Klikbeyt

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Klikbeyt (ingliz tilidan click „bosish“ + bait „ilmoq“) — bu veb-tarkibni taʼriflaydigan atama boʻlib, maqsadi, onlayn reklama orqali daromad olish, ayniqsa axborotning sifati yoki aniqligiga zarar yetkazish hisobidan.

Baʼzi hollarda daromad olish asosiy maqsad emas. Bosish sonini koʻpaytirish va internet, xususan, ijtimoiy tarmoqlar orqali materiallarning tarqalishini ragʻbatlantirish uchun shov-shuvli sarlavhalar yoki jozibali tasvirlardan foydalaniladi.

Maqsad, eng yaxshi tarzda maʼnosini yetkazish emas, balki foydalanuvchilarning koʻpchiligini material berilgan sahifaga kirishlariga ishontirish, klikbeyt sarlavhalari odatda axborot mavzusining mohiyatini yoritib bermaydi va yolgʻon qoʻllaniladi.

Shuningdek, klikbeyt firibgarlik va zararli dasturlarning tarqalishi uchun ham qoʻllaniladi[1].

Xarakterli belgilari[tahrir | manbasini tahrirlash]

— sarlavha oʻquvchini oʻziga jalb qiladigan, ammo axborotning mohiyatini ochib bermaydigan tarzda yaratilishi

— oʻquvchi bilan muloqot tuygʻusini yaratish uchun namoyishiy olmosh soʻzlaridan („bu“, „oʻsha“, „shu“) foydalanish

— oʻquvchiga „sen“ deb murojaat qilish

— qarama-qarshilik, oʻquvchining chalkashligi yoki hissiyotini uygʻotishga harakat qilish

— Siz ishonmaysiz!", „Siz hech qachon topa olmaysiz…“ va boshqa shunga oʻxshash jumlalardan foydalanish

— koʻplab nuqtalar, savol va undov belgilaridan sababsiz foydalanish

— tavsiflangan narsaning ahamiyatni boʻrttirish

— toʻliq boʻlmagan jumlalar, odatda ajablantiradigan yoki zavqlantiradigan narsalar

— oldindan koʻrish sahnasida (prevyu) jozibali yoki hayratlanarli fotosuratlardan foydalanish

— taniqli shaxs bilan sodir boʻlgan oʻlim yoki baxtsizliklar haqida yolgʻon maʼlumotlar

— foydali vaʼda: oson daromad, bepul yoki ayniqsa arzon mahsulotlar, katta tejash

— maʼlum bir foyda keltiradigan biror sirni baham koʻrish uchun vaʼda[2][3].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Что такое кликбейт? Когда заголовки решают всё — citysitesglobal.com“ (ru). citysitesglobal.com. Qaraldi: 2018-yil 20-aprel.
  2. „Кликбейт“. Записки маркетолога | Sayt marketing-direktra. Qaraldi: 2018-yil 20-aprel.
  3. „The Art of Clickbait“ (en). Qaraldi: 2018-yil 20-aprel.