Doʻlana

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Doʻlana (Crataegus L.) — raʼnodoshlar oilasiga mansub daraxt yoki buta. Bal. 6—10 m, tanasining yoʻgʻonligi 40—50 sm, sershox. 890 turi bor, shundan 10 turi Oʻzbekistonda oʻsadi, Xitoy, Ispaniya, Italiya, Jazoir, Amerika va b. mamlakatlarda ham tarqalgan. Barg cheti yirik tishli yoki patsimon boʻlingan, poyaga ketma-ket oʻrnashgan. Guli mayda, toʻpgulga yigʻilgan. Mevasi 1—5 danakli. D.ning manzarali oʻsimlik sifatida oʻstiriladigan, shuningdek, boʻrikoʻz D., sariq D., qizil D. degan turlari bor. D. yovvoyi holda Oʻzbekistonning togʻli tumanlarida, dengiz sathidan 1000—1500 m balandlikda, koʻpincha, yakka holda usadi, baʼzan kichik D. zorlar ham uchraydi. Baʼzi turlarining mevasi yirik, koʻp isteʼmol qilinadi. Sariq D. guli nektar (gulshira)ga boy. D. may—iyunda gullaydi, sent. oxirlarida pishadi, 25—30 yoshli daraxti 70—80 kg hosil beradi. Mevasi tarkibida 11,5—15,9% qand, 8% yogʻ, 0,67—0,88% olma kislota bor. Xalq tabobatida ishtaha ochuvchi, ichni qotiruvchi dori sifatida qoʻllaniladi. D. bargi, poʻstlogʻi va ildizi qaynatmasi bilan matolarni sariq va qoʻngʻir rangga boʻyash mumkin. D. olma, nok, behi uchun yaxshi payvandtag boʻladi. Urugʻi, ildizi, ildiz bachkisi va ildiz poyasidan, parhish yoʻli bilan ham koʻpaytiriladi.

Danagining qobigʻi juda qattiq, ekilgandan keyin 2- yoki 3- yili unib chiqadi. Uni sulfat kislotaga 12 soat solinib, nam qumda baxrrgacha saqlansa, 1-yiliyoq unadi. D. sovuqqa, qurgʻoqchilikka chidamli. D.dan yashil devor va ihota daraxtzorlari qosil qilishda, eroziyaga qarshi togʻ yon bagʻirlarini mustaqkamlashda foydalaniladi.

Adabiyot[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil