Qoʻrgʻontepa (Tojikiston)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Shahar
Qoʻrgʻontepa
toj. Қурғонтеппа
Mamlakat Tojikiston
Viloyat Xatlon viloyati
Koordinatalari 37°50′11″N 68°46′49″E / 37.83639°N 68.78028°E / 37.83639; 68.78028Koordinatalari: 37°50′11″N 68°46′49″E / 37.83639°N 68.78028°E / 37.83639; 68.78028
Maydoni 2852,0 km²
Markazi balandligi 506 m
Rasmiy tili tojikcha
Aholisi 77 000 
Milliy tarkibi tojiklar, o'zbeklar, ruslar
Vaqt mintaqasi UTC+5
Telefon kodi +992-3222
Avtomobil kodi 03
Qoʻrgʻontepa (Tojikiston) (Tojikiston)
Qoʻrgʻontepa toj. Қурғонтеппа

QoʻrgʻontepaTojikiston Respublikasidagi shahar. Xatlon viloyati markazi. Vaxsh vodiysida, Vaxsh daryosining chap sohilida, oʻrtacha 428 m balandlikda. Dushanbe shahridan 99 km janubda joylashgan. Temir yoʻl stansiyasi (Qoʻrgʻontepa orqali Termiz — Yovon temir yoʻli oʻtgan). Aholisi 77 ming kishidan ziyod (2013)[1].

Tarixi[tahrir]

Qoʻrgʻontepa

Yozma manbalar va arxeologik topilmalar tasdiqlashicha kushonlar davrida 1—4-asrlarda vujudga kelgan va oʻsha paytda Levakand deb yuritilgan. Arablar istilosigacha shahar obod boʻlgan. pul zarb qilingan. 7—8-asrlarda shahar xalifalik tarkibida, 13-asrdan moʻgʻullar, soʻng Temuriylar va Shayboniylar tasarrufida boʻlgan. 16-asrda shahar ancha ravnaq topdi. Qoʻrgʻontepaning hozirgi nomi tarixiy manbalarda ilk bor 17-asrdan uchraydi. Shahar yonidagi baland tepalik kushonlar davridan qolgan qoʻrgʻon xarobasi deb taxmin qilinadi[2].

Ijtimoiy soha[tahrir]

Transformator taʼmirlash, mexanika, paxta tozalash, gʻisht, sut, pivo, mevasabzavot konserva, yogʻ-moy zavodlari, non, goʻsht, don mahsulotlari ishlab chiqarish, maishiy xizmat koʻrsatish kombinatlari, "Tojikatlas" korxonasi, tikuvchilik ishlab chiqarish birlashmasi ishlab turibdi. Pedagogika universiteti, energetika texnikumi, hunar-texnika bilim yurtlari, tibbiyot va pedagogika oʻrta maxsus bilim yurtlari. 12 umumiy taʼlim, musiqa maktablari bor. Shahar markazida Ismoil Somoniyga haykal oʻrnatilgan.

Manbalar[tahrir]

  1. Кармышева Б. Х. Очерки этнической истории южных районов Таджикистана и Узбекистана. — М.: 1976 — стр 119
  2. Российские военнослужащие в Таджикистане отработают высшую степень боеготовности

Havolalar[tahrir]