Xatlon (viloyat)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Xatlon viloyati
toj. Вилояти Хатлон
fors. ولایت ختلان
Maqomi viloyat
Maʼmuriy markazi Qoʻrgʻontepa
Yirik shahari Qoʻrgʻontepa
Boshqa yirik shaharlari Koʻlob, Norak, Dangʻara, Sarband, Panj
Asos solingan sanasi 2-dekabr 1992-yil
Hukumat raisi Gʻaybullo Avazali
Rasmiy tili Tojikcha
Aholi 2,831,700 [1].
Zichligi 115,1 kishi./km²
Millatlar tarkibi tojiklar — 78,6 %,
oʻzbeklar — 17,9 %,
ruslar — 3,5 %
Maydoni 24 800 km² (4-oʻrin)
{{{Oʻzbekcha nomi}}} xaritada
Soat mintaqasi UTC+5
Kod ISO 3166-2 TJ-KT
Indeks FIPS TI02
Telefon kodi +992 3222
Pochta indeksi 735140
Avtomobil raqami kodi 03РТ

Xatlon viloyati — Tojikiston Respublikasi janubi-gʻarbidagi viloyat. 1992-yilda Koʻlob va Qoʻrgʻontepa viloyatlarining qoʻshilishi natijasida vujudga kelgan. Maydoni 24,800 km2. Aholisi 2,676,000 kishi (2010), asosan, tojiklar, shuningdek, oʻzbeklar, turkmanlar, arablar, ruslar, loʻlilar, tatarlar va boshqa jami 40 ga yaqin millat vakillari ham yashaydi. Markazi — Qoʻrgʻontepa shahri. Tarkibida 24 tuman, 5 shahar, 18 shaharcha va 128 qishloq fuqarolari yigʻini bor[2].

Geografiyasi[tahrir]

Xatlon viloyati sharqsan Togʻli-Badaxshon muxtor viloyati, shimoldan Respublikaga boʻysunuvchi tumanlar, gʻarbdan Oʻzbekiston Respublikasi, janubdan Afgʻoniston bilan chegaradosh. Viloyatning Qoʻrgʻontepa tomonida Vaxsh va Kofarnihon vodiylari joylashgan. Ushbu hududda Bobotogʻ, Oqtogʻ, Rangontogʻ, Qoratogʻ va Teraklitogʻlar mavjud. Vaxsh daryosining quyi qismida „Polvontoʻqay“ toʻqayzori joylashgan[3].

Iqlimi[tahrir]

Xatlon viloyati Qoʻrgʻontepa va Koʻlob qismlariga boʻlinadi. Qoʻrgʻontepa qismining iqlimi subtropik. Yanvar oyidagi oʻrtacha harorat vodiylarda —3°C, togʻlarda —2°C gacha, iyul oyida vodiylarda 30 °C, togʻlarda 24 °C — 26 °C. Yillik yogʻin 150 — 200 mm dan 500 mm gacha.

Koʻlob qismining janubida subtropik iqlim. Vodiylarda yanvarda oʻrtacha harorat —2°C gacha, iyulda 22°—30°. Yillik yogʻin 200—400 mm. Togʻ yon bagʻirlarida yillik oʻrtacha harorat yanvarda —2°, —4°, iyulda 20°—24°, yillik yogʻin 600—800 mm, janubi-gʻarbidagi pasttekisliklarda 200—400 mm. Shimoliy qismidagi vodiylarda havo nisbatan salqinroq. Yillik yogʻin 1000 mm.

Tabiati[tahrir]

Koʻlob tarafida Sarsarak, Ilontogʻ, Tik togʻlari, Hazrati Shoh togʻlari, shuningdek, Xoʻja Sarez va Xoʻja Moʻmin yonida tuz gumbazlari mavjud. Qizilsuv (Surxob) va Yaxsuv daryolaridan sugʻorishda foydalaniladi. Eng yirik daryosi — Panj. Dangʻara, Moʻminobod, Xovaling, Chubek va Farxor atrofidagi togʻ yon bagʻirlarida pista, yongʻoq, anor, olcha, oʻrik, nok, tut, bodom, doʻlana, jiyda, archa va boshqalar oʻsadi. Janubi-sharqida tokzor va lalmi sharoitlarga moslashgan boshqa mevali daraxtlar mavjud. Yovvoyi hayvonlardan boʻri, tulki, jayra, ilon, yovvoyi mushuk, togʻ echkisi, iyik; qushlardan kaklik, bedana, burgut, oʻrdak, laylak va boshqalar uchraydi. Foydali qazilmalardan oltin, koʻmir, gaz, neft, torf va boshqalar bor[4].

Hududiy boʻlinishi[tahrir]

Xatlon viloyati tarkibiga 6 ta shahar (Qoʻrgʻontepa, Koʻlob, Norak, Dangʻara, Sarband, Panj) va 21 tuman kiradi:

Sanoati[tahrir]

Sanoati paxta tozalash, oziq-ovqat sanoati (yogʻmoy, konserva, goʻsht, pivo pishirish, tuz), kimyo (azotli oʻgʻitlar), elektrotexnika (transformator), qurilish materiallari (temirbeton, gʻisht, ohak) ishlab chiqarish korxonalaridan iborat. Vaxsh daryosida Sarband, Markaziy, Sharshara elektr styalari, Boygʻozi gidrouzeli ishlab turibdi. Respublikadagi eng yirik Norak GES ham shu viloyat hududida joylashgan. Qoʻrgʻontepa va Koʻlobda aeroportlar bor[5].

Qishloq xoʻjaligi[tahrir]

Respublikada yetishtiriladigan paxtaning asosiy qismi, jumladan, ingichka tolali paxtaning barchasi ushbu hududda yetishtiriladi. Shuningdek, bogʻdorchilik, tokchilik, limonchilik, pillachilik, chorvachilik (jumladan, qorakoʻlchilik) rivojlangan. Gʻallachilik, sholichilik keyingi yillarda tez rivojlandi. Asalarichilik yaxshi yoʻlga qoʻyilgan. Vaxsh tuproqshunoslik melioratsiya stansiyasi faoliyat koʻrsatadi. 1960—70-yillarda Yovon, Obikiik, Gʻaravuti, Toshrabod, Qarodum, Beshkent vodiysi va Dangʻaradagi qoʻriq va boʻz yerlar oʻzlashtirilib paxtazorga aylantirilgan[6].

Ijtimoiy soha[tahrir]

Viloyatda 1187 umumiy taʼlim maktabi, 9 oʻrta maxsus bilim yurti va 2 ta universitet joylashgan. 3 teatr, 6 muzey, 502 jamoat kutubxonasi bor.

Xatlon viloyati aholisi qadimdan hunarmandchilikning zargarlik, kulolchilik, egarchilik, kashtachilik va boshqa turlari bilan shugʻullanadi. Viloyatda Hazrati Amir Sayd Hamadoniy (Koʻlob shahrida), Hazrati Uzun Ostona (Jilikoʻl tumanida), Chiluchor chashma (Beshkentda) va boshqa ziyoratgohlar mavjud.

Manbalar[tahrir]

  1. Агентство по статистике при Президенте Республики Таджикистан (01.01.2013). Численность населения Таджикистана на 1 января 20 1 3 года. 2013-09-19.
  2. Population of the Republic of Tajikistan as of 1 January 2008, State Statistical Committee, Dushanbe, 2008 (Ruscha)
  3. Muriel Atkin. Tajikistan in: Glenn E. Curtis (ed.): Kazakstan, Kyrgyzstan, Tajikistan, Turkmenistan, and Uzbekistan, Country Studies, Washington: 1997. pp. 197-290.
  4. Kurgan Tepe, Encyclopaedia Iranica Online
  5. Ethnic groups at risk: The status of Tajiks Heritage Society
  6. Tajikistan: Central Asian Powderkeg The Jamestown Foundation