Stalaktitlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Stalaktitlar (yun. stalaktos tomchilab oqish) — karst gorlarining shifti va devorlarida naycha, uzunchoq muz, shokila shaklida oqib tushib qotgan (koʻpincha ohaktoshli) hosilalar. X,osil boʻlishi va mineral tarkibi stagagmitlarnnshta aynan oʻxshash. Faqat S. yuqoridan pastga qarab oʻsadi. Yer ostiga sizib kirgan suv togʻ jinslari — ohaktoshlarni eritib, minerallashadi va gʻor shipidan tomib turadi. Suvning bugʻlanishi natijasida is gazi chiqaradi, qolgan qoʻshimcha monokarbonat Ca(Mg)Co3 S.ni hosil qiladi va oʻsib borish jarayonida stalagmitlar bilan oʻzaro qoʻshilib ustun (stalakton) hosil qiladi. Sharqiy Yevropa mamlakatlarida (Chexiya, Vengriya, Serbiya va Bolgariya) S, stalagmit va stalaktonli yirik gʻorlar juda koʻp uchraydi. Vengriyadagi mashhur Agtelek gori bir necha kavatli galereyadan iborat. Bu gʻordagi S, stalagmit va stalaktonlarning koʻpligi, ularning gʻaroyib shakllari, sunʼiy yorugʻdan tovlanishi, gʻordagi havoning toza va salqinligi sayohatchilarni jalb etadi. S. Oʻrta Osiyoda Qarluq, Amir Temur, Gʻunjak va boshqa gʻorlarda mavjud (yana qarang Gʻorlar).