M. V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining Toshkent filiali

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Toshkent shahridagi M. V. Lomonosov nomidagi Moskva Davlat Universiteti filiali binosi

Toshkent shahridagi M. V. Lomonosov nomidagi Moskva Davlat Universiteti filiali tarkibiy boʻlinmasi xisoblanadi.

Manzil[tahrir]

M. V. Lomonosov nomidagi Moskva Davlat Universitetining Toshkent shahridagi filiali Toshkent shahri Amir Temur shoh ko`chasi 22 uyda joylashgan.

Tarix[tahrir]

Filial Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 24 fevraldagi «M. V. Lomonosov nomidagi Moskva Davlat universitetining Toshkent shahridagi filiali faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida»gi PQ-290 sonli qarori asosida tashkil etilgan[1].

Filial Toshkent shahrida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. A. Karimovning 2006 yil 24 fevraldagi qarori asosida tashkil etilgan[1][2]. Unga koʻra, qurilishi davom etayotgan binolar majmuasi ajratildi Toshkent avtomobil yo'llarini loyihalash qurish va ekspluatatsiyasi instituti qoshidagi akademik litseyi joylashtirilishi kerak bo'lgan joyda[3].

Tarkibi[tahrir]

Filial ishining moliyalashtirishi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetining mablagʻlari hisobidan Respublika oliy taʼlim tizimiga ajratiladigan grantlar shaklida va toʻlov-kontrakt asosida tahsil olayotgan talabalar tomonidan toʻlovlar shaklida amalga oshiriladi.

Hozirgi kunda Filial rahbari lavozimida fizika-matematika fanlari doktori, professor V. B. Kudryavtsev (Moskva), rahbar o`ribosarlari – V. A. Nosov (Moskva), T. Y. Bazarov (Moskva). Ijrochi direktor – E. M. Saydamatov, director o`rinbosarlari – T.O. Qarshiyev, A. B. Mamanazarov, Sh. Sh. Mirzayev[4].

Hozirgi kunda filialda bakalavrlar va magistrlar uchun ikkita fakultet faoliyat koʻrsatadi: «Psixologiya», «Amaliy matematika va informatika».

Taʼlim[tahrir]

Filialda abiturientlar quyidagi imtihonlar asosida qabul qilinadi: Psixologiya fakulteti uchun yozma imtihonlar — matematika, rus tili, biologiya fanlaridan; Amaliy Matematika va informatika fakulteti uchun yozma imtihonlar — matematika, rus tili, informatika fanlaridan). .

2011 yilda Psixologiya fakultetida oʻqish 5 yil davom etgan (mutaxassis), hozirgi kunda har ikki fakultetlarda o'qish muddati: bakalavrlar uchun — 4 yil va magistrlar uchun — 2 yil. 2017 yildan boshlab har bir fakultetda bakalavrlar uchun 20 ta byudjet va 30 ta to'lov-kontrakt asosida, magistrlar uchun har bir fakultetda 4 ta byudjet va 6 ta to'lov shartnoma asosida o'qish tashkil etilgan[5].

Dars mashgʻulotlari Oʻzbekiston va Rossiya Federatsiyasi professor-oʻqituvchilari tomonidan rus tilida olib boriladi. Dars mashgʻulotlarini oʻtkazish uchun har yili Moskvadan professor-oʻqituvchilar filialga yuboriladi. Bosh universitetning mutahassislari — professor-oʻqituvchilari bakalavlik diplomlari va magistrlik dissertatsiyalarining ilmiy rahbarlari sifatida faoliyat yuritadilar[6].

Bitiruvchilarga belgilangan namunadagi MDU diplomi beriladi.

Talabalar[tahrir]

2018 yilga kelib filialda 434 nafar talaba tahsil olmoqda, ulardan 397 nafari bakalavriatda va 37 nafari magistraturada. Magistrantlarning 90% filial bakalavriati bitiruvchilari hisoblanadi[6].

Filial talabalari (T. Sitdikov, B. Soliev, A. Bistrigova, trener — B. Ashirmatov) 2014 yilda dasturlash boʻyicha Xalqaro talabalar olimpiadasining yakuniy bosqichida ishtirok etdi. Ular 122 ta jamoa ishtirokchidan fahrli 37-oʻrinni egallagan[7][8].

Filial talabalari orasida xalqaro sport musobaqalarining sovrindorlari ham bo'lgan — Farangis Alieva (MDH kubogi — ITF Jahon kubogi taekvondo boʻyicha 1-o'ringa sazavor bo'lgan)[6][9].

Boʻlim bitiruvchilari[tahrir]

2019 yilga qadar ta'lim muassasasini 600 dan ortiq mutaxassislar bitirgan. Bitiruvchilarning baʼzilari oʻqishni Moskva davlat universitetining aspiranturasida davom ettirdilar va fan nomzodlari darajasini olish uchun dissertatsiyani himoya qildilar[6].

Filial bitiruvchilari O'zbekistonning turli vazirliklarida (Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim, Xalq taʼlim, Maktabgacha taʼlim), Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Matematika instituti, «Oila» ilmiy-amaliy tadqiqotlar markazi, «Lukoil» kompaniyasi, Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston milliy universiteti, Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi, Sen yolg'iz emassan jamoatchilik bolalar jamgʻarmasi, Oʻzbekiston Psixologlari assotsiatsiyasi, Oʻzbekiston gimnastika federatsiyasi kabi turli sohalarda ishlaydi[6].

Ilmiy ishlar[tahrir]

2018 yil 28-sentabr kuni filialda Oʻzbekistondagi psixologiyaning dolzarb muammolari Respublika ilmiy-amaliy anjuman oʻtkazildi[6].

Manbalar[tahrir]

  1. 1,0 1,1 Постановление Президента Республики Узбекистан «Об организации деятельности филиала Московского государственного университета имени М. В. Ломоносова в г. Ташкенте» от 24 февраля 2006 года № ПП-290
  2. "Президент Узбекистана принял участие в открытии филиала МГУ имени М. Ломоносова в Ташкенте". ИА REGNUM. 2006-08-31. https://regnum.ru/news/polit/697147.html. 
  3. Постановление Кабинета Министров Республики Узбекистан «О завершении строительства здания филиала Московского государственного университета имени М.В. Ломоносова в г. Ташкенте» от 9 марта 2006 года № 39
  4. Руководство филиала. Msu.uz. 2017-09-03.
  5. Постановление Кабинета Министров Республики Узбекистан «О приеме в Филиал Московского государственного университета имени М. В. Ломоносова в городе Ташкенте» от 31 мая 2017 года № 325
  6. 6,0 6,1 6,2 6,3 6,4 6,5 Рамиль Исламов. Дипломы с Воробьёвых гор // Правда Востока, 2018-10-18, № 201 (28912). B. 2
  7. Студенческая команда программистов из Узбекистана заняла 37 место среди 122 команд из 41 страны на чемпионате мира по программированию. Infocom.uz (2014-06-25). 2019-02-09.
  8. Команда из Узбекистана вышла в финал мирового чемпионата по программированию ACM ICPC. Infocom.uz (2013-12-09). 2019-02-09.
  9. Таэквондо: Команда Узбекистана завоевала 17 золотых медалей. Sports.uz (2016-12-05). 2019-02-09.