991-yillarda Sobiq ittifoq matematika olimpiadasi hakamlar hay’ati aʼzosi. 1974-yil Toshkent davlat universiteti Matematika fakulteti kengashida nomzodlik, 1987-yilda Sankt-Peterburg davlat universitetining Matematika-mexanika fakulteti maxsus kengashida doktorlik dissertatsiyalari yoqlagan. Aʼzamovga 1981-yili dotsent va 1989-yili professor unvoni berilgan[5].

2013-yildan Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi. 2017-yildan Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining akademigi[⇨]. 1972–1975-yillarda „O‘zbek sovet ensiklopediyasi“ bosh tahririyatida yetakchi muharrir, 1999–2000-yillarda „Tafakkur“ jurnali bosh muharririning oʻrinbosari va 2000–2011-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezident devonida masʼul xodim sifatida faoliyat yuritgan[⇨].

Tarjimayi holi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Abdulla Aʼzamov 1947-yil 21-aprelda Andijon viloyatining Baliqchi tumanida tavallud topgan[5]. Millati oʻzbek. 1953–1964-yillarda u oʻzi tugʻilib oʻsgan tumandagi 1-sonli oʻrta maktabda tahsil olgan. 1963-yilda „Yosh leninchi“ gazetasi tomonidan uyushtirilgan sirtqi olimpiadada qatnashgan. 1964-yilda oʻrta maktabni oltin medal bilan tamomlagan va Toshkent davlat universiteti (hozirgi Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti)ning Mexanika-matematika fakultetiga oʻqishga kirgan. 1966-yili bir guruh talabalar bilan oʻqishni davom ettirish uchun M. V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetiga yuborilgan. 1970-yilda oʻqishni tamomlagan[3].

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Abdulla Aʼzamov 1971–1972-oʻquv yilidan boshlab differensial tenglamalar fanidan maʼruza oʻqigan[5]. 1972–1975-yillarda (oʻrindoshlik asosida) „O‘zbek sovet ensiklopediyasi“ bosh tahririyatida yetakchi muharrir lavozimida ishlagan. 1973-yildan Oʻzbekiston SSR matematika olimpiadasi hakamlar hay’ati aʼzosi, 1989–1991-yillarda Sobiq ittifoq matematika olimpiadasi hakamlar hay’ati aʼzosi boʻlgan[5]. U Toshkent davlat universitetining Matematik analiz kafedrasiga assistent lavozimiga qabul qilgan, 1980–1993-yillarda Differensial tenglamalar kafedrasida dotsent, professor va kafedra mudiri boʻlib ishlagan. 1992–1993-yillarda Matematika fakultetiga dekan etib tayinlangan. Aʼzamov 1993-yilda Namangan davlat universitetiga rektor etib tayinlandi. 1998–1999-yillarda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus va kasb-hunar taʼlimi markazida boʻlim boshligʻi, 1999–2000-yillarda „Tafakkur“ jurnali bosh muharririning oʻrinbosari, 2000–2011-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezident devonida masʼul xodim sifatida faoliyat yuritgan[3].

1974-yil Toshkent davlat universiteti Matematika fakulteti kengashida nomzodlik, 1987-yilda Sankt-Peterburg davlat universitetining Matematika-mexanika fakulteti maxsus kengashida doktorlik dissertatsiyalari yoqlagan. Unga 1981-yil dotsent, 1989-yili professor unvoni berilgan. Uning „Munojatnoma“ asari Alisher Navoiy gʻazallarining ilmiy-tarixiy tahliliga bagʻishlangan. U Namangan davlat universitetiga rektor boʻlgan davrida „Usmon Nosir qayerda?“ pyesasini yozadi va asar viloyat teatrida qoʻyiladi[5]. Namangan dorilfununiga rahbarlik qilib yurgan yillarida (19931997)[3][6].

Aʼzamov Oʻzbekiston Milliy universiteti va Moskva davlat universitetining Toshkent filialida maʼruzalar oʻqigan. 2013-yildan Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi va 2013-yil Oʻzbekiston matematika jamiyatining raisi etib saylangan[3]. Turkiy xalqlar matematiklar jamiyati vitse-prezidenti (2017) hamda 2017-yildan Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining akademigi hisoblanadi[7].

Oilasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Abdulla Aʼzamovning 2 ta oʻgʻli va 1 ta qizi bor[5].

Kitoblari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ilmiy maqolalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mukofotlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Abdulla A'zamov National University of Uzbekistan · Department of Applied Mathematics. Doctor of Physical-Mathematical Sciences“ (researchgate.net). Qaraldi: 6-oktyabr 2023-yil.
  2. „Abdulla Aʼzamov. Институт математики Академии Наук Республики Узбекистан“ (scholar.google). Qaraldi: 6-oktyabr 2023-yil.
  3. 3,0 3,1 3,2 3,3 3,4 Ummatov R 2022, s. 38.
  4. 4,0 4,1 „O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni“ (uza.uz). 10-oktyabr 2023-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 19-oktyabr 2023-yil.
  5. 5,0 5,1 5,2 5,3 5,4 5,5 „Abdulla Aʼzamov“ (uz) (mathnet.uz). Qaraldi: 6-oktyabr 2023-yil.
  6. „O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 28.02.1992-yildagi PF-356-son“ (lex.uz). 25-oktyabr 2023-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 25-oktyabr 2023-yil.
  7. „O'zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi“ (academy.uz). Qaraldi: 26-iyun 2023-yil.
  8. „Abdulla A’zamovich A’zamov kitobi“ (kitobxon.com). Qaraldi: 9-oktyabr 2023-yil.
  9. „Абдулла Аъзамович Аъзамов: Тақвим жадвали. Ҳижрий ва милодий тақвимларда саналарни кунма-кун ўгириш жадваллари.“ (olcha.uz). Qaraldi: 9-oktyabr 2023-yil.
  10. „Differential Equations and Dynamical Systems: 2 USUZCAMP, Urgench, Uzbekistan, August 8–12, 2017“ (en) (amazon.in). Qaraldi: 19-oktyabr 2023-yil.
  11. „“Existence and uniqueness theorems for the Pfaff equation with continuous coefficients”“. Qaraldi: 10-oktyabr 2023-yil.
  12. „“An existence theorem and an approximate solution method for the Pfaff equation with continuous coefficients“. Qaraldi: 10-oktyabr 2023-yil.
  13. „“A pursuit-evasion differential game with slow pursuers on the edge graph of simplexes.“. Qaraldi: 10-oktyabr 2023-yil.
  14. „“Four-dimensional brusselator model with periodical solution”“. Qaraldi: 10-oktyabr 2023-yil.
  15. „The pursuit-evasion game on the 1-skeleton graph of the regular polyhedron“ (scholar.google). Qaraldi: 25-oktyabr 2023-yil.
  16. „Ўзбекистон Республикаси мустақиллигининг ўттиз икки йиллиги муносабати билан фан, таълим, соғлиқни сақлаш, адабиёт, маданият, санъат соҳалари ва оммавий ахборот воситалари ходимларидан бир гуруҳини мукофотлаш тўғрисида“ (26-avgust 2023-yil).

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Ummatov R. Gʻaznai Namangon/ Ensiklopediya (3-jildli) 1-kitob/ Oltin odamlar. Toshkent: „Sharq“, 2022 — 448 bet. ISBN 978-9943-8832-1-4. 

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]