Bosfor
Xato: blok «Vikiomborda» andoza Geokarda yoʻq.
| Bosfor boʻgʻozi turkcha: İstanbul Boğazı | |
| Yuqori Akvatoriya | Qora dengiz, Marmar dengizi |
| Taqsim | Bosfor |
| Chetki burun | Bosfor |
| Quyilishining oʻrtacha miqdori | Bosfor м |
| Kengligi | 3,6 km |
| Uzunligi | 29,9 km |
| Chuqurligi | 120 m |
Bosfor (turkcha İstanbul Boğazı, yun. Βόσπορος, Bosporos) — Qora dengiz bilan Marmar dengizini tutashtirgan boʻgʻoz; Yevropa bilan Kichik Osiyo yarimoroli oʻrtasida; uzunligi 30 km ga yaqin, eni oʻrtacha 2 km. Qadimgi dare vodiysi boʻlib, antropogen davrida dengiz suvi bosgan. Bosfor kirgoklari baland, tik va manzarali. Chuqurligi 33 m dan 80 m gacha. Qulay tabiiy gavanlari koʻp, eng yaxshisi Yevropa sohilidagi Xalich (Oltin Muguz) gavani; Osiyo sohilida Istanbul shahri joylashgan, uning portidan Bosforni kesib oʻtuvchi avtomobil koʻprigi (uzunligi 2,8 km) qurilgan. Bosforda 2 oqim bor: ustki oqim nisbatan chuchuk (shoʻrligi 18‰) boʻlib, Qora dengizdan Marmar dengiziga oqadi; ostki oqim ancha shoʻr (38‰), Marmar dengizidan Qora dengizga tomon oqadi.
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |