Turkiston (gazeta)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

"TURKISTON" — ijtimoiysiyosiy gazeta. Muasssisi: Oʻzbekiston Respublikasi "Kamolot" yoshlar ijtimoiy qarakati. 1soni 1925-yil 8 fevralda "Kizil Oʻzbekiston" gaz.ning 51soniga ilova tarzida chop etilgan. 1925-yil 18 apreldan "Yosh leninchi" nomi bilan Oʻzbekiston L KSM tashkilot byurosining organi sifatida haftada 1 marta (8000 nusxada) mustaqil chiqa boshlagan. 1992-yil 1 yanvardan hozirgi nomda. 1929—35 yillar nomuntazam, 1936—66 yillarda haftasiga 3 martadan chiqqan. Gaz. 1929—30 yillarda Samarqandda nashr etilgan. "T." ning gaz. sifatida shakllanishida tashkilotchilardan Vladimir Glazkov, Ergash Bayxonboyev, qalamkashlar Komiljon Alimov, Ayub Aʼzamov, Ziyo Sayd, Abdusalom Niyozov xamda oʻzbek erlar bilim yurtining talabalari va boshqa ijodkorlarning hissasi katta boʻlgan. Sahifalarida oʻzbek adabiyotining taniqli namoyandalari Gʻafur Gʻulom, Mirtemir, Gʻayratiy, Yashin, Uygʻun, Hamid Olimjon, Ziyo Sayd, Nazir Safarov, Oydin, Anqaboy va boshqalarning sheʼr, hikoyalari tez-tez chiqib turgan.

Ikkinchi jahon urushi yillarida gaz.ning chiqishi vaqtincha toʻxtatilgan. 1946-yildan yana nashr etila boshlagan. "T."ga turli davrlarda Bois Koriyev (Oltoy), Akmal Poʻlat, Sotvoldi Yoʻldoshev, Gʻani Jahongirov, Abdulazal Vahobov, Rustam Shogʻulomov, Jabbor Razzoqov, Gʻaffor Hotamov, Abduqodir Niyozov va boshqa muharrirlik qilishgan. Gaz.da Oʻzbekiston yoshlari bilan bogʻliq muammolar va ular erishgan yutuklar haqida maqolalar berib boriladi. 2003-yil iyunda "T." va "Molodyoj Uzbekistana" gaz.larining birlashgan taxririyati yuzaga kelgan. Adadi 17000 (2004).