Kontent qismiga oʻtish

Ýedigen FC

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ýedigen
Toʻliq nomi Ýedigen Ashxobod futbol jamoasi
Laqabi Talabalar
Asos solingan 2003 (21 yil avval) (2003)
HTTU stadioni
Sigʻimi 1,000
Egasi Xalqaro Turkman-Turk universiteti
Liga Yokary Liga

Ýedigen futbol jamoasi (turkmancha: Ýedigen futbol topary) – Ashxobodda joylashgan Turkmaniston professional futbol klubi[1]. Klub 2003-yilda MTTU nomi bilan tashkil etilgan. Bu Xalqaro Turkman-Turk Universitetining futbol jamoasi edi. 2000-yillarning ikkinchi yarmidan boshlab yetakchi turkman futbol klublaridan biri boʻlgan. Jamoaning uy stadioni 1000 kishini sigʻdira oladigan va universitet hududida joylashgan HTTU stadioni edi. 2004-yildan ilk bor Turkmaniston Oliy ligasida ishtirokini boshlagan. 4 marta mamlakat chempioni boʻlgan, 2 martadan Turkmaniston kubogi va Superkubogini qoʻlga kiritgan. 2016-yil avgust oyida jamoa tarqatib yuborilgan.

Klub 2003-yilda Xalqaro Turkman-Turk universiteti tomonidan HTTU Ashxobod nomi bilan tuzilgan boʻlib (turkmancha: Halkara Türkmen-Türk Uniwersiteti futbol topary Aşgabat) FC HTTU nomi ostida xalqaro oʻyinlarda ishtirok etgan. Birinchi bosh murabbiy Oraz Geldiyev edi. 2005-yilda jamoa Turkmaniston Superkubogini qoʻlga kiritgan va final oʻyinida Marining Marv jamoasini (4:1) magʻlub etgan[2].

2012-yilda jamoa Yokari ligada 3-oʻrinni egallagan[3]. 2013-yilda HTTU Yokari liga, Turkmaniston Superkubogi va Eskishehir kubogini qoʻlga kiritgan[4][5]. Jamoa hujumchisi Sulaymon Muhadov mavsum davomida 23 ta gol urib, oltin butsa poygasida ikkinchi oʻrinni egallagan.

2014-yilgi mavsum jamoada bir qancha muhim yetakchi futbolchilar va murabbiy ketishi ortidan, klub sardori Rovshen Meredov bosh murabbiy etib tayinlangan[6]. Meredov qoʻl ostida HTTU Turkmaniston Superkubogi oʻyinida ishtirok etgan va „Ahal“ jamoasiga 4:2 hisobida imkoniyatni boy bergan. 2013-yilgi mavsumdagi muvaffaqiyati natijasida HTTU 2014-yilda Filippinda boʻlib oʻtgan AFC Prezidenti kubogi yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan. Xalqaro musoboqaning yakuniy final oʻyinida Shimoliy Koreyaning „Rimyongsu“ jamoasini 2:1 hisobida magʻlub etgan[7][8] va turnir gʻolibi boʻlgan. Sulaymon Muhadov 11 ta gol bilan turnirning eng yaxshi futbolchisi va eng yaxshi toʻpurari boʻlgan[9].

2016-yildan klub nomi Ýedigen FC ga oʻzgartirgan[10][11]. 2016-yilning 1-avgustida klub Turkmaniston Yokari ligasini moliyaviy qiyinchiliklar sababli tark etgan va keyinchalik tarqatib yuborilgan. „Ýedigen“ chempionat oʻyinlarining yarmidan koʻpini oʻtkazgani uchun, Turkmaniston chempionatining qolgan turlarida Ýedigen raqiblariga har bir uchrashuvda gʻalaba, „Ýedigen“ jamoasiga esa texnik magʻlubiyat yozilgan. Natijada klub 22 ochko bilan turnir jadvalida 9-oʻrinni egallagan[12].

Mavsum Liga Turkmaniston kubogi Eng yaxshi toʻpurar Murabbiy
Div. Oʻrin D M UG OʻG O Ism Liga
2015 Oliy dvizion 6 36 12 10 14 50 54 46 Chorak final Turkmaniston Begench Garayev
2016 Oliy dvizion 9 36 6 4 26 22 31 22 Turkmaniston Begench Garayev
Musoboqa D M UG OʻG T/N
AFC Kubogi 10 2 2 6 19 26 −7
AFC Prezidenti Kubogi 9 6 2 1 20 7 +13
Jami 19 8 4 7 39 33 +6
Mavsum Musoboqa Bosqich Klub Uy Safar Umumiy natija
2006 AFC Kubogi D guruhi Livan Al-Nejmeh 2–2 2–6 3rd
Iordaniya Al-Faisaly 2–2 3–4
2007 AFC Kubogi B guruhi Bahrayn Al-Muharraq 1–2 1–3 3rd
Iordaniya Al-Wehdat 1–2 2–4
Yaman Al-Hilal 3–1 2–0
2010 AFC Prezidenti Kubogi C guruhi Butan Druk Stars 8–0
Myanma Yadanarbon 0–0
Yarim final Qirgʻiziston Dordoy Bishkek 0–1
2014 AFC Prezidenti Kubogi B guruhi Tayvan Tatung 2–0
Koreya Xalq Demokratik Respublikasi Rimyongsu 1–1
Filippin United City 2–1
Yakuniy bosqich A guruhi Nepal Manang Marshyangdi 3–1
Shri Lanka Sri Lanka Air Force 2–1
Final Koreya Xalq Demokratik Respublikasi Rimyongsu 2–1
Mavsum Musoboqa Bosqich Klub Hisob Oʻrin
2006 Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstlik kubogi C guruhi Qirgʻiziston Dordoy-Dinamo Norin 2–0 3
Moldova Sheriff Tiraspol 1–0
Ukraina Shaxtyor Donetsk 1–5
2007 Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstlik kubogi D guruhi Serbiya OFK Beograd 0–2 4
Gruziya Sioni Bolnisi 1–2
Litva FBK Kaunas 0–4
2007 Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstlik kubogi C guruhi Estoniya Levadia Tallinn 3–1 2
Rossiya Russia XI 2–4
Ukraina Dinamo Kiyev 2–4
Chorak final Oʻzbekiston Bunyodkor 1–1 (p)
Yarim final Rossiya Rubin Kazan 0–4
  • Turkmaniston ligasi (4)
    • Gʻoliblar: 2005, 2006, 2009, 2013-yillar
    • Ikkinchi oʻrin: 2007, 2008, 2011
  • Turkmaniston kubogi (2)
    • Gʻoliblar: 2006, 2011
    • Gʻoliblar: 2008, 2012
  • Turkmaniston Superkubogi (3)
    • Gʻoliblar: 2005, 2009, 2012
    • Ikkinchi oʻrin: 2006, 2011
  • Turkmaniston Prezidenti kubogi (3)
    • Gʻolib: 2007, 2008, 2009
    • Ikkinchi oʻrin: 2006-yil
  • AFC Prezidenti kubogi (1)
    • Gʻolib: 2014-yil
  • Turkmaniston Oraz Geldiýew (2003–2006)
  • Turkmaniston Ýazguly Hojageldyýew (2006–2013)
  • Turkmaniston Röwşen Meredow (2014)
  • Turkmaniston Begench Garayev (2014–2016)
  1. Doble, Henry G. „Turkmenistan arrives in Bacolod“. Sunstar (2014-yil 3-may). 2023-yil 13-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 8-iyun.
  2. „Первый Суперкубок Туркмении достался МТТУ. ФУТБОЛ - "Пас из-за границы". СПОРТ-ЭКСПРЕСС“. 2016-yil 10-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 28-mart.
  3. „Золотой век“. turkmenistan.gov.tm. 2018-yil 12-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 8-iyun.
  4. „Золотой век“. www.turkmenistan.gov.tm. 2018-yil 12-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 8-iyun.
  5. „Eskişehirspor, Httu Fk'ya Penaltılarda Yenildi“. haberler.com. 2013-yil 12-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 8-iyun.
  6. „Золотой век“. turkmenistan.gov.tm. 2016-yil 14-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 8-iyun.
  7. „AFC President's Cup: Cere La Salle 1–2 FC HTTU“. the-afc.com. 2014-yil 20-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 8-iyun.
  8. „AFC President’s Cup: Cere La Salle 1-2 FC HTTU“. 2014-yil 20-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 12-may.
  9. „Triple treat for FC HTTU hotshot Muhadov“. the-afc.com. 2018-yil 18-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 8-iyun.
  10. FIFA.com „Live Scores: live football results, scorers & standings across the world - Official FIFA App: Football in Focus“. www.fifa.com. 2016-yil 8-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 8-iyun.
  11. „Turkmenistan - Ýedigen FK - Results, fixtures, squad, statistics, photos, videos and news - Soccerway“. 2016-yil 18-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 15-mart.
  12. „Summary - Ýokary Liga - Turkmenistan - Results, fixtures, tables and news - Soccerway“. 2016-yil 21-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 20-noyabr.