5-Minute Crafts

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
5-Minute Crafts
YouTube maʼlumoti
Kanal
Yaratuvchi TheSoul Publishing
Faoliyat yillari 2016–hozirgacha
Janr
Obunachilar 80.1 million
Jami koʻrishlar 26.2 milliard
100 000 ta obunachi 2017
1 000 000 ta obunachi 2017
10 000 000 ta obunachi 2017
50 000 000 ta obunachi 2019
Yangilangan 7-yanvar, 2023-yil

5-Minute Crafts — bu TheSoul Publishing kompaniyasiga tegishli, asosan, DIY uslubidagi videolar yuklaydigan YouTube kanal[1][2][3]. 2022-yil noyabr holatiga koʻra, 5-Minute Crafts youtubedagi 13-eng koʻp obunachiga ega sahifa[4]. Kanal Facebookda ham obunachilar soni boʻyicha 5-oʻrinni egallab turibdi. Sahifa Kipr Respublikasining Limasol shahridan turib yuritiladi.

Video formati[tahrir | manbasini tahrirlash]

5-Minute Craftsning YouTubedagi videolari avval Instagram yoki Facebookda joylangan videolar jamlanmasidir[5][6].

Kanal mazmuni asosan hunarmandchilik va life hackga oid videolardan iborat boʻlib, how-to formatida va vaqti-vaqti bilan ilmiy tajribalardan iborat. Kanal videolarida kamera obyektlar joylashgan stolga qaratiladi va kadrda faqat odamning qoʻllari paydo boʻladi va bu obyektlar yordamida kontent yaratiladi[7].

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

TheSoul Publishing rossiyalik tadbirkorlar Pavel Radayev va Marat Muxametov tomonidan tashkil etilgan boʻlib, 5-Minute Craftsdan oldin AdMeni ishga tushirgan va ijtimoiy media kontentini yaratish boʻyicha tajribaga ega jamoa edi[2][8]. 2017-yil mart oyida Bright Side nomi ostida YouTube kanal ochdi[9][10]. 5-Minute Crafts esa 2016-yil 15-noyabrda TheSoul Publishing tomonidan YouTube platformasida roʻyxatdan oʻtkazildi[11].

Ertasi kuni kanalning birinchi „5 essential DIY hacks that you need to know“ nomli videosi yuklandi[12].

2017-yilda kanal obunachilari va videolarda koʻrishlar soni tez surʼatda oʻsishni boshladi. Mic media kompaniyasi tomonidan 2017-yil iyun oyida chop etilgan maqolada 5-Minute Crafts 4 milliondan ortiq obunachi toʻplagani qayd etilgan[13].

2017-yilning oktyabr oyidan boshlab 5-Minute Crafts global hisoblangan arab, nemis, ispan, fransuz, portugal, yapon, xitoy, niderland, italyan, rus va koreys tillarida videolar chiqarishdi boshladi.

2018-yil aprel oyida Tubefilter YouTubeda bahorgi tozalikni oʻz ichiga olgan videolarga oid trendni yoritib, 5-Minute Crafts ishtirokiga alohida toʻxtatilib oʻtdi[14].

Noyabr oyiga kelib, Vox 5-Minute Crafts oʻsha paytdagi 10 milliarddan ortiq video koʻrishlar va 40 million obunachi bilan YouTubedagi eng koʻp obunachiga ega beshinchi kanal sifatidagi reytingini taʼkidlab, „juda muvaffaqiyatli kanal“ deya taʼrifladi[2].

Kanal muvaffaqqiyatiga 2018-yil dekabr oyida bir hafta davomida videolari 238 milliondan ortiq koʻrilgani ham asos boʻla oladi[1].

2020-yil may oyida 5-Minute Crafts Pinterest da oʻzining birinchi ingliz tilidagi kanalini ochdi[15].

2020-yil iyul oyida 5-Minute Crafts Mattel bilan birga baʼzi kompaniyalar uchun hamkorlikda videolar oldi[16].

2021-yil noyabr oyida kanal YouTubeda oʻzining 5 yilligini nishonlayotganida kanalda 1,7 milliard soatdan ortiq tomosha va 21 milliard koʻrishlar soniga erishgan edi[17].

2021-yil 18-noyabrida Variety 5-minute Crafts oilasi YouTube Shorts boʻyicha 433 millionga yaqin koʻrishlar soni bilan eng yuqori kanal ekanligini izohladi[18].

2022-yil yanvar holatiga koʻra, kanal 75,4 million obunachiga ega boʻlib, YouTube tomonidan boshqarilmaydigan eng koʻp obunachiga ega boʻlgan oʻn birinchi kanal hisoblanadi[4].

DIY yoʻnalishiga koʻproq eʼtibor qaratgan holda, 5-Minute Crafts oʻz videolarini Pinterestda tarqatish uchun moslashtira boshladi. Faoliyatini ingliz, ispan va portugal tillarida yaratishdan boshlagan 5-Minute Craftsning Pinterest bilan qilgan bu hamkorligi The Drum Awards for the Digital Industries 2021 tomonidan eʼtirof etildi va „Best use of Pinterest“ mukofotiga sazovor boʻldi[19].

Tanqid[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kanal noodatiy va potentsial xavfli life hacklari hamda klikbeytdan faol foydalanishi sababli tanqidga uchradi[2][20][21][22]. Vox 5-Minute Crafts-ni „gʻalati“ deb ta’riflab, uning videolarini „hech kim takrorlay olmaydigan yoki takrorlamasligi kerak boʻlgan DIY videolar“ deb ta’rifladi va kanalning klikbeytdan koʻp foydalanayotganini tanqid qildi[2].

Mashable kanal videolarini „bemaʼni“ va ehtimol trollingning bir koʻrinishi deb taʼriflab, tuxumni sirkaga botirgandan soʻng chinor siropi uni „avvalgidan kattaroq“ qilishini koʻrsatadigan videoni ajratib koʻrsatdi[20].

BBCning Click nashri 5-Minute Craftsni „fake kitchen hacks“ videosi uchun tanqid qildi: videoda makkajoʻxori mikrotoʻlqinli pechda pishirilganda popkorn ishlab chiqargan videodagidek emas, balki boshoq faqat isitilganini aytgan edi[21].

How to Cook That YouTube kanali yurutuvchisi Ann Reardon 5-Minute Craftsni klikbeyt retsept kanallar roʻyhatiga qoʻshib, „pishirish olamining soxta yangiliklari“ deb taʼriflagan va kanaldagi bir nechta videolarini tekshirgan. Xususan, u „oq qulupnay“ hosil qilish uchun qulupnayni oqartiruvchi moddaga namlangani tasvirlangan videoni tanqid qilib, bunday qulpnayni yeyishi xavfli boʻlishini aytgan[21]. Bunday tanqidlardan soʻng kanal bu mazmundagi videolar ishlashni toʻxtatgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 Cohen, Joshua „Top 50 Most Viewed YouTube Channels Worldwide • Week Of 12/9/2018“. Tubefilter (12-dekabr 2018-yil). 23-mart 2019-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 23-mart 2019-yil.
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 2,4 Jennings, Rebecca „YouTube is full of cringey, clickbait DIY channels. They're even weirder than you think.“. Vox (12-noyabr 2018-yil). 2-sentyabr 2019-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 23-mart 2019-yil.
  3. „Privacy Policy“. Bright Side. TheSoul Publishing. 5-noyabr 2019-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 24-mart 2019-yil.
  4. 4,0 4,1 „Top 100 YouTube Channels sorted by Subscribers“. Social Blade. 24-may 2019-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 4-dekabr 2020-yil.
  5. Sarmmah, Surupasree „'Life hack' videos gain in popularity among youth“. Deccan Herald (1-aprel 2018-yil). 23-mart 2019-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 23-mart 2019-yil.
  6. Decaille, Nia. „These 'how to' videos on YouTube won't teach you how to be a better adult. But they're not supposed to.“ (21-mart 2019-yil). Qaraldi: 23-mart 2019-yil.
  7. Horwitz, Jeff. „Why Life Hack Videos Seem Too Good to Be True. (They Are)“ (en-US). Wall Street Journal (9-oktyabr 2019-yil). Qaraldi: 7-dekabr 2020-yil.
  8. Агаджанов, Максим „Создатели AdMe.ru запускают англоязычный проект“ (ru). Хабр (1-iyul 2015-yil). 7-aprel 2022-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 5-iyun 2020-yil.
  9. Kaplan. „The Biggest Social Media Operation You've Never Heard of Is Run Out of Cyprus by Russians“. Lawfare (18-dekabr 2019-yil). 8-sentyabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 28-dekabr 2019-yil.
  10. Jennings. „Why YouTube is riddled with bizarre DIY videos“. Vox (12-noyabr 2018-yil). 2-sentyabr 2019-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 28-dekabr 2019-yil.
  11. „5-Minute Crafts – YouTube about page“. 5-Minute Crafts. YouTube. 30-may 2019-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 23-mart 2019-yil.
  12. „5-Minute Crafts First Video Ever“. Youtuber Magazine (22-aprel 2018-yil). 7-aprel 2022-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 27-aprel 2020-yil.
  13. Wile, Rob „9 smart things to buy as an investment in your future“. Mic (29-iyun 2017-yil). 7-aprel 2022-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 23-mart 2019-yil.
  14. Klein, Jessica „"Clean With Me" Videos Peak On YouTube Ahead Of Springtime“. Tubefilter (11-aprel 2018-yil). 6-oktyabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 23-mart 2019-yil.
  15. „Building successful multi-channel social media strategies during COVID-19 -“ (en-US) (11-iyun 2020-yil). 15-dekabr 2020-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 6-sentyabr 2020-yil.
  16. „Barbie Shows Off Her COVID-19 Craft Projects“ (en). www.mediapost.com. 8-yanvar 2022-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 6-sentyabr 2020-yil.
  17. „5th Anniversary for 5-Minute Crafts - YouTube phenomenon with over 333+ million views“ (de). www.pressebox.de. 15-fevral 2022-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 15-fevral 2022-yil.
  18. „Digital Studio TheSoul Publishing Dominating in Viewership for Newly Launched YouTube Shorts“. Variety (18-noyabr 2021-yil). Qaraldi: 10-yanvar 2022-yil.
  19. „The Soul Publishing on crafting a DIY Pinterest strategy to boost brand awareness“. The Drum. Qaraldi: 12-iyul 2022-yil.
  20. 20,0 20,1 „Bizarre DIY video makes an egg that's 'bigger than before' and the internet asks — why?“. Mashable SEA. Qaraldi: 17-iyul 2020-yil.
  21. 21,0 21,1 21,2 „The fake 'kitchen hacks' with billions of views“. BBC News. Qaraldi: 17-iyul 2020-yil.
  22. „This '5-Minute Craft' YouTube Channel Is Captivating the Masses With Its Eccentric DIY Projects“. Time (4-sentyabr 2019-yil). Qaraldi: 14-iyun 2022-yil.